Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Rang komponentli frazeologik birliklarning nutqda ifodalanishi



Yüklə 167,19 Kb.
səhifə17/21
tarix10.04.2023
ölçüsü167,19 Kb.
#104855
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
qwertyui (3)

3.2. Rang komponentli frazeologik birliklarning nutqda ifodalanishi
Til birliklari ko‘p hollarda nolisoniy ijtimoiy-ruhiy (sosial-psixik) tomonlar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi sosiologik/sosial tilshunoslikdan (ijtimoiy tilshunoslikdan) farqli o‘laroq lisoniy birliklarning nutqda yashash shart-sharoitlari qurshovida o‘rganuvchi maxsus fan - lingvistikaning yangi sohasi sosiolingvistika shakllandi. O‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab sosiolingvistika g‘arb tilshunosligida yetakchi o‘rin egallay boshladi.
Sosiolingvistik tadqiqotlar lisoniy birliklarni qo‘llash nafaqat nutq sharoiti, vositasi va hokazo kabi ijtimoiy hodisalar bilan, balki so‘zlovchi va tinglovchi shaxsiyati hamda ruhiyati, har bir xalq, millat, hatto, ijtimoiy guruhning o‘ziga xos - shu guruh yoki toifa uchun odat tusiga kirgan qator urf-odat, rasm-rusum, ya'ni etnografik tomonlar bilan ham aloqador ekanligini ko‘rsatdi. Chunonchi, biz birovga salom berar ekanmiz, odob nuqtai nazaridan qo‘lni ko‘krakka qo‘yib, boshni sal egib, ta'zimga yaqin harakat qilib salomlashamiz. Bu – o‘zbek urf-odati. Shunda nolisoniy vosita bilan birga, albatta, «Assalomu alaykum!» lisoniy birligi ham ishlatilishi zarur. Demak, nutqni ham lisoniy, ham etik-etnografik xususiyatlarni hisobga olgan holda tadqiq etish sosiolingvistikaning yangi tarmog‘i – etnososiolingvistikaning vazifasidir.
Har qanday faoliyat o‘zining amaliy qimmati bilan ahamiyatlidir. Nutq jarayoni faoliyat bo‘lganligi uchun muloqot nutqi samarasi ham nutqning ta'sirchanligi, ma'lum bir maqsadga erishganligi bilan belgilanadi. So‘zlovchi va tinglovchining (kommunikantlarning) bir-biriga ta'siri, maqsadlarining yuzaga chiqish darajasi muloqot jarayonining amaliy samarasi bo‘lib, pragmatik qiymatga egadir.
Nutqiy birliklarni muloqot birliklaridan (nutqiy birlik va uning voqelanish sharoiti qurshovidan) farqlash zarurati strukturalizmda nutqiy birliklarni lisoniy birliklarni yashash sharoitidan ajratib tadqiq etish natijasida yuzaga keldi. Pragmatikada nutqiy birlikning voqelanishi diskurs – nutqiy muloqot jarayoni, kommunikantlarning o‘zaro fikr almashinish va bir-biriga ta'sir o‘tkazish faoliyati – doirasida o‘rganiladi. Nutqni jarayon sifatida o‘rganish esa faqat muloqot – so‘zlovchi va tinglovchi orasida o‘zaro diskurs (fikr almashish), savolga yarasha javob berish - holatidagina amalga oshirilishi mumkin.
XX asrning 70-yillaridan keyin tilshunoslikda pragmatik yo‘nalish keng tus oldi, pragmatika, pragmatik lingvistika, pragmalingvistika, pragmafonologiya, pragmafonetika, pragmagrammatika, pragmasintaksis kabi yangi atamalar va bu atamalar ostida til hodisalariga yangicha yondashish, ularni yangicha talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar va tahlil usullari ommalashdi.
Pragmatikaning (pragmalingvistika va h.k.) tilshunoslikka munosabati haqida fanda xilma-xil qarashlar mavjud. Ayrim tilshunoslar, chunonchi, Vol'fgan Dressper (Avstriya tilshunosi) «Pragmatika tilshunoslikka aloqador emas» deb yozadi. O‘zbek tilshunosligida bu yangi yo‘nalish bo‘yicha ham umumlashtiruvchi, ham tanishtiruvchi ilk tadqiqot Sh.Safarovning «Pragmalingvistika» monografiyasidir .
Pragmatika – tilshunoslikning bir tarmog‘i, aniqroq qilib aytganda, lisoniy birliklarning nutq jarayonida boshqa nolisoniy vositalar bilan birgalikda qo‘llanishini, nutqiy muloqot samaradorligini o‘rganuvchi yo‘nalishi. Nutqiy muloqot – kommunikantlarning bir-biriga ta'siri va uning samarasi - pragmatikaning tadqiq manbai, bu jarayonga tizim sifatida yondashish esa bu yo‘nalishning asosiy tadqiq usulidir. Shuning uchun pragmatika tilshunoslik bilan bevosita aloqadordir – u nutqiy birliklarning o‘zinigina emas, balki ularni qo‘llanish qurshovida, aloqadorlikda o‘rganadi.
Nutq birligi va muloqot birligini farqlash zarur. Nutqiy birliklar lisoniy invariantlarning ma'lum bir moddiy shaklda – variantlarda voqelanishi bo‘lsa, muloqot birligi - muayyan nutqiy birlik (lingvistik variant) amaliy qo‘llanish jarayonida o‘nlab boshqa omillar bilan birgalikda olingan o‘ziga xos tizimdir.
Har qanday faoliyat amaliy qimmati bilan ahamiyatlidir. Nutq ham faoliyat bo‘lib, nutqiy muloqot samarasi uning ta'sirchanligi, ma'lum maqsadga erishganligi bilan belgilanadi. So‘zlovchi va tinglovchining (kommunikantlarning) bir-birlariga ta'siri, ma'lum maqsadni yuzaga chiqarish darajasi muloqot jarayonining amaliy samarasidir.
Nutq inson tafakkuri va ongi bilan bog‘liq bo‘lgan eng qadimiy tushunchalardan biri tildir. U hozirgi kunga qadar turli xil qarashlarga ega bir qator tilshunoslik sohalari nuqtai nazaridan o‘rganilmoqda. Shuningdek, nutq til, ong hamda fikrlash kabi tushunchalar bilan qiyoslanib, tadqiq etib kelinmoqda41. Xar'kov tilshunoslik maktabi vakili A.A. Potebnyaning fikricha “tilning rivojlanish jarayoni so‘zlarda ifoda etilgan poetik va prozaik fikrlarning almashinuvidir”42. Bu bilan u tilda fikrning ifoda etilishini ijodiy jarayon deb hisoblab, predmetning inson ongida turlicha aks etishi sinonim so‘zlarning shakllanishiga sabab bo‘lgan deb izoh beradi. Bunday jarayon bir predmetning ma'lum bir tilda turlicha nomlanishi nutq boyishini ta'minlaydi. Aslida, fikrlar mohiyati va ong munosabatlari so‘zning ichki shaklini tashkil etadi. So‘zlarning paydo bo‘lishi, xilma-xilligi predmetning inson ongida qanday namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Bu borada ma'lum bir to‘xtamga kelish uchun boshqa tilshunoslik maktablarining ilmiy qarashlariga nazar solsak. Qozon lingvistik maktabi vakili N.V. Krushevskiy nutqning ravonligini ta'minlovchi turli so‘z turkumlariga oid har xil ma'nodagi so‘zlar izchilligi – “til – ishoralar tizimi” degan g‘oyani ilgari surgan43. B.N. Golovin esa «nutq – til qoidalari hamda ifoda etilgan ma'lumot talablariga muvofiq qurilgan til ishoralarining izchilligidir» deb ta'kidlaydi44. Keyinchalik u, “nutqning tashqi ko‘rinishi – matnning qoidaga muvofiqligi; nafaqat til tuzilishi va uning tarkibi, balki tilga oid bo‘lmagan ma'nolarga ham ega” ekanligini ta'kidlab, uni til materiali va unga xos bo‘lgan qoidalar asosida qurilgan deb ta'riflaydi45. Bu o‘rinda yana shuni ta'kidlash lozimki, F. de Sossyur e'tirof etganidek, nutq yoki nutqiy faoliyat ikki tomondan iborat bo‘lib, biri individual, biri esa ijtimoiydir46.
Nutq B.N. Golovin sanab o‘tgan barcha elementlar, ya'ni, mantiqiylik, tartiblilik hamda ifoda etilgan fikrga muvofiqlilik kabilarni o‘zida aks ettiradi. O‘quvchi til haqidagi bilimlarga ega bo’lish bilan birga nutq madaniyatining rivojlanishiga olib keluvchi elementlar: so‘zlarning tuzilishi (til ishoralari) va ularning mantiqiyligi haqida tushunchaga ega bo‘lishi kerak.
Nutq insoniyatning jamiyatdagi eng asosiy vositalardan biri bo’lib, muloqotning negizi hisoblanadi. U nafaqat nutq tovushlaridan tashkil topgan so’zlar, balki imo-ishoralar, turli nutq tovushlariga xos bo’lmagan taqlidiy tovushlardan ham iborat bo’lishi mumkin. Rus olimi V.I. Chernishevning fikriga ko‘ra, grammatikaga asoslanmagan nutq noto‘g‘ri hamda unda qo‘llanilgan arxaizm, neologizm va varvarizmlar esa uning tozaligining buzilishidir. Vaholanki, nutq to‘g‘riligi hamda tozaligi nutq madaniyatining asosiy sifatlaridandir. Uning ta'kidlashicha, yozuvchilar tomonidan kiritilgan o‘zgarishlar shunchaki davrning izmiga bo‘ysungan, tilda hech qanday xatolikka yo‘l qo‘yilmagan. Demak, biz nutqning noto‘g‘riligiga emas, balki unda qo‘llanilgan zamon bilan hamohang yashagan so‘zlarga duch kelamiz. Bu kabi holatlarning ildiziga yetish tarjima jarayonini keskin o‘zgartiradi. Negaki tarjima jarayonida so‘z qaysi davrga mos bo‘lsa, o‘sha davr ruhiyatini jonlantiradi. Shunday ekan, o‘sha davr haqida kengroq tasavvur uyg‘otadi.
Nutqning paydo bo’lish tarixiga nazar solar ekanmiz, insoniyatning qadimgi ajdodlari nutqning noverbal shaklidan foydalanishganligiga guvoh bo‘lamiz. Bunga qadimgi bitiklar dalil bo’la oladi47.
Nutq – fikrlashning hosilasidir. Fikrlashgacha bo‘lgan daraja esa ko‘rgan narsalarni anglash, idrok etish jarayonidir. Bu xususda B.I. Kosovskiy quyidagi fikrni bildiradi: “...til va fikrlash o‘rtasida oraliq zanjir yo‘q. Til va fikrlash bu bir voqeaning ikki tomonidir”48.
A.A. Potebnya ta'kidlaganidek, co‘zning ichki shakli fikr mazmunining ongga nisbatan munosabatidir49. So‘zda o‘z aksini topgan fikr bilan ongning yashirin munosabati ifodalanadi. Inson ongida yashirin nutq, ya'ni ifodalanmagan fikr ham mavjud.
F.M. Berezin va B.N. Golovinlar til va fikrlashning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashdan oldin, ulardanda qadimroq bo‘lgan anglashni til bilan birgalikda o‘rganish kerakligini ta'kidlashgan. Ularning fikricha, “Ong – bu nutq o‘zgarishi, ya'ni tilning nutqiy vazifasining asosiy sababi va qoidasidir”50.
O‘z-o‘zini anglash ijtimoiy-tarixiy jarayon bo‘lib, u rivojlanib boruvchi dinamik tuzilma sifatida ongning turli bosqichlari va darajalarida turlicha holat va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi51. Ma'lumki, ong til va nutqdanda qadimiyroq tushunchadir. Chunki inson atrofida sodir bo‘layotgan voqealarni til va nutqsiz anglashi va fikrlashi kerak bo‘lgan. Natijada bu nutq va tilning shakllanishiga imkon yaratgan. Anglash va fikrlash insonni mehnat qilishga, mehnat esa so‘zlashga, ya'ni tilning paydo bo‘lib, rivojlanishiga chorlagan. Til ongning reallashuvi va amalga oshishining asosiy omilidir. Tilning insonlar munosabatida asosiy vazifasi nutqda fikrlarni aks ettirishdir. Leksik va grammatik tizimlar mohiyatining rivojida fikrlash muhim ahamiyat kasb etadi52.
Shuni aytish joizki, nutq nafaqat tilshunoslikda, balki, tilni o‘qitishda ham muhim rol' o‘ynaydi.
B.N. Golovinning ta'kidlashicha, biz avvalambor nutq bilan tilni farqlay olishimiz, to‘g‘rirog‘i ularning o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklarni aniqlab olishimiz kerak. Uning fikricha, nutq madaniyatini anglash shundan boshlanadi53.
K.A.Fedin e'tirof etganidek, “fikrni aniq va tiniq ifodalay bilish kerak”54. Fikr til vositalari orqali nutqda ifoda etiladi. Til nutqqa nisbatan kengroq bo‘lib, u bir qolipda ko‘rsatilgan tizim yoki potensiyaga ega mavhum bir tushuncha sifatida o‘rganiladi. Ma'lumki, nutq tilning ifodasi, moddiy ma'noga ega bo‘lib, uni eshitamiz (og‘zaki nutq) yoki ko‘ramiz (yozma nutq). A.E.Suprunning ta'kidlashicha, “til – fikrlarning tarkibiy qismi bo‘lib, uning bevosita holati, fikrlash til shakllarida tuziladi, biroq fikrlash materiali sifatida tashqi olamni bilishga xizmat qiladi”55. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan barcha fikr va mulohazalarni umumlashtirgan holda shuni aytish mumkinki, borliqni ko‘rib, idrok etib, so‘ng fikr yuritiladi va til birliklari orqali nutqda ifoda etiladi. Nutqni til elementlaridan to‘g‘ri foydalanib ifodalash nutq madaniyatining rivojiga olib keladi. Chunki nutq muloqotga oydinlik kirituvchi eng muhim vositalardan biridir. Predmetning inson ongida turlicha namoyon bo‘lishi nafaqat sinonimiyaga, balki fikrlar, nutqlarning xilma-xilligiga sabab bo‘ladi. Nutq paydo bo‘lib, ravonlanmaganida insoniyat bir-birini tushuna olmagan bo‘lar edi. Imo-ishoralar ham fikrni bayon etishdagi eng qadimiy vositalardan biridir, biroq u faqat kunning yorug‘ida ko‘rinadi xolos. Shu sababli nutq insoniyat hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Nutqning yozuvdagi aksi fikrning ancha sayqallangan varianti hisoblanadi.
Ma'lumki, nutq ikki xil shaklga ega: og‘zaki va yozma. Yozuvning paydo bo‘lishi va shakllanishi natijasida og‘zaki nutq paydo bo‘lgan. Og‘zaki nutq fikr va tuyg‘u orqali nutq tovushlarining talaffuz etilishidir. Shuningdek, u barcha til vositalarini, ya'ni dialektlar, jargon va turli talaffuzlarni o‘z ichiga oladi. Ifoda etilgan nutq so‘zlovchining jamiyatdagi o‘rni va mavqei hamda uning geografik joylashuviga bog‘liq. Yozma nutq og‘zaki nutqdan farq qilgan holda til qoidalariga, ya'ni imlo, grammatikaga asosan ifoda etiladi.
Badiiy matnda eskirgan so‘zlarni qo‘llash xato hisoblanmaydi. Ammo matnda qaysi davr uslubi qo‘llanilishiga bog‘liq. Albatta, hozirgi davrni tasvirlab turib, eskirgan so‘zni qo‘llash ham mantiqan ham stilistik jihatdan xato bo‘ladi. Yozuvchi nazarda tutgan so‘zning ma'nosi davr talabiga, ommaga mos bo‘lsagina, o‘sha eskirgan so‘z yangi ma'noda qo‘llanilishi mumkin.
B.N. Golovinning ta'kidlashicha, biz avvalambor nutq bilan tilni farqlay olishimiz, to‘g‘rirog‘i ularning o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklarni aniqlab olishimiz kerak. Shu munosabat bilan Ye. Balsejan tarjimonning bir nechta kommunikativ pozisiyalarini tipologik farqlaydi. Avvalambor, u “mualliflik tarjimasi”ni nazarda tutadi, ya'ni muallifning o‘zi tomonidan tarjima qilingan, keyin – “polemik tarjima” va, nihoyat, “yashirin tarjima”. Tarjimaning alomatlarini adabiy – tarixiy faktlar bilan hujjatlashtirish mumkin.
Tarjima turli belgilar bilan ifodalanadi, “tarjima nomi bilan boshlanib, qaysikim tarjima qilingan asarning nomi - ” tarjima qildi, “tarjimadan, tarjima qilingan” va b. Bunday nomlanishning texnikasiyoq aniqlangan shartlarning bir sinali bo‘lib, tarjimani qabul qiluvchiga shunday ta'sir ko‘rsatadiki, xuddi asliyatni o‘qiganda adabiy janr nomi kabi.
Tarjima adabiyoti boblarining adabiy – tarixiy nomlanishi juda pouchitel'no; chunki o‘z davrida tarjmachilik normalarini tushunishgan va his qilishgan. U shuningdek asliyat bilan tarjima o‘rtasidagi bog‘liqlikni mualliflik huquqini yuzaga chiqarish usulini, asliyatdagi ijodga nisbatan tarjimaning funksiyasini tushunishni va tarjimonning asliyatga nisbatan pozisiyasini va sh.k. ochib beradi.
Alohida tarjimachilik operatsiyalari tipologiyasini o‘rgatishda bir yoqlama harakat qilish kerak, ya'ni bir aspektda to‘xtashimiz lozim (mn., matn qurilishining til darajalari, stilistik daraja, semantika, tovushli qurilishi). Mana shu ma'lumotlarni qo‘lga kiritsak va aynan alohida kriteriyalar ko‘rsatkichlarni solishtirish asosida tarjimaning kompleks modelini yaratishga kirishishimiz mumkin. Kriteriylar turdosh bo‘lmaganligi uchun ularni bir sxemada tasavvur qilish mumkin emas. Matnning alohida darajalari bo‘yicha tarjimani tasvirlashning o‘zi, uni baholay olmaydi, hatto interpretasiyasi ham bo‘lolmaydi. Aspekt baholanishi uchun boshqa ko‘rsatkichlarga ham nazar solishimiz kerak avvalambor matn qurilishining alohida darajasi funksiyasiga. Bu ta'rifda keltirilgan ma'lumotlardan tarjima matni grammatikasini qurishda foydalanish mumkin.Tarjima matn tarjimasi dalolatnomasi sifatida hamma vaqt ham barcha darajalarda to‘laqonli amalga oshmaydi, ammo ayrim holatlarda ba'zi darajalarda uning namoyon bo‘lishi muhimroqdir. Ba'zi hollarda tarjima gap yoki she'r bo‘lmasa fonetik tovushli darajasida amalga oshadi. Tarjimaning boshqa tipi faqatgina leksik darajada amalga oshadi. Har qaysi holatda tarjimaning amalga oshish darajasini o‘rganish – bu stilistik o‘zgarishlarning til xarakteristikasi matn yaratishda tarjimon faoliyatini tadqiq qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.56
Matn kabi tarjimaning xarakterli jihatini shu narsada ko‘rishimiz mumkinki, tasviriy o‘ziga xosligini unga turli normalarning ko‘pchiligi beradi, qaysikim barcha adabiy muloqot ishtirokchilarining, ya'ni asliyat muallifi va taxminiy adresantga, tarjimani va tarjima adresantiga xosdir. Bir tomondan, asliyat qaysi tilga tegishli bo‘lsa o‘sha normalar rol' o‘ynasa, boshqa tomondan – berilgan asar tarjima qilinayotgan til shartlari muhim ahamiyat kasb etadi. Qachon adabiy matn asliyat muallifidan tarjima orqali o‘quvchiga borib yetsa, tarjima strukturasida turli tasviriy normalar to‘planadi. Shuning uchun ham tarjima matni “sof” bo‘la olmaydi, balki aksincha, barcha turdagi normalar interfrensiyasini namoyon etadi, qaysikim turli muloqot sub'ektlaridan qabul qilinadi. Bunday turli normalar kontaminasiyasi tarjima stilini belgilaydi.
Tarjima stilidagi adabiy normalar stratifikasiyasiga tegishli narsalarning yuzaga chiqishi qaysidir normani “qandaydir ajratish”dan iborat emas chunki tarjima stili turli tasviriy elementlarning funksiyaviy birligida namoyon bo‘ladi, matnda normaning ko‘rinishi esa “splavleni”, stilning turdagi xarakteri ularning stushevivaet, boshqa elementlar bilan teng huquqli qiladi. Bu shartlilikning birorta ham matnga bevosita tushmaydi – u adabiy axborotni yetkazuvchi sub'ekt tomonidan kiritiladi. Shunday qilib, tarjimani potesial qabul qiluvchining o‘rnatishi faqatgina tarjimon vositachiligi tasviriy ustanovkaga aylanadi va matnning tarkibiy qismi sanaladi, chunki ular tasviriy vositalar tanloviga ta'sir ko‘rsatadi. Bunda qabul qiluvchilarning didini inobatga olgan holda tarjimon o‘z tanlovini amalga oshiradi.
Qabul qiluvchining aspekti matnda faqat ma'lum stilistik usullar transpozisiyasidek ifodalanadi va matn yaratishda ekspedient va persipient urinishlarining dialektik birligi sifatida namoyon bo‘ladi.
Semantik va stilistik instruksiyalar, yuqorida aytib o‘tganimizdek, muloqot aktining turli ishtirokchilaridan: asliyat muallifi, tarjimon, ko‘zlanayotgan qabul qiluvchidan chiqishi mumkin.ulardan qay biri reshayushiy ta'sir ko‘rsatishi – adabiy vaziyatga dialektik konteksga bog‘liq. Ba'zan tarjimon va uning badiiy konsensiyasi oldingi planga chiqariladi, keyin bevosita asliyatdan kelib chiquvchi, ya'ni qabul qiluvchi adabiyotning stilistik shartlari hamma narsada ham inobatga olinmaydi. Bundan tashqari tarjimonga zamonaviy estetik normalar ham ta'sir ko‘rsatadi. Tarjimaning hukmron estetik shartlari moslashuvini ko‘rib chiqamiz: Vin'i Shekspirning “Otellosi”ni aleksandrinskiy she'ri bilan tarjima qildi, o‘sha vaqt adabiy qoidalariga muvofiq ravishda, oq she'r unda badiiy sanalmagan (Shekspirni Fransiyada vol'ter davridan “forma sohasida varver” sanashgan).
Badiiy asarlarda qo’llanilgan frazeologik birliklarni tanlash quyidagi beshta mezon asosida amalga oshirildi:
1. FB komponentida mavjud rang ma’nosini aniqlash vositasida:
- the red carpet – ‘a very special welcome given to an important visitors’ [Alibaba and 40 pirates];
- a white Christmas – ‘a Christmas when it snows’ [The Christmas Eve];
- once in a blue moon – ‘very rare’ [One Thousand and One Nights].
2. Frazeologiyaning bir qismi sifatida ham, komponentning talqini tarkibida ham mavjud – rang ifoda ma’nosi:
- (as) bright as a button – ‘clever and lively’ [Alice in Wonderland];
- bright-eyed and bushytailed – ‘lively, keen and full of energy’ [Alice in Wonderland];
- a dark horse – ‘a competitor in a race or contest about whom little is known; an unknown’[A Little Riding Hood].
3. Rangni belgilovchi komponentining frazeologik birligi sifatida mavjudligi va rangning ekspressivlikni ko'rsatuvchi komponentini talqin etuvchi vosita:
- (as) black as ink (night)– ‘very dark (about a house, room, street, night)’ [One Thousand and One Nights];
- (as) white as a sheet/ ghost – ‘very pale in the face, because of illness, fear or shock’ [Martin Eden];
- a black eye – ‘an area of dark skin(= a bruise) around the eye caused by an accident, somebody hitting you, etc.’ [The Adventures of Sherlock Holmes and Dr. Watson];
- green with envy – ‘very jealous’ [Martin Eden];
Leksik birliklar, tasviriy vositalar tanlovi – o‘z vaqtida ijtimoiy shartlangan matn tuzish akti, tasviriy vositalar tanlovining ijtimoiy sharoitlanganlik prinsipini etik va estetik nuqtai nazardan qaraganda bir leksik elementni inkor qiluvchi, yoki aksincha, boshqa leksik elementlarni qabul qiluvchi tanlov ustidan ijtimoiy nazorat deb tushunish lozim. Tarjima tasviriy vositalarni tanlashda nafaqat tom ma'noda so‘zning kommunikativligi talabini nazarda tutadi, balki ularning differensiasiyasini, qaysikim stilistik sistema terminologiyasida ifodaning etik pafosi deb nomlangan narsani ham nazarda tutadi. Masalan, o‘rtacha slovak o‘quvchisi yaqin zamonlargacha ingliz tilidan tarjima qilishda qo‘pol so‘zlarni tanlashga ta'sirchan bo‘lgan. Qabul qiluvchining kommunikativ vaziyatini tarjimon inobatga olmaganda edi, jo‘natuvchi va tarjima adresanti orasida kolliziya paydo bo‘lardi. Agar slovak tarjimoni o‘z tarjimasining kommunikativligi haqida qayg‘ursa, u avvalambor adabiy an'analarni inobatga olgan holda qaror qabul qilishi kerak. stilistik mutanosiblikning ozgina buzilishi ham mazmundagi siljishlarni keltirib chiqarishga yetarli. Bunday imkoniyat doim realdir.
Lisoniy imkoniyatlarning muayyan moddiy shakllarda voqelanishi mohiyatan munosabatlardan ajratilgan mavhumlik bo‘lib, u faoliyat jarayonidagina muayyanlashadi va ijtimoiy kommunikativ qiymat hamda ahamiyat kashf etadi.
Lingvistik nutqiy birlikni uning faoliyatda, amalda qo‘llanilishidan farqlash nutqiy birlik va nutqiy muloqot birligini farqlashga asos bo‘ladi. Nutqiy birlik – bu lisoniy birliklarning (invariantning) moddiy bir shaklda (variantda)voqelanishi bo‘lsa, muloqot birligi shu nutqiy birlik voqelanganda unga hamkorlik qiladigan, juda ko‘p hollarda aynan shu birlikning qo‘llash zaruratini belgilaydigan nolisoniy – shaxsiy-individual, situativ omillarning majmuasidir.57
Lisoniy verbal vositalar kabi lisoniy noverbal omillar ham bir necha ichki paradigmalarga ega. Noverbal vositalarning milliy o‘ziga xosliklari, nutqiy jarayondagi o‘rni, ahamiyati, ishlatilishi, ularning verbal ifodalari olimlar tomonidan atroflicha o‘rganilgan . Noverbal vositalarning kommunikantlar jinsi, yoshi, ijtimoiy vazifasi bilan bog‘liq jihatlari haqida S.Mo‘minovning ishlarida fikr bildirilgan bo‘lsa-da, NMning tarkibiy qismlari maxsus tadqiq etilmagan.
«Paralingvistika» deb bir hisobda lingvistikadan chetga chiqariladigan bunday hodisalarni «lisoniy birliklarning noverbal (so‘zsiz), ASEGMENTOR (yaxlit), bo‘linmas, qolaversa, nofonetik ifodalanishi” deb tahlil qilish, bulardan foydalanishni nutqning bir shakli deb qabul qilish lison/nutq dixotomiyasi talablariga to‘la mos keladi. Zeroki, bu vositalar verbal (so‘zlar) vositalar bilan ifodlanishi mumkin bo‘lgan informativ qiymatga egadir. Shunday ekan, bunday vositalarni lisoniy noverbal (yoki lisoniy bo‘linmas) vositalar sifatida baholash lozim.
Nutqiy muloqotning asosiy tarkibiy qismlaridan har birini alohida-alohida olib tahlil qilish natijasida xulosa qila olamizki, nutqiy muloqot omillari ichki va tashqi omillar kabi ikki katta guruhga bo‘linadi. Bu omillardan har biri bir necha ichki tur va ko‘rinishlarga ega. Lekin har bir tur va ko‘rinish elementlari o‘zaro uzviy assosiativ (xotiraviy, biri ikkinchisini eslatib turuvchi, paradigmatik) aloqalar bilan bog‘langan bo‘lib, nisbatan mustaqil tizimchani tashkil etadi.
Kontekst badiiy nutqda qo’llanilgan lisoniy vositaning til yoki nutq birligi ekanligini, agar mazkur vosita barqaror so’z birikmasi bo’lsa, u frazeologik birliklarning qaysi turiga oidligini va nihoyat, birliklarning an’anaviy-lisoniy va tasodifiy-g’ayrilisoniy qo’llanilishi holatlarini oydinlashtiradi. Bu esa, o’z navbatida, tarjima jarayonida muvofiq til vositalari tanlash uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Yüklə 167,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə