Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


II BOB BO’YICHA XULOSALAR



Yüklə 167,19 Kb.
səhifə14/21
tarix10.04.2023
ölçüsü167,19 Kb.
#104855
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
qwertyui (3)

II BOB BO’YICHA XULOSALAR
Ushbu tadqiqot tadqiq qilishning ikki bosqichi, ya'ni genetik jihatdan noqarindosh ingliz, rus – o‘zbek tipologik jihatdan turlicha va struktur jihatdan bir-biridan uzoq tillardagi rang ifodalovchi leksikaning qiyosiy-chog‘ishtirma hamda kognitiv-diskursiv tahlilini qamrab olgan.
Qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda tadqiqot olib borish asosida tillar sistemasidagi rang ifodalanishining o‘rni; 1) ekstralinvistik omillar (olam rangi, tusining mavjudligi); 2) lingvistik omillar, ya'ni a) turli so‘zlarning rangni ifoday olish qudrati; b) rang ifodalovchilarning baho, hissiyot, emosiya kabi rangga daxli bo‘lmagan ma'nolarni anglatish qobiliyati ko‘rsatildi.
Rang ifodalovchi leksika nafaqat umumiy til tizimi sifatlarini (markaz, markazdan chetdagi), balki mikrotizimlarning aniqlanadigan o‘ziga xos xususiyatlari va ularning miqdorini ham aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, til tizimida rang ifodalovchilar leksik qatlamning eng muhim tarkibiy qismilaridan biri hisoblanadi.
Rang ifodalanishi turli tizimli tillarning universal xususiyatlarini (so‘z birikmasi, tizimli struktura, funksional sifatlar) va so‘z yasash, biriktirish, ko‘p ma'nolikka moyillik, rang ifodalovchi leksikasning turli guruhlari chastotasi, ularning stilistik xoslik, muallifning o‘ziga xos uslublar bilan bog‘liq milliy xususiyatlarni aks ettiradi. Shunday qilib, ingliz tilida, asosan, rang oralig‘idagi har qanday belgiga javob beradigan ko‘plab rang va tuslarni tanlay oladigan asos ranglar qo‘llanadi.
O‘zbek tilida uchraydigan barcha rang nomlari tabiatdan o‘zlashtirilgan va ma'lum boshlang‘ich tushunchalarning sifati kabi ifodalanadi: qizil rang olovdan, havorang suvdan, yashil o‘simliklardan olingan. O‘zbek tilida rang, bo‘ѐq, tus, soyani anglatuvchi 360 ta leksema – sifatning yangi katta guruhni tashkil etadi. Zamonaviy tilshunoslikda rang-tus ifodalanishi tasnifining turli usullari tahlil qilinadi.
Rang ifodalanishidagi struktur-semantik o‘xshashlik va farqlar turli madaniyat vakillarining lisoniy, tarixiy-madaniy, iqlimiy va boshqa bir qator xususiyatlari aks etadigan olam manzaralari differensiasiyasi bilan bog‘liq. Rang turli ma'naviy-estetik boyliklarning in'ikosi sanaladi. Shu bois rang madaniyatning asosiy kategoriyalardan hisoblanadi. Madaniyat, tevarakni o‘rab turuvchi olam, borlik rangi borasida unikal ma'lumot beradi, xalqning tarixiy taraqqiѐti, rangbarang xalq an'analariaro munosabat, dunѐni badiiy anglash xususiyatlari to‘g‘risida xabar beradi.



Yüklə 167,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə