Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə27/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

3.3. Asosiy tadqiqot natijalari
Tadqiqotimizda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘smirlari sterssli vaziyatlarda to‘g‘ri boshqarish komponentlarini rivojlantirish borasidagi ishlar o‘zining psixologik mohiyatiga ko‘ra quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi:
1-bosqich. O‘smirlarda stressni bartaraf etish komponentlari rivojlanganlik darajasi aniqlandi. Buning uchun o‘smirlarni maxsus test batareyalari va anketa so‘rovnomalari taqdim etildi, suhbatlar o‘tkazildi, kuzatish ishlari amalga oshirildi.
2-bosqich. Oʼsmirlarda stressli vaziyatlarni yengishning psixoprofilaktikasi haqida nazariy ma’lumotlar berildi.
3-bosqich. Ishlab chiqilgan maxsus psixotrening dasturi asosida oʼsmirlarda stressli vaziyatlarni yengishning komponentlarini rivojlantirish tajriba-sinovidan o‘tkazildi.
4-bosqich. Tajriba-sinov ishlari natijalari umumlashtirildi. Ushbu natijalar “Styudent-Fisher” kriteriysini qo‘llab matematik-statistik tahlil etildi.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida darsdan tashqari vaqtlarda o‘smirlarda stressni yengish komponentlarini rivojlantirish, ularda samarali muloqot qurish, o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi faollashtirish, stressli vaziyatlarni yengishning psixoprofilaktikasi bo‘yicha mavjud tajribalardan foydalangan xolda “Oʼsmirlarda stressli vaziyatlarni yengish” maxsus trening kurs dasturini ishlab chiqdik.
Ushbu maxsus trening kursida oʼsmirlarda stressli vaziyatlarni yengishning psixoprofilaktikasi asosiy komponentlari bo‘lgan masu’liyatlilik, turli vaziyatlarda o‘zini boshqara olishi va o‘zini anglash kabi psixologik sifatlarini rivojlantirdik. Tadqiqot natijalariga muvofiq maxsus psixotrening mashg‘ulotlari 72 soatga rejalashtirildi. Bunda talabalarning masu’liyatlilik, ijtimoiy intellekt va o‘zini o‘zi anglash sifatlari maxsus nazariy mashg‘ulotlar va psixotreninglar orqali rivojlantirildi.
O’smirlarda sterssli vaziyatlar psixoprofilaktikasi samaradorligini oshirish mezonlaridan eng muhimi o‘zligini anglash hisoblanadi. Birinchi yondashishga ko‘ra, sterssli vaziyatlarda o‘zini-o‘zi anglash jarayoni vujudga kelishining bosh sababi-o’smir bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatning o‘zaro nomutanosibligidir.
O’smirning o‘z-o‘zini anglash jarayoni milliy o‘zligini anglash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, muayyan vaqt, muddat o‘tishini, ya’ni ma’lum davrni taqozo etadi. O’smirda o‘z-o‘zini anglash beshta tarkibdan iborat bo‘lgan o‘ta murakkab jarayon hisoblanib, uning tarkiblarini birin-ketin anglash imkoniyatiga ega emas. Chunki o’smirda o‘zining hayoti va faoliyati yutuqlari, nuqsonlarini, xulq-atvor ko‘nikmalarini, aql-idrok darajalarini, ichki imkoniyat zaxiralarini, qadriyat hamda ma’naviyat ko‘rsatkichlarini oqilona baholashga qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid va o‘z-o‘zini tanqid, baholash va o‘z-o‘zini baholash, tekshirish va o‘z-o‘zini tekshirish, nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish, boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish, takomillashtirish va o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob beraolmaydi. Individual va ijtimoiy ongning tobora rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni ta’minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi.
O’smirlarda sterssli vaziyatlarda o‘z-o‘zini anglash jarayonida fikrlashni ko‘pincha reallikdan boshlaydi, hozirgi va favquloddagi holatni tahlil qiladi, shaxsiy imkoniyati bilan taqqoslaydi, ma’lum mezon yoki namuna, ibrat tanlab, unga tenglashishga intiladi. Keyinchalik esa, kelajak, istiqbol rejalari uni qiziqtiradi, o‘zining nimalarga qodirligi yuzasidan mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning to‘g‘riligi yoki oqilonaligiga shubhalanadi. Uni bir necha marta tahlil qilish, qiyoslash, unga o‘zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo‘lg‘usi “Men”iga aniqlik kiritadi va faollik mexanizmiga aylantiradi. O‘z-o‘zini anglashning beshta rkibiy qismi bir tekis insonning ma’naviy dunyosiga aylansa, demakki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan dalolatdir.
O‘z-o‘zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt, muddat talab qilinadi, shuning uchun o’smirlar bilan dasturiy tadbir-choralar o‘tkazish orqali ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Shuning uchun ham biz tadqiqotishimizda va psixotrening dasturlari mazmunida yuqoridagi holatlarga alohida etibor berdik. Ya’ni o’smirlarga o‘zlarining ijobiy xislatlari va kamchiliklari haqida yozib berishlarini iltimos qildik. O’smirlar bizning ularni samimiy tushunishga intilayotganligimizni his qilishdi. Ayni paytda biz muhim metodik shartlar haqida ham kelishib oldik. Ular quyidagilardan iborat:
-o‘zini baholash to‘laqonli, samimiy bo‘lishi kerak;
-o‘qituvchi va barcha o’smir ishtirokida bajarilishi lozim;
-anonim tarzda ham yozilishi mumkin.
Olingan material ishlanganda har xil o‘ngdan chapga qarab 1 balldan 7 ballgacha berildi. So‘ng har bir o’smirni berilgan xislatlar bo‘yicha guruh murabbiylari, o’smirni yaxshi biladigan 2-3 o‘qituvchi hamda 2-3 o’smir-do‘stlari ekspert sifatida baholashdi. O’smirlar guruhi bo‘yicha umumiy manzarani aniqlash uchun o‘zini, o‘zaro baholash, ekspertlar bahosining o‘rtacha arifmetik yig‘indisi hisoblab chiqildi. O‘zini baholash (a), o‘zaro baholash (v), ekspert bahosi (s) tasvirlandi.
Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida biz kattalar tomonidan ma’naviy o‘zlikni anglash va o‘z-o‘zini boshqarishga undovchi usullarni ishlab chiqdik va amaliyotda sinab ko‘rdik. Ma’naviy o‘zlikni anglashga, o‘z-o‘zini boshqarishga undovchi barcha usullar va yo‘llar sharoitga qarab, o’smirning tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq ravishda foydalaniladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zlikni anglash va o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatish pedagogdan yuqori ma’naviyat va bilimdonlik, ruhiy ma’lumot va o’smir shaxsiga chuqur samimiy hurmatda bo‘lishni talab qiladi. Bunda o’smirlarning dastlabki aqliy va ma’naviy tarbiyalanganlik darajalari quyidagicha aniqlandi:
-o’smirning stress vaziyatlarda o‘zlarini anglay olish qobiliyatini aniqlash uchun 2 balli baholash tizimi qo‘llanildi. Anglash ko‘nikmasining maksimal ballari hissiy anglash (20 ball), faoliyat (27 ball) va ijtimoiy (25 ball) bilan belgiladik. Umumiy 72 balldan iborat.
n 36 n1
Agar ko‘rsatkichlar 36 balldan yuqori bo‘lsa, o’smir vaziyatni anglay oladi, aks holda anglay olmaydi.
Anglay olish qobiliyati S.Ya.Batishev usuliga asoslandi va uni quyidagicha belgiladik: N – so‘rovlar soni;
n – anglay olishi (n 36);
n1 – anglay olmaslik (n 36);
K – o‘rtacha umumiy o‘zlashtirish koeffitsienti;
Kn – anglay olish uchun o‘rtacha koeffitsient;
Kn1 – anglayolmaslik uchun o‘rtacha koeffitsient;
K1 – dastlabki sinov uchun umumiy o‘zlashtirish koeffitsienti;
K2 – pedagogik ta’sirdan keyingi yakuniy o‘zlashtirish koeffitsienti;
R – so‘rovlarning umumiy foizi;
Rn - anglay olish uchun umumiy foiz;
Rn1 – anglay olmaslik uchunu mumiy foiz;
Rn2 – ikkilanuvchi umumiy foiz;
S – o’smir soni;
Yuqoridagi natijalardan ko‘rinib turibdiki, tajriba guruhiga qo‘shimcha nazariy, amaliy ma’lumotlar berilib, psixotrening tadbirlar o‘tkazilgandan so‘ng natijalar ijobiy tomonga keskin o‘zgarganligi ma’lum bo‘ldi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə