Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Tadqiqotning amaliy ahamiyati



Yüklə 167,19 Kb.
səhifə5/21
tarix10.04.2023
ölçüsü167,19 Kb.
#104855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
qwertyui (3)

Tadqiqotning amaliy ahamiyati Ushbu ilmiy ishdan oily ta’lim muassasalarining tilshunoslik yo’nalishida o’qitiladigan fanlar bo’yicha amaliy hamda nazariy dars jarayonlarida, shuningdek, ilmiy maqola, tezislar yozishda foydalanishlari mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi. Tadqiqot kirish, uschta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ish 102 sahifani tashkil etadi hamda foydalanilgan ilmiy va badiiy adabiyotlar ro’yxatida 87 ta nomdagi adabiyotlar berilgan. Shuningdek, ishda internet saytlaridan ham foydalanildi.
Birinchi bob ingliz va o’zbek tillarida frazeologik birliklar bo’lib biz ushbu bobda frazeologiyaning bahsli muammolaridan biri bo’lgan uni keng ma’noda tushunish muammosiga to’xtaldik. Biz frazeologik birliklarning o’rganilishi va tasnifini, lingvomadaniy hususiyatlarini, frazeologik birliklarning tilga xos boshqa birliklardan farqini o’rgandik. II rang komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy hususiyatlari bo’lib bu bobda ingliz va o’zbek tilarda rang komponentli fazeoogik birliklar hamda, Rang komponentli frazeologik birliklarning tilshunoslikdagi hususiyati o’rganildi. III bob. rang komponentli frazeologik birliklarning tarjima qilish muammolari. Bu bobda rang komponentli frazeologik birliklarning badiiy asarda ekvivalentligi, og’zaki nutqda kelishi tarjimada berilishi tahlil qilindi
I BOB. INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR
1.1Tilshunoslikda frazeologik birliklarning o’rganilishi va ularning tasnifi
Barchamizga ma'lumki, til kishilar o’rtasidagi eng muhim aloqa vositasi, jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta’minlovchi, avloddan avlodga ma’daniy-ma’naviy shu bilan birga tarixiy an’analarni yetkazuvchi, asosiy fikr almashinish quroli hisoblanadi. Til milliy madaniyatning xazinasi hamdir. Har bir millat yashayotgan joyning iqtisodiy ijtimoiy tuzumi, san’ati, madaniyati, badiiy ada-biyoti, urf – odati, xalq og’zaki ijodini jamlab uni avloddan avlodga yetkazib berish tilning milliy – madaniy semantikasidir. 2Semantika tillning barcha qatlamlarida: grammatikasida, leksikasida, fonetikasida ham mavjud. Ammo milliy madaniy semantikasi tilning harakatdagi birliklarida juda aniq namoyon bo’ladi. Bunday til birliklari so’zlar va barqaror birikmalardir. Nutq jarayonida fikrimizni faqat so’zlar yordamida emas balki, ikki yoki undan ortiq so’zlarning barqaror bog’lanishidan hosil bo’lgan, nutqqa tayyor holda kirib keladigan birliklardan ham foydalanamiz. Bu birliklar nutqimizni tasvirlabgina qolmasdan balki uning ma’noli va mazmunli, lo’nda, bo’yoqdor tarzda tasvirlaydi.
Tilshunoslikda bunday birliklarni Frazeologiya bo’limi o’rganadi. Frazeologiya (yunoncha “phrasis” – ifoda, ibora va logiya) tilshunoslikning shunday bir bo’limiki, boshqa bo’limlardan nutqqa tayyor xolda kirib kelishi, leksik va semantik jihatdan o’zaro mos kelmasligi, ma’no jihatdan turg’unligi bilan farq qiladi. Tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat e‘tibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini o‘rganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qo‘llanish yo’l yo’riqlarini aniqlashga qaratiladi. Uning asosiy muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan so‘z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shunga qarab frazeologizmlarni aniqlashdir.
Ma’lum bir tilning xazinasi sifatida frazeologiyani keltirish mumkin. Negaki frazeologiya xalqning tarixini, madaniyati va o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Frazeologizmlar asosan millatning urf–odatlarini, an’analarini o‘zida aks ettiradi. Ammo ingliz tili frazeologiyasida milliy an’analarni ifodalab keluvchi FB(ushbu ilmiy ishda frazeologik birliklar iborasi FB korinishida qisqartirilgan) lar bilan bir qatorda xalqaro frazeologizmlarni ham uchraydi. Ba’zi FB larda arxaik elementlar saqlanib qolgan. FB larni nutqni bezaydigan vosita sifatidagina qarash noto‘g‘ri bo‘lib, ular ham boshqa til birliklari singari yuqori informativ xususiyatga ega, tilda nominativ va kommunikativ funksiya bajaruvchi birliklardir. Frazeologik birliklari mavjud bo’lmagan birorta til ham yo’q.3
Ingliz va amerika tilshunoslari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar Ingliz tili frazeologiyasida nisbattan kam foizni tashkil qilib, asosiy frazeologik muammolar va so‘zlarning o’zaro munosabati, FB lar variantdoshligi, frazeologiyani o‘rganish metodlari, frazeologiyaning fan sifatida rivojlanishi kabi nazariy muammolar asosan rus tilshunoslari, A.V Kunin, V.V.Vinogradov, H.M. Shanskiy, T.N. Fedulenkovalar tomonidan ishlab chiqilgan.4
Frazeologiya tilshunoslikning murakkab sohalaridan biri hisoblanib, u tilshunoslikning bir qator bo’limlari bilan, jumladan, leksikologiya, stilistika, semantika, etimologiya morfologiya, grammatika bilan bevosita bog’liqdir. Frazeologiyani tadqiq qilishda yuqorida sanab o’tilgan sohalar bilan bir qatorda mamlakatshunoslik, fonetika, falsafa fanlar tarixi va mantiqkabi fanlardan xabar bo’lish lozim.
Ma’lumki, har qanday FB so‘zlardan tashkil topgan bo‘ladi. So‘z esa leksikologiyaning tadqiqot ob’yekti hisoblanadi. Leksikologiya va frazeologiyaning o ‘zaro bog‘liq sohalardan ekanligi shunda namoyon bo‘ladiki, FB komponentlari bo‘lmish so‘zlar tahlilida, albatta, leksikologiyaga oid ma’lumotlarga murojaat qilinadi. Shuningdek, ko‘p yillar davomida frzeologiyani leksikologiyaning tarkibiy qismi sifatida o‘rganilishi ham bu ikki soha bevosita bir-biri bilan aloqadorligini isbotlaydi. Semantikada tadqiq etiladigan leksik ma’no xususiyatlari, aynan FB larning semantik o‘ziga xosliklarini ifodalash va frazeologik sohada ma’noning turli tiplarini ajratishga xizmat qiladi.
Frazeologik birlik tarkibidagi so‘z har doim ham o‘zining morfologik xususiyatlarini yo‘qotmaydi, morfologiya saqlanib qolgan va yo‘qotilgan xususiyatlarni o’rganish imkonini beradi. Frazeologiya tarkibida turli xil strukturali ya’ni so‘z birikmasi shaklidagi va gap shaklidagi birikmalar kiritiladi. Sintaksisga oid ma’lumotlardan yuqoridagi kabi birliklar grammatik va funksional tahlilida foydalaniladi. Frazeologizmlarning stilistik imkoniyati juda ahamiyatli hisoblanadi. Frazeologik stilistika, FB larning uslubiy xususiyatlarini tadqiq etadi va bu sohada leksik uslubshunoslik tajribasiga, turli stilislik birliklar tahliliga suyanadi. Zero FB lar tilda nominativ funksiya bajarish bilan bir qatorda, malum bir emotsionallikga, ekspressiv xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi.Tilning kelib chiqishi va tarixi FB larning etimologik tahlilida zarur qism hisoblanadi.
Ingliz tilida ham boshqa tillar singari tilning milliy-madaniy semantikasini o‘rganish muhim hamda qiziqarli hisoblanadi. Chunki ular avloddan avlodga tilning o‘ziga xos ichki tuzilmalarini, tabiat o‘ziga xosliklari, mamlakatning iqtisodiy hamda ijtimoiy tuzilishi, san’ati, urf-odatlari hamda tarixini ham o‘zida mujassamlashtira oladi. Ularda bolalar milliy o‘yinlari, pul birliklari to‘g‘risida, milly tabobat, ov hamda baliq ovi haqida, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida, insonning tashqi ko‘rinishi, kiyinishi va turmush tarzi va ko‘plab boshqa milliy mentalitetga xos mavzular aks etgan bo’ladi.5
Milliy-madaniy semantika tilshunoslikning barcha bo‘limlarida, morfologiyada ham sintaksisda ham hattoki fonetikda ham aks etgan bo‘ladi. Faqat u millat madaniyatini bevosita aks ettira oladigan, yaxlit, so’zlashuv nutqida ko‘p qo‘llanadigan frazeologik birliklarda yorqinroq ifodalanadi.
Frazeologiyaning paydo bo’lish tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u tilshunoslikning boshqa bir qator bo’limlari singari juda uzoq tarixga ega emas.
Frazeologiya alohida fan sifatida shakillanguniga qadar u leksikalogiyaning tarkibi sifatida qaralgan. Frazeologiya muammolariga qiziqish dastlab rus tilshunoslari qiziqa boshlagan bo’lsada, u alohida termin sifatida ilk bor g’arb tilshunosi Sh. Balli tomonidan qo’llanilgan. U o’zining “Stilistikadan ocherklar” va “Fransuz tili stilistikasi” asarlarida so’z birikmalariga yaxlit bir tizim sifatida qarab, ularning grammatik va leksik xususiyatlari, sintaktik strukturasi va atash ma’nolarining o’ziga xosligidan kelib chiqadigan, yaxlit qo’llanila oladigan birlikligini isbotlashga harakat qildi. Birinchi asarda Sharl Balli so’z birikmalarining besh turini farqlagan:

  • erkin birikmalar (o‘z ma’nosida qo’llaniladigan birikmalar);

  • odatiy birikmalar (nisbattan erkin bog‘langan birikmalar bo‘lib tarkibiga ba’zi o‘zgartirishlar kiritish mumkin) ;

  • frazeologik qatorlar (bunda ikki va undan ortiq birliklar birikib yaxlit bir ma’noni ifodalab keladi, ammo uning tartibiga o’zgartirishlar kiritish mumkin);

  • frazeologik birliklar(bunda o‘z ma’nosini tamomila yo‘qotgan,

  • komponetlari tartibi qat’iy bo‘lgan birliklarni kiritadi.6

U keyingi asari “Fransuz stlistika” sida odatiy birikmalar hamda frazeologik qatorlarni erkin birikmalar va frazeologik birliklarning tarkibiy qismi sifatida talqin qilgan . Uning bu qarashlari ko’pgina munozaralarga sabab bo’lgan bo’lsada, frazeologiyaning alohida fan sifatida rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida ilk bor rus tilshunosi Polivanov tahlil qiladi va u frazeologiyani leksikologiya yoki stilistikaning tarkibiy qismi emas balki mustaqil tilshunoslik bo‘limi ekanligini asoslab bergan edi: ”Leksikologiya so‘zlarning leksik ma’nolarini, morfologiya so‘zlarning gramatik ma’nolarini, sintaksis esa so‘z birikmalarining grammmatik ma’nolarini o’rganadi. Ammo alohida olingan, ko‘chma ma’noli so‘z birikmalarining, individual ma’nolarini o‘rganadigan tilshunoslikning bo‘limiga ehtiyoj sezilmoqda”. U tilshunoslikda frazeologiya ham, morfologiya yoki fonetika singari muhim ahamiyat kasb etadigan bo‘lim ekanligini ta’kidlab o‘tgan tilshunoslardan biridir.7
B.A. Larin esa Polivanovdan so‘ng frazeologiyani alohida tilshunoslik bo‘limi sifatida o‘rganilishini taklif qilgan tilshunoslardan biridir. ”Frazeologiya tilshunoslik bo‘limi sifatida hali “yashirin rivojlanish bosqichida” u hali alohida fan sifatida hali to’liq rivojlanib bo’lganicha yo’q. Biroq uning alohida fan sifatida shakllanishi bugungi tilshunoslikda katta zaruratni talab qilmoqda. Zero bu sohaga oid muammolarni ba’zan leksikografiya, ba’zida esa stilistika yoki sintasisda hal qilinishi hech kimga sir emas” deb ta’kidlab o‘tgan.8
Frazeologiyani tilshunoslikninng alohida bo‘limi sifatida buyuk rus tilshunosi V.V. Vinogradov ham ko‘rib chiqqan. U rus tilida frazeologik birliklarni semantik jihatdan klassifikatsiya qiladi, va bu esa o’z navbatida uning frazeologiyaga oid ishlari o’sha davri uchun katta qadamlardan biri edi. Ammo uning asari keyinchalik ham frazeologiya tilshunoslikning alohida bo’limi sifatda tan olinmadi. Chunki Vinogradov frazeologiyani keng planda tahlil qilgan bo’lib, uning frazeologiyaga oid asarlarida frazeologik birliklar va oddiy so‘z birikmalari orasidagi farq belgilab berilmagan edi. Vinogradov tilda frazeologik birliklarni alohida belgilashni taklif qilmasdan, frazeologik birliklarni so’zlar bilan haddan ortiq yaqinligini hisobga olgan holda, u o‘zining teoriyasini so‘zning grammatik tahlili doirasiga kiritgan.
Keyinchalik tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida leksikalogiya tarkibidan XX asrning ikkinchi yarmida ajralib chiqdi.
Frazeologiyaning rivojlanishida, va o’z navbatida o’zbek tilshunosligida frazeologiyaning vujudga kelishida bir qator o’zbek olimlari, jumladan Shavkat Rahmatullayevning o’rni katta. O’zining frazeologiya sohasiga bag’ishlangan bir qator ilmiy tadqiqotlari o’zbek tili frazeologiyasining rivojiga ulkan hissa qo’shdi. Uning “Frazeologik birikmalarning asosiy ma’no turlari”, “O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati”, “O’zbek tilining qisqacha frazeologik lug’ati”, “Frazeologik birikmalarning asosiy ma’no turlari”, “Osnovnie grammatichicheskie osobennosti obraznix glagolnix frazeologicheskix yedinets sovremennogo uzbekskogo yazika” kabi bir qator ilmiy asarlari bilan o’zbek tili frazeologiyasiga o’z hissasini qo’shdi.
Shu jumladan Y. Pinxasov ham FB larni o’rganishda katta muvaffaqqiyatga erishdi. O’zining “Hozirgi o’zbek adabiy tili”, “O’zbek tili frazeologiyasi haqida” asarlari bilan o’z hissasini qo’shdi. O’zbek frazeologiyasining rivojlanishida B. Yo’ldoshev, Abdug’ofur va Abdumurod Mamatovlarning ham salmoqli o’rni bor.

Yüklə 167,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə