Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

II-BOB

O’SMIRLARDA STRESSLI VAZIYATLAR DIAGNOSTIKASI………………………………………………..

39





§2.1. Stressli vaziyatlarning diagnostikasi metodikalar sharhi…….

39




§2.2. O’smirlarda ziddiyatli vaziyatlarda o’z ruhiy salomatligiga munosabatining psixologik xususiyatlari…………………………..

48





§2.3. O’smirlar xulqi bilan stressli vaziyatlar o’rtasida munosabatlarni emperik o’rganish…………………………………



55




II-bob yuzasidan xulosalar…………………………………………

68

III-BOB

O’SMIRLAR HISSIYOTINI EMPIRIK O’RGANISHNING TURLI SUB'EKTIV VA SUBEKTIVLIK HOLATI…………...



71




§3.1. O’smirlarda tashkiliy va uslubiy ta'minot emperik tadqiqotlar…………………………………………………………..



71




§3.2. O’smirlarda stressli vaziyatlar psixoprofilaktikasi samaradorligini oshirish omillari…………………………………...

74





§3.3. Asosiy tadqiqot natijalari……………………………………..

85




III-bob yuzasidan xulosalar………………………………………...

91

XULOSA………………………………………………………………………….

92

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….

94

ILOVA……………………………………………………………………………

99

KIRISH


Tanlangan mavzuning dolzarbligi va zaruriyati: XX asrning o’zbek halqi uchun eng olamshumul voqeasi sifatida mustaqillikning qo’lga kiritilishi bilan tarixni bezaganligi hamma fanlar qatori psixologiya fani taraqqiyotiga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi.1 Mustaqillik tufayli ko’plab tahlil va ilmiy izlanishga muhtoj bo’lgan psixologiyaning bir qator yo’nalishlariga yo’l ochib berildi. Shu bilan birga psixologiya fani oldiga ham turli xil echimini kutib turgan dolzarb muammolar ko’ndalang qo’yildi desak, xato bo’lmaydi. Eng asosiysi shaxs omili birinchi darajaga chiqishi, shaxsning mafkuradan ajralgan holda tahlil etilishiga imkon yaratilishi, umumiy psixologiyaning ko’plab tarmoqlariga yo’l ochib berdi.2
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o’zini o’zi boshqarish va takomillashtirish, o’zini o’zi qo’lga olish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi tarbiyalash bo’yicha boy materiallar to’plagan, bu esa o’z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o’zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga ko’chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o’ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek - “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”3.
Insonlar o’z tabiatiga ko’ra doimo stressni amalga oshirish niyatida bo’ladilar. Psixoanalizning otasi, kasbi vrach bo’lgan Zigmund Freyd shunday deydi, inson tug’ilgandan energiya yig’ilib borib, uni qaerdandir chiqarish yo’llari bo’lishi kerak, toki u xavfli darajaga etib bormasin. Bu konsepsiya psixodinamik yoki gidravlik model nomini oldi, o’xshashligi jihatidan yopik idish yoki xavoni siqilib portlash darajasiga etib qolishiga o’xshaydi. Agar kishi psixikasida ham bosim shunday ortib ketsa «portlash» vujudga kelishi mumkin, jahl, qaxr, g’azabning oshib ketishi natijasida zo’ravonlik akti sodir etilishi mumkin. An’anaviy freydistlar yo’nalishiga ko’ra, odamlar agressiv energiyaning ortiqcha bosimidan «portlash» darajasiga etib g’azab otiga minadilar, ya’ni birovga ziyon etkazish darajasiga etib keladilar.
Har qanday zo’ravonlik zaminida yoki har qanday zo’ravonlik turlari, shakllarining zaminida agressiv energiyaning oshib ketishi sabab bo’ladi, deb hisoblaydi Z.Freyd.4
Mazkur mavzuni yoritishda psixologiyani o’nlab tarmoqlari qatorida hozirgi kunga kelib eng dolzarb tarmoqlaridan hisoblanmish ekstremal psixologiya, ekstremal ijtimoiy psixologiya, ekstremal yuridik psixologiya fanlari yutuqlari va metodologiyasidan kelib chiqqan holda yoritishga harakat qildik.
Insonlarning psixik jihatdan sogʼlom, meʼyorida rivojlanishida, ularni ruhiy inqirozlardan, ogʼriqli kechinmalardan va umidsizlikdan olib chiqishda psixologik xizmatning oʼrni kattadir. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda psixologlarning oldida turgan dolzarb muammolardan biri bu inqirozli vaziyatlarda shaxsda kelib chiqadigan turli sohadagi buzilishlarni yanada chuqurroq oʼrganish, ularning oldini olish chora – tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan iboratdir.
Chunki, inqirozli vaziyatlardan kelib chiqadigan turli darajadagi psixologik buzilishlar oqibatida oʼsmirning ruhiy muvozanatiga zarar еtadi, oʼsmirlar oʼrtasidagi munosabatlarida qiynchiliklar, jamiyatdan yakkalanish kuzatiladi, hayot va faoliyatida kamchiliklar, kelajagiga nisbatan ishonchsizlik, umidsizlik ortib boradi. Oxir – oqibatda esa bunday holat oʼsmir tomonidan ogʼriqli qabul qilinib, ruhiy azoblar iskanjasida qoladi. Ruhiy iztiroblarni, qaygʼuni koʼtara olmaslik natijasida bunday holatlarda baʼzan oʼz joniga qasd qilish kabi suitsidal xulq namoyon boʼladi.
Demak, bu kabi muammolarni oʼrganish, profilaktika ishlarini olib borish, bu borada zaruriy adabiyotlar yaratish, inqirozli vaziyatlar oqibatida kelib chiqadigan bir qator salbiy holatlarning oldini olishga, har qanday ogʼir vaziyatlarda oʼzini – oʼzi boshqara oladigan, sogʼlom fikrlashga qodir boʼlgan oʼsmirni voyaga еtkazishga mustahkam poydevor yaratadi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə