Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə24/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

3

Darsliklar еtishmasligi

7,8 %

4

Zerikarli, tushunarsiz darsliklar

8,2 %

5

Ota-onadan uzoqdagi hayot

0,9 %

6

Cheklangan miqdordagi mablag‘dan unumli foydalanish

19,2 %

7

Kun tartibini to‘g‘ri tashkil qila olmaslik

5,1 %

8

Noto‘g‘ri ovqatlanish

5,9 %

9

Boshqa o‘smirlar bilan birga yashash bilan bog‘liq muammolar

0,9 %

10

Guruhdagi nizolar

6,8 %

11

O‘qishda bo‘lgan ortiqcha, jiddiy muammolar

4,8 %

12

O‘qishni, bu maktabni xohlamaslik

11,0 %

13

Tortinchoqlik, uyatchanlik

6,1%

14

Kelajakdan xavotirlanish

7,1 %

15

Shaxsiy hayotdagi muammolar

6,3 %

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘smirlar uchun hissiy zo‘riqishlarni keltirib chiqaruvchi sabab sifatida o‘qituvchilarning qattiqqo‘lligi, talabchanligi (8,2 foiz), o‘quv topshiriqlari va hajmining ko‘pligi (12,1 foiz), darsliklar еtishmasligi (7,8 foiz), shaxsiy hayotidagi muammolar (6,3 foiz) va boshqalar ko‘rsatib o‘tilgan. Bu ko`rsatkichlarni diagramma korinishida tahlil etsak:





Diagrammadan ko`rinib turibdiki o‘smirlarda hissiy zo‘riqishlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi muammolar ichida eng yuqori ko`rsatkich “Cheklangan miqdordagi mablag`dan unumli foydalanish” savoli bo`lib, 19,2 foizni jamladi. Bunga sabab qilib bir necha omillarni keltirishimiz mumkun. Avvalam bor o`smirlik yoshidagi bolalarning xohishlari, ehtiyojlarini(anglanilmagan ehtiyojlar) ko`pligi, tengdoshlariga nisbattan ijtimoiy sharoitini, oilaviy moddiy ta’minotini taqqoslashi, ilk hissiyotlarning paydo bo`lishi va o`zini ko`rsatish xohishining ustuvorligi. Ko`pchilik ota-onalar farzandlariga faqatgina yo`l haqqi uchun mablag` ajratadilar vaholanki bola o`rtoqlari singari turli ermakli vositalar olgisi keladi yoki ko`ngil ochar joylar(playstation, gameclub)ga borgisi keladi. Albatta ota-onalar farzandlarining tarbiyasidagi salbiy o`zgarishlarni oldini olish maqsadida shunday yo`l tutishadi.
Diagramma ko`rsatkichlarida keyingi o`rinni “O`qishni, bu maktabni xohlamaslik” savolining natijasi egallagan bo`lib, 11,0 % ni ko`rsatmoqda. Bunga sabab o`smir o`quvchilar tengdosh do`stlarini maktablari bilan taqqoslashlari misol uchun maktabdan yutuqlarining kamligi, taniqli o`qtuvchilarning еtishmasligi, maktabning uzoqligi yoki o`zlarini qiziqtirgan to`garaklarning yo`qligini ro`kach qiladilar. Yana bir asosiy sabablardan biri o`quv maskanining globalizatsiya davridan ortda qolishi yani zamon talablariga mos kelmasligi, kompyuter- texnikalarining еtarli emasligi yoki sifat talablariga javob bermasligidir. Boshlang`ich sinf dasturlari bilan yuqori sinf fan dasturlarida farq ancha katta bo`lib, yuqori sinfga ko`tarilgani sari fanlarning murakkabligi va miqdori ham oshib boradi. Bundan ko`rinadiki o`quvchilarga yuklatiladigan topshiriqlar ham endilikda soddadan murakkablikka qarab topshiriladi. Bir kunda dasr jadvaliga 6-7 ta fan qo`yilib, har bir fan uy topshiriqlarini ham vazifa qilib beradi.
Bu fanlar orasida o`quvchi uchun qiziqarli, tushunarli bo`lgan fanlardan tashaqari o`quvchi uchun qiyinchilik tug`diradigan yoki o`zlashtirishga qiynaladigan fanlar ham yo`q emas. Shu sababli ham zo`riqishga sabab bo`ladigan muammolardan yana biri “Katta hajmdagi o‘quv topshiriqlari” savolidir, o`quvchilarni ko`rsatkichlari 12,1 foizni ko`rsatmoqda.
Zo`riqishga sabab bo`layotgan yana bir muammolardan biri o`quvchi va pedagog orasidagi munosabatdir. “Qattiqqo`l, talabchan o`qituvchi” – 8,2 % ko`rsatkichni ko`rsatmoqda. Bunga ko`plab omilllar sabab bo`lishi mumkun va bu muammo ko`p tomonlama bo`lishi mumkun. Misol uchun: pedagokning pedagogik bilim va ko`nikmalarning еtishmasligi, o`quvchining o`qishga bo`lgan motivatsiyalari to`liq shakllanmaganligi va tashqi muhit (ota-ona, sharoit, moddiy ta’minot, salomatlik).
Diagrammamizdan keying o`rinni “Zerikarli, tushunarsiz darsliklar” savolli egallagan bo`lib, uning ko`rsatkichi – 8,2 % ko`rsatmoqda. Fyuqorida ta’kidlaganimizdek yuqori sinfga o`tgani sayin fanlarning ko`pligi, shuningdek murakkablikka yo`nalgan progress va o`quvchining o`zlashtirish tezligining mos kela olmasligi, o`quvchi qiziqishlarining boshqa fanga qaratilgani darsliklarni tushunmasligiga sabab bo`ladi.
O`quvchilarning zo`riqishlariga sabab bo`layotgan yana bir muammaolardan biri bu – “Darsliklar еtishmasligi” bo`lib, 7,8 % natijani ko`rsatmoqda. Haqiqattan ham so`rovlarning aniqlashicha asosiy fan darsliklari sinfda 60-70% o`quvchilarda mavjud. Qolgan o`quvchilar darsliklarni boshqa maktab resusrs markazlaridan izlashlari yoki navbatma-navbat darsliklardan foydalanishlariga to`g`ri kelar ekan. Bu o`z navbatida fanni o`zlashtirishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Barchamizga ma’lumki, har bir oilada bola ulg`aygani sari ota-onalaridan yoki yaqinlaridan beriladigan eng ko`p savol “Katta bo`lsang kim bo`lmoqchisan?” hali kasbiy faoliyat haqida еtarli ma’lumotga ega bo`lmagan o`quvchi bu savol oldida o`ylanib qoladi. Unda katta hayotga qadam qo`yishda ikkilanish paydo bo`ladi. Kasblar ko`p ammo qaysi birini tanlash kerak? Natijada “Kelajakdan havotirlanish”( 7,1%) vahimasi bolada boshlanadi.
“Guruhdagi nizolar” – bu savolimiz 6% natijani ko`rsatmoqda. Har bir sinf kichik bir jamiyatcha, qaysiki o`z qonun qoidalari mavjud. Bu jamiyat(guruh)da har bir o`quvchining o`z o`rni bor. Bu jamiyat a’zolari o`smirlar ekan, o`smirlik davrida jismoniy va ruhiy o`zgarishlar o`quvchini o`zini g`ayri noodatiy tutishga undaydi. O`zini ko`rsatishga va o`zgalardan ustunlikka intilish, o`z “Men” ligini namoyon etish, ko`p hollarda u yoki bu masalaga bo`lgan nuqtai nazarlarning mos kelmasligi, raqobatning kuchayishi va boshqa bir qancha sabablar guruhda nizolar paydo bo`lishiga sabab bo`ladi Zo`riqishlarga sabab bo`layotgan muammolardan yana biri o`quvchilarning “Shaxsiy hayotdagi muammolar” i (6,3%) bo`lib, bunga asosan oiladagi tushunmovchiliklar, do`st ortirish yoki do`stlar bilan munosabatlardagi qiyinchiliklar, jismoniy yoki ruhiy qiyinchiliklar, o`zidan qoniqmaslik va boshqa ko`plab subyektiv omillar sabab bo`ladi.
O`smirlik yoshidagi o`quvchilarda yuqorida ta’kidlaganimizdek tana tuzilishida bir qancha o`zgarishlar bo`ladiki, o`quvchi o`zidagi o`zgarishlani yashirishga, o`zidan qoniqmasligiga sabab bo`ladi va “Tortinchoqlik, uyatchanlik” (5,6%) hislatlari paydo bo`ladi. bunga misol: tana vazning oshishi yoki kamayishi, yuzdagi o`smirlik davrida paydo bo`ladigan toshmalar, ovoz paylaridagi o`zgarishlar kabi.
To`g`ri va sifatli ovqatlanish ratsioniga rioya qilmaslik (5,9%) ham zo`riqishga sabab bo`ladi. Bunga sabab tanaffuslarning qisqaligi yoki ovqatlanish maskaning uzoqroqda joylashgani, tanafusning barcha o`quvchilar uchun bir vaqtdaligi, ovqatlanish maskani – oshxonada navbatning ko`payib ketishiga, o`rindiq yoki mahsulotlarning еtishmey qolishi yoki o`quvchining mablag`i o`zi istagan еgulikka еtarli emasligi bo`lishi mumkun. O`quvchi o`z vaqtida ovqatlanmasa kamqonlik, semirib ketish yoki ozib ketishi, ovqat hazm qilish tizimi a’zolarining faoliyating buzilishi, aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish, immunitetining pasayishi kabi salbiy oqibatlarga buning natijasida esa dars vaqtida o`quvchi diqqatini jamlay olmasligiga, xotira susayishiga, tafakkur rivojlanmasligiga olib kelishi mumkun. 4,3% ko`rsatkich bilan “O‘qishda bo‘lgan ortiqcha, jiddiy muammolar” savolli egalladi. Har bir yoshda o`ziga yarasha muammolar bo`ladi, bu muammo o`sha paytda eng dolzarbdek, еchimi yo`qdek tuyuladi. Misol uchun yosh bolaga o`yinchog`ining sinib qolishi yoki bog`chaga borish bu uning uchun fojeadek tuyuladi. O`smirlikda ham o`ziga yarasha qiyinchiliklar bo`ladiki, ularni hal qilishda o`smir o`zini ojiz his qiladi. Ijtimoiy rollani bajarishdagi qiyinchiliklar, sinfdoshlarini oldida mavqeini saqlab qolish, sinfdagi raqobat, darslarni, topshiriqlarni o`z vaqtida bajarish va o`qtuvchini ishonchini oqlash, darsda faol qatnashish, kech qolmaslik va hokazolar.
Diagrammamizdan eng past ko`ratkichlarni “Ota-onadan uzoqdagi hayot” (0,9%) va “Boshqa o‘smirlar bilan birga yashash bilan bog‘liq muammolar”(0,9%) egallagan. Bunga sabab men taftish etgan maktab kunduzgi ta’lim bo`lganligi sabab o`quvchilar bunday muammoga duch kelmaydilar.
Metodikamizning II chi bosqichi subyektiv kuzatuvga qaratilgan. “So‘nggi uch oy mobaynida sizdagi zo‘riqishlar qanday o‘zgardi?” savoli bo`lib, 5 ta variant berilgan. Natijalar quyidagicha bo`ldi. Natijalardan ko`rinib turibdiki, respondentlarimiz o`zlaridagi zo`riqishni sezilarli ortganini ko`rsatmoqdalar. Bunga asosiy sabab qilib, metodikani 3-chorak yakunida olganim, imtixonlar oldidan hayajonlar, bahorgi ob-havoning injiqliklari, uchinchi chorakning bayramlar sababli tez yakunlanishi va o`quvchilar еtarli baho natijalarini еg`a olmaslik hafi qiynayotgani bildirdilar
Metodikamizning III bosqichi o‘quv faoliyatidagi hissiy zo‘riqishlarining qanday namoyon bo‘lishini aniqlash bo`lib, berilgan holatlarni 10 balli shkala bo‘yicha baholaydilar. Savolga olingan javoblarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan:






Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə