Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

Bilvosita agressiya - boshqa insonga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan axborotlarni tarqatish (mish-mish, kalaka qilish va hokazo), o‘z-o‘zidan aynan boshqa insonga qaratilmagan holda agressiyaning namoyon bo‘lishi (mushti bilan stolni urish, eshikni taqillatib yopish va boshqalar).
Verbal agressiya - salbiy hislarni baqirish, janjal qilish, so‘kish, haqoratlash, tahdid va boshqa usullar orqali bildirish. Arzimagan qo‘zg‘ovchi ta’sirga ham qo‘pollik, terslik, emotsional qo‘zg‘alish bilan javob berish.
T.G.Rumyanseva, I.B.Boyko agressiyani ijtimoiy xulq ko‘rinishi deb hisoblaydilar.
Bu borada agressiyani keltirib chiqaruvchi ikki holat tavsiflanadi:
- qurbon uchun vaziyatlar natijasi xafvli deb hisoblanganda;
- qabul qilingan ijtimoiy me’yorlarga amal qilinmaganda1 .
SHaxs xususiyatlari emotsional tanglik holatlarida yaqqolroq namoyon bo‘ladi. SHuning uchun psixologlar individni frustratsiya jarayonida o‘rganishga alohida e’tibor qaratadilar.
Tadqiqotchilar agressiyani keltirib chiqaruvchi sabablarga sub’ektiv omillar: tarixiy xotira, qasd olish udumlari, ayrim diniy oqimlar (fanatizm, ekstremizm g‘oyalari), ommaviy axborot vositalari (ayniqsa, televidenie), ayrim siyosatchilarning individual axloqiy jihatlarining bevosita ta’sir etish imkoniyatlarini ta’kidlaydilar.
O‘smirlik agressiyasi muammosi uzoq vaqt mobaynida yopiq bo‘lgan mavzular sirasiga kiritilganligi bois, etarli darajada o‘rganilmagan mavzulardan biri hisoblanadi.
Agressiya o‘smirlarda yuzaga kelgan ijtimoiy vaziyat, hodisalar ustidan o‘ziga xos nazorat qilishning maqbul usuli sifatida qabul qilinadi.
G‘.B.SHoumarov fikriga ko‘ra, o‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun-mohiyati ham o‘zgaradi. Bu davrda o‘smir hayoti, ruhiyati, organizmining fiziologik jarayonlari, uning ijtimoiy holatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksariyat vaziyatlarda ularda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli xil holatlar kuzatiladi13.
O‘smirlarda agressivlikning shakllanishiga qator shaxs xususiyatlari ta’sir qiladi:
- tarbiyaning muvozanatlashmagan shakllari: o‘z-o‘ziga haddan ziyod past baho berish, yuqori darajada impulsivlik, spirtli ichimlik va giyohvand moddalar iste’mol qilish, kompyuter o‘yinlariga tobelik, tavakkalchilikka tayyorlik holatlari, o‘z-o‘zini himoya qilish hislarining chegaralanganligi;
- xulqiy omillar: o‘z vaqtini maqsadsiz o‘tkazish, maktabdagi darslarni sababsiz qoldirish, o‘zlashtirish darajasining pastligi, erta jinsiy aloqalarga kirishish va hokazo;
- ijtimoiy omillar (OAVning psixologik ta’siri, jamiyatdagi udum va marosimlar, ota-onaning xulqiy buzilishlarga ega ekanligi, oila ijtimoiy mavqeining pastligi, tarbiyachilarning o‘zgarishi (o‘gay ota, o‘gay ona va hokazo);
- o‘smirning xulqiy og‘ishlar shakllangan do‘stlar bilan yaqin ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishi (taqlid fenomeni);
- ichki oilaviy nizolar (ota-onaning ajrashishi, ikkinchi nikohdagi farzandlar, o‘smirning o‘zlashtirishiga ota-ona tomonidan o‘smir qobiliyatlari, qiziqishlari inobatga olinmagan holda haddan ziyod yuqori talablarning qo‘yilishi.
Disfunksional oilalarda tarbiyalanayotgan o‘smirlarda agressiv xulq ko‘rinishlarining shakllanishi ehtimoli funksional oilalarda tarbiyalanayotgan oilalardagi o‘smirlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan14. Oilada o‘smir erkinliklarini haddan ziyod cheklash, yoki aksincha, ota-ona tomonidan surunkali befarqlik ham agressiv xulq ko‘rinishlarining shakllanishga olib keladi15. Agressiv xulq oilada o‘smirning erkinliklari haddan ziyod chegaralanganda yoki unga haddan ziyod erkinliklar berilganda ham shakllanishi mumkin.
Agar o‘smir oilada barcha ehtiyojlarining tezlik bilan qondirilishiga o‘rganib qolgan bo‘lsa, tengdoshlari jamoasida uning ehtiyojlariga to‘sqinlik qilganlarga nisbatan agressiv munosabat bildiradi. Oilada emotsional inkor etilganlik holatlarida ham o‘smirlar agressiv xulq ko‘rinishlari bilan o‘zlariga e’tiborni qaratishga harakat qiladilar. Ota-onaning o‘smir xulqidagi o‘zgarishlar sababini izlashi yuzaga kelgan muammolarni konstruktiv tarzda hal etishi asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Agar o‘smirning oila a’zolari muntazam tarzda o‘zaro nizolar, baqiriqlar orqali ta’sir o‘tkazish asosida muammolarini hal etishga o‘rgangan bo‘lsalar, boshqa ijtimoiy vaziyatda o‘smir aynan o‘zini shunday tutishga intiladi;
- shaxsiy muammolar (fiziologik va psixologik xarakterdagi muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi o‘smirlarda jin- siy rivojlanish xususiyatlari - pubertat davri xususiyatlarining namoyon bo‘lishi);
- o‘zining tashqi ko‘rinishidan norozi bo‘lish - “Terzit kompleksi” (kattalar tomonidan noadekvat idrok qilinishi). O‘smir o‘zini kattalardek his etishida unga bolalar kabi munosabatda bo‘lish yoqmaydi;
- o‘smirdagi tafakkurning tanqidiyligi - kattalar hatti-harakatiga nisbatan shubha bilan qarash, ularda o‘rnatilgan axloqiy me’yorlarga nisbatan e’tiroz hislarining shakllanishga olib keladi;
- o‘smirga nisbatan ma’lum bir ijtimoiy tamg‘alarning bosilishi (o‘qituvchilar tomonidan o‘smirning o‘zlashtira olmasligi, tarbiyasizligi, u bilan gaplashish befoydaligini ta’kidlash);
- ijtimoiy omillar (jamiyatda muammolarni kuch ishlatish orqali hal etilishi haqidagi g‘oyasining o‘rnatilganligi, maktablardagi o‘quv sinflarning haddan ziyod to‘laligi, maktabdan haddan ziyod charchash, asabiylashish).
Agressiv xulq shakllanishida “agressor” va “qurbon” rollari ajratiladi. O‘smirlardagi xulqiy ko‘rinishlarni A.Bandura, R.Uolterslar “passiv melanxoliya” va «agressiv himoyalanish” deb atab, “agressor” va “qurbon”lar mavqeining almashib turishi haqida fikrlarni bildirganlar16.
Norvegiyalik psixolog D.Olveus “agressor”lar va “qurbon”larning tipik xulqiy ko‘rinishlari tasnifini keltirgan17.
Maktabdagi “agressorlar” tengdoshlari va kattalarga nisbatan o‘zlarini yuqori tu tadilar, ruhiy og‘riqqa nisbatan og‘riqni his etmaydilar, o‘zlarini dominant tutadilar, yuzaga kelgan nizoli vaziyatlarni jismoniy kuch ishlatish orqali hal etadilar. Bu ko‘proq o‘g‘il bolalarda kuzatiladi.
“Agressorlar” affekt holatlarida o‘z-o‘zini etarli darajada idora eta olmaydilar. O‘zlarini tengdoshlariga nisbatan kuchliroq his etib, o‘zlaridan kuchsiz bo‘lganlarni “qurbon” sifatida tanlaydilar.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda nafaqat “agressorlar”, balki “qurbonlar” ham pedagog va psixologlar e’tiborini talab qiladi. YA’ni ushbu toifadagi o‘smirlar “ijtimoiy autsayder” atamasi bilan nomlanadi. Ushbu o‘smirlar passiv va namoyishkorona turlarga ajratiladi. Passiv tipdagi “qurbonlar” bosiq, hadiksirovchi, qo‘rqoq bo‘ladilar. Odatda, ularda o‘z-o‘ziga past baho berish, o‘zlarini ko‘rimsiz, kuchsiz deb baholash kuzatiladi. Ularga nisbatan tajovuz jarayonida yig‘laydilar, qochadilar. Maktabda, mahallada o‘rtoqlari kam bo‘ladi.
Ikkinchi guruh namoyishkorona tipdagilar uchun “agressorlar”ga xos bo‘lgan xususiyatlar namoyon bo‘ladi. Bu o‘smirlarda bir vaqtning o‘zida agressiya va qo‘rqish holatlari namoyon bo‘lishi asosida impulsiv, agressiv xulq ko‘rinishlari bilan ulardagi qo‘rqish va xavotirlanish holatlari birgalikda namoyon bo‘lishi, doimiy tarzda kurashga tayyorlik holatlari kuzatiladi. O‘zlarining xulqi bilan ular atrofdagilarning noroziligi, agressivligini jalb qiladilar. Bir tomondan, xulqi bilan atrofdagilarning agressiv munosabatlarini o‘zlariga jalb qilsalar, boshqa tomondan kuch ishlatish usuli orqali muammolarni hal etishga moyil bo‘ladilar. Ushbu toifadagi o‘smirlarni tengdoshlari, kattalar yoqtirmaydilar.
Agressivlik o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan holat emas. Ko‘p hollarda psixologik muammolarni hal etishda ojizlik holatlari ta’sirida shakllanadi:

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə