Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna


Birinchisi: xulq - atvori o‘smirning mikromuhitiga to‘la mos keladi. Uning rivojlanishi ana shu mikromuhitga butunlay bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchisi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə22/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

Birinchisi: xulq - atvori o‘smirning mikromuhitiga to‘la mos keladi. Uning rivojlanishi ana shu mikromuhitga butunlay bog‘liq bo‘ladi.
Ikkinchisi: o‘smirning xulq - atvori uning mikromuhitining ma’naviy sharoitidan yuqoriroq, yaxshiroq: unga kengroq tevarak - atrofi muhim ta’sir etadi va muayyan samara beradi.
Uchinchisi: o‘smirning axloqi o‘z yaqin ijtimoiy muxit axloq darajasidan past, uning ma’naviy darajasi nisbatan past bo‘ladi. Bu ko‘pincha o‘smir tub mohiyati bilan nazoratsiz qolgan, qandaydir tasodifiy muhit unga salbiy ta’sir etgan, o‘quv muassasalarida esa u bilan tegishli individual ish olib borilmagan hollarda yuz beradi. O‘smirning rivojlanish darajasi bilan uning muhiti xususiyatlarining o‘zaro aloqasini baholash mumkin bo‘lmagan hollar ham uchraydi.
Pedagoglar o‘quvchi xatti - harakatining sabablarini tushuntirishga qiynalib qoladilar. Bu ko‘proq o‘smirlar bilan endigina ish oli borilayotgan bo‘lsa va sezilarli samarasi ishonarli bo‘lmasa yoki o‘smir asab, hatto ruhiy kasallangan hollardagina yuz berishi mumkin. So‘nggi holat kam uchrasada, uni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Ikkinchi shart bilan uchinchi shart ham uzviy bog‘liqdir: bu shart psixologik ta’sir ko‘rsatishning mazmuni va metodlari hamda o‘smirlarning kelgusidagi faoliyatini qiyosiy analiz qilishdan iborat.
Albatta, psixologik ta’sir ko‘rsatish samarasini darhol, bevosita baholab, ayniqsa o‘lchab bo‘lmaydi.
Birinchidan, u faqat ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyingina muayyan natija beradi.
Ikkinchidan, kishiga juda ko‘plab, xilma - xil, jumladan, qarama - qarshi omillar ham ta’sir etadi. SHu sababli, ma’lum vaqt davomida o‘smirning xulq - atvori ham, unga ta’sir qiladigan eng muhim omillar ham analiz qilinadi, shundan keyingina samarali ta’sir ko‘rsatish haqida xulosa chiqarish mumkin. O‘smirga asta - sekinlik bilan, bosqichma - bosqich yondashish lozim; shaxsning rivojlanishidagi farq va uning sabalarini aniqlash, o‘smirni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; uning afzalligi va kuchli jihatlarini aniqlab, ularga tayanib va ularni rivojlantirib qayta tarbiyalashni amalga oshirish mumkin.
Shaxsni shakllantirishning - uning xoh yutug‘i, xoh nuqsoni bo‘lsin, asosiy ijtimoiy pedagogik sabablarini aniqlash; o‘smirga individual ta’sir etishning dastur va rejalarini ishlab chiqish, nihoyat, uni o‘smirlar hayoti va faoliyatining umumiy jarayoniga kiritish. O‘smirni o‘rganishning eng keng tarqalgan metodlaridan biri suhbatdir. Agar uning maqsadi faqat biror ma’lumot olish bo‘lsa, bu intervyu hisoblanadi. Bunda biri so‘raydi, ikkinchisi javob beradi. Biroq bu turdagi suhbatga pedagogik amaliyotda juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak.
Hech kim, ayniqsa, o‘smir o‘zini o‘rganish va ta’sir etish ob’ekti deb his etishni istamaydi. Haqiqiy suhbat suhbatdoshlar o‘rtasida fikr almashish, ularning bir - birlariga o‘zaro ta’siri demakdir. Suhbat deganda, o‘smirlarni o‘rganish va ularga individual ta’sir etish metodi sifatida biz maxsus tayyorlangan, ba’zan esa tasodifan yuzaga kelgani, lekin maqsadga muvofiq ko‘rilgan pedagog va o‘smirning muomalasini tushunamiz. Ma’lumki, har qanday o‘smir bilan birinchi suhbatda ko‘ngildagidek aloqa bog‘lash hamma vaqt ham oson bo‘lavermaydi. Bu faqat o‘smirgagina bog‘liq bo‘lmay, balki o‘smirdan ko‘ra ko‘proq u bilan suhbatlashuvchi katta kishining tajriba v malakasiga bog‘liqdir.
Suhbatning muvaffaqiyatini quyidagi besh shart belgilaydi:
1. Maqsadning aniq qo‘yilishi.
2. Suhbatning vaqti va o‘rnini to‘g‘ri tanlash. Qattiq hayajonlangandan keyin yoki o‘smir uchun biror yoqimsiz holdan keyin u tinchlanmasdan turib olib borilgan suhbat ko‘pincha ijobiy natija bermaydi.
Boshqa odamlar oldida qandaydir “yo‘l-yo‘lakay” o‘tkazilgan suhbat ham muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin.
3. O‘smirga samimiy hurmat va mehribonlik bilan munosabat. Hech qanday pand - nasihat, o‘z yoshini, tajribasini, bilimini, xizmat o‘rnini pesh qilish mutlaqo mumkin emas. Birgalikda o‘ylab qilingan ishning samarasiga ishonch.
4. Faqat gapirishni emas, tanlashni ham bilish. O‘smirni ishontirish, biroq uni pedgogoning fikri bilan kelishishga majbur etmaslik.
5. O‘smirning individual xususiyatlarini, hech bo‘lmaganda taxminan bilish. Agar suhbatgacha bilib olinmagan bo‘lsa, o‘smirga suhbat davomida sinchkovlab qarash, zarur bo‘lganda muomala tarzini o‘zgartirish kerak. Ko‘pincha birinchi suhbat o‘smirning qiziqish doirasi, uning rivojlanishi, xulq – atvori motivlarini aniqlab olish maqsadida o‘tkaziladi.
Ana shular bilan bog‘liq bo‘lgan savollarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qo‘yish hamma vaqt ham istalgan natijani beravermaydi. “Seni nima qiziqtiradi? Qanday kitoblarni o‘qishni ko‘proq yoqtirasan? Nima uchun mashg‘ulotlarni ko‘p qoldirasan?” – bunday savollarga o‘smir yo javob berolmaydi yoki javob berishni xohlamaydi. Savollarni quyidagi tarzda berish ma’qulroq. Ta’tilni qaerda o‘tkazding? nimalar bilan shug‘ullanding? Film yoki kitob haqida dam olishning tashkil etilishi haqidagi o‘z qarashlari va boshqalar to‘g‘risida fikr almashish o‘rinli. O‘smirning turli sharoitdagi faoliyati va xulq - atvorini muntazam kuzatib borish bilan ko‘p narsani bilib olish mumkin. O‘smirni o‘rganish metodi sifatida kuzatish samaradorligining asosiy shartlari quyidagilardan iborat: Kuzatishning maqsadga yo‘naltirilganligi. Bunda o‘smirning qiyofasi, uning butun faoliyati va xatti - harakati qayd etilsa, kuzatish yaxlit bo‘ladimi, yoki bo‘lmasa, shaxsning qandaydir ayrim tomonlrini alohida o‘rganish maqsadida tanlab kuzatish ma’qulmi ekanligini aniqlab olish muhimdir.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə