Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna


O’smirlarda ziddiyatli vaziyatlarda o’z ruhiy salomatligiga munosabatining psixologik xususiyatlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə14/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

2.2. O’smirlarda ziddiyatli vaziyatlarda o’z ruhiy salomatligiga munosabatining psixologik xususiyatlari
O’smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat - voyaga еtish yoki kattalik hissining paydo bolishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, xulq-atvorning tashqi shakllarida o’z ifodasini topadi. O’smirlik yoshiga xos bolgan psixologik xususiyatlarni o’rgana turib, o’smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yollarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy еtilish o’smirning bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta’sir o’tkazadi. Lekin bu bevosita ta’sirdir.
Kichik o’smir psixologik «mexanizmi» sxematik ravishda quyidagicha baholanadi. Endokrin garmonlarining paydo bolishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bogliq bolgan jinsiy еtilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning o’zlarini kattalardek his etish, mustaqil bolish tuyg’ularini tuyushlari uchun qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanishning bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga tola tayyor bolmaydi.
Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik maktab yoshidan o’rta maktabga olish, ya’ni yakka o’qituvchi rahbarligidan ko’pchilik o’qituvchilar tasarrufiga olish va muloqotdagi o’zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib borish, mustaqil va amaliy ishlarni ko’proq bajarish, shu bilan birga bolaning oiladagi o’rnining ham o’zgarishidir. Katta o’smirlarga nisbatan kichik o’smirlarda paydo boladigan kelisha olmaslikni ulardagi jinsiy еtilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-ko’y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta’siri bilan boglash zarur.
Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni o’zgartirish yoli bilan o’smirlarning xulq-atvoriga to’g’ridan to’g’ri ta’sir kolsatish, yomon xulq-atvor, o’jarlik, kamchiliklarini tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin. Bu davrda o’smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o’z o’rnini topa olmagan holatda bo’ladi. O’smir o’zining qobiliyati va kuchini to’g’ri baholamay turib, murakkab hayotiy masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo’lganligi sababli kundalik hayotida qator kamchiliklarga yo’l qo’yadi. Lekin u o’z xatosini tan olishdan ko’ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko’radi.
Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, har bir tanqid go’yoki uni mensimaslik belgisi, atayin qilinayotgan ish bo’lib ko’rinadi. U mustaqil, o’zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor bermaydi. Ayrim o’smirlar o’zining kattalar safiga qo’shilganligini namoyish qilish uchun turli xil salbiy odatlarga o’rgana boshlaydilar. O’smir xulqidagi bunday o’zgarishlar o’qituvchi va ota-onalarni qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o’zgartirish uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi. Bu yoshda kattalar o’smirlarni bilib-bilmay qo’yayotgan kamchilik va xatolarini ko’pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo’l bilan yondashgan holda yordam berish uni «katta bo’lib qolganlik» tuyg’usini so’ndirib emas, balki katta odam qanday bolishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur.
O’smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o’zaro munosabatlarning butun muhitiga oid boladi. O’smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko’rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo’naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa boladi va norozilik bildiradi.
O’smirda o’z qadrini bilish hissi paydo boladi va u o’zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bolmagan inson deb biladi. Ota-onalar va pedagoglar o’smirlar bilan alohida ishlab, ularning ko’nglini topishi va xatti-harakatlarini o’z vaqtida to’g’ri yolga solishlari lozim. Ba’zi o’qituvchilar kichik o’smirdagi bu o’zgarishlar - salbiy alomatlar, urushqoqlik, o’jarliklarining ildizlari qayerdan kelib chiqqani va nima bilan bog’langanligi, nimaning ta’siri ekanligini bilmay turib, noto’g’ri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin.
Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri o’smirning o’z mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baholashidir. O’z imkoniyatlarini ortiqcha baholash bilan kichik o’smirning psixik imkoniyatlari oltasida tafovut paydo boladi. Kattalarning irodasiga bo’ysunmaslik, maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarmaslik bu mazkur sharoitga еtarli darajada baho bera olmaslikning yagona reaksiyasi bolibgina qolmay, shu bilan birga bu o’smir, uning shaxsi nuqtayi nazaridan o’zini boshqalarga tanitish yoli sifatida ham xizmat qiladi. Bu yo’1 orqali bola o’z shaxsining ahamiyatini, uning ta’sirchanligini hamda tevarak-atrofdagi kishilarga qarshilik ko’rsata olish qobiliyatini ham ta’kidlab ko’rsatishga erishmoqchi boladi.
O’smirlarni o’z shaxslari haqidagi fikrlar ko’proq qiziqtiradi, ular o’zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o’zinikini esa kengaytiradi, kattalarning o’z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum tenghuquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.
O’smirlik davrida ichki erkinlikning o’sishida, o’z-o’zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o’zgarishlari yuz beradi. Bunday o’zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o’smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig’i bolib hisoblanadi. O’z-o’zini anglash hissining tarkib topishi, o’ziga nisbatan go’yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vujudga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan temperament tipidagi o’smirlar uchun muhim xususiyatlardir.
O’smir o’gll-qizlar shaxsining kamol topishida, o’zini anglash jarayonida o’ziga baho berish mayli va istagi o’zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o’ziga bino qo’yish ehtiyoji paydo boladi. Bular esa o’smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilk o’smirlik davrida ko’pchilik o’smirlar o’zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bolgan sari o’smirning o’z-o’ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o’zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari) da namoyon bo’la boshlaydi.
O’smirlar ustanovkalari muhim funksional ahamiyatga ega bolib, uning malum bir faoliyatni samarali bajarishga tayyorligi sifatida namoyon boladi.
Uning asosiy vazifalari:
1) faoliyat amalga oshirilishining qat’iy xarakterini belgilab beradi;
2) o’smir shaxsini standart vaziyatlardagi faoliyatlar kechishini erkin holda nazorat qilish va qaror chiqarishdan ozod qiladi.
O’smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan olimlarning ta’kidlashicha, o’g’il va qizlarning bu yoshda o’rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon boladi. Ushbu o’zgarishlar ta’sirida bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o’sib borish munosabati bilan o’zlariga ko’proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammolar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar.
O’smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yillarda o’smirlar uchun hayot davomida kerak boladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko’rina boshlaydi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga kolariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur esa o’zining barcha ko’rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy darajasida rivojlanadi. O’smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga o’rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.
O’smirlik davriga juda ko’p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar xos. Maktab dasturini o’zlashtirish va boshqa ishlar bilan bogliq turli masalalarni еchishda ko’zga tashlanadigan o’smirlarning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo’yicha fikrlashga undaydi, o’smirlarning o’zlari ham bunga harakat qiladilar.
O’smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish o’sishi tufayli axloqiy hislar o’smirlar hayotida katta o’rin oladigan bo’lib qoladi, ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo’ladi. Shu yoshda organizmda fiziologik o’zgarishlar sodir bo’lishi sababli emotsional qo’zg’alishlarning xarakterida ham o’zgarish ro’y beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon bo’laveradi, lekin ko’pincha bu hislar barqaror bo’lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda o’smirlarda injiqlik va arazlash ko’p bo’ladi.
Ijobiy sifatlar, ehtiyojlar va intilishlar har bir yoshda, jumladan, ma’lum darajada yoldan ozgan o’smirda ham boladi. O’smirlar hamma narsani bilishga qiziqadilar. Ko’pchilik o’smirlar boshqalardan yomonroq bolishni xohlamaydilar va o’z muhitida ko’zga tashlanib turishga hamda boshqalardan nimalar bilandir farq qilishga intiladilar. O’smirlarning hammasi g’ayratli va faoldirlar, biroq, o’zlarining kuch-quvvatlarini qayoqqa yo’naltirishni hamma vaqt ham bilavermaydilar. Binobarin, ularni bevosita natijalari bilan xursand qiladigan xilma-xil foydali va qiziqarli ishlar bilan band qilish kerak.
O’smirlar, garchi hamma vaqt ham bunga tayyor emasliklariga qaramay, mustaqillikka intiladilar. Ammo ko’pincha mustaqil ish-harakatlar uchun ularning imkoniyatlari bolmaydi. Demak, ularni mustaqil faoliyatga yaxshiroq tayyorlash va ularga mustaqil ishlarni ishonib topshirish hamda muvaffaqiyatli bajarilishini hamma vositalar bilan ta’minlash kerak. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, o’smirlar psixikasida ijobiy tomonlar еtarli darajada mavjuddir. Bu ijobiy tomonlardan foydalanib va ularni rivojlantirish, salbiy ishtiyoq, mayl, ishlar va xatti-harakatlarni yo’qotish kerak.
Katta o’smirlar asta-sekinlik bilan bevosita ishlari va xatti-harakatlarining natijalarini hamda oqibatlarini oldindan kola boshlaydilar. Ularda o’z-o’zini tuta bilish, matonat paydo boladi, qarorlari birmuncha qat’iy bola boshlaydi, iroda tarkib topadi. Ular o’zlarining faoliyatlarida ishtiyoq va istaklardan ko’ra ko’proq soglom fikrga asoslanadigan boladilar. Ularning ichki kechinmalari va hayajonlari endi irodaviy nazoratga bo’ysundirilgan boladi. Lekin axloqiy va estetik hislarning taraqqiyoti tufayli ichki kechinmalari va hayajonlari yanada kuchliroq boladi.
Kattalarga nisbatan qo’pol munosabatning paydo bolishi, noxush xulq-atvor alomatlari, o’smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar, uning tengdoshlari va turli jamoalardagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o’zgartirish yoli bilan o’smirlarning xulq-atvoriga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatish mumkin. Endi o’smirlar o’yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko’proq jiddiy ishlar bilan shug’ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi.
Maktab ta’limi o’smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo’nalishini sifat jihatidan o’zgarishda asosiy omil bolib xizmat qiladi. O’qish o’smirlar hayotida katta o’rinni egallaydi. Ular uchun mashg’ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o’smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi, o’qituvchining o’quv materialini tushuntira olish mahoratiga bogliq. O’qish faoliyati asosida o’smirning o’z-o’zini anglash darajasi kengayadi, boshqa odamlar, atrof olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi.
Bilim olganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan o’quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o’qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar o’smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bogliq bolgan holda bilish jarayonlari rivojlanish xarakteriga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Aynan o’smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor boladi. Bilim o’smirlarga alohida bir quvonch baglshlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og’zaki va yozma mavjud bo’lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o’quv jarayonlarining to’g’ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o’smir nutqining to’g’ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Nutqni o’zlashtirishga harakat bu o’smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
O’smir so’zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o’z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardek so’zlarni tanlab ishlatishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o’smir uchun o’qituvchi, albatta, namuna bo’lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o’smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo’nalishini sifat jihatidan o’zgarishida asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Maktabdagi o’quv jarayonlarining to’g’ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o’smir nutqining to’g'ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o’zlashtirishga harakat bu o’smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
Muxammed Gabdulgalimovich Davletshin O’zbekistonda ilmiy maktab yaratgan, o’smirlar ruhiyatini chuqur o’rgangan еtakchi psixologlardan biri.
Respublikamizda professor M. G. Davletshin tomonidan psixologiya fanining turli masalalari bo’yicha 250ga yaqin ilmiy ish chop etilgan. Ustoz tomonidan qoldirilgan eng yirik monografiya va o’quv qo’llanmalar sirasiga «Qobiliyatlar va uning diagnostikasi» (1979), «Yosh va pedagogik psixologiya» (1974), «Zamonaviy maktab o’qituvchisining psixologiyasi» (1999), «Umumiy psixologiya» (2001), «Yosh va pedagogik psixologiya» (2004) va boshqalarni kiritish mumkin. M. G. Davletshin 1957-yil «5-7 sinf o’quvchilarida texnik qiziqishlarni shakllantirish» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Olim 1971-yil «O’quvchilarda texnik qobiliyatlarning psixologiyasi» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan. Professor M. G. Davletshin mehnat ta’limi va kasbga yollash muammolariga, texnik qiziqish va texnik qobiliyatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlariga, respublikamizdagi pedagogika oliy o’quv yurtlari va universitetlarida o’qituvchi kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish muammolariga ko’p e’tibor beradi.
M. G. Davletshinning ilmiy qiziqishlari asosan oliy maktablarda psixologiyani o’qitish samaradorligini oshirish muammolariga qaratilgan edi.
M. V. Vohidov rahbarligida M. Dadajonov tomonidan «5-sinf o’quvchilarida geografik kartani o’rganish jarayonida fazoviy tasavvurlarning shakllanishi» nomli tadqiqotida aniqlanishicha, geografik kartani o’zlashtirishning mustahkamligi undagi obyektlarning joylashishi haqida o’quvchi ongida fazoviy tasavvurlar tizimining vujudga kelishiga bogliq. Bu tizim rivojlanib, o’z ichiga murakkab assotsiatsiyalarni jalb qiladi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə