Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə29/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Магистрлик ИШИ охирги

III-bob yuzasidan xulosalar
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari biz nazarda tutgan muammoni hal etishga yordam berdi. O’smirlarda stressli vaziyatlarni yengish komponentlarini treningga qadar va treningdan so‘ng natijalari bir qator ijobiy ko‘rsatkichni hosil qila oldi. Bunda muloqot ishtirokchisining hissiyoti, fikr va niyatlarini tushunish qobiliyatiga egalik o‘zini o‘zi anglashning o‘sishini hamda ularning stress vaziyatlarni yengish jarayonida o‘z-o‘zini namoyon etganligidan dalolat beradi.
Jumladan:
- o’smirlarda stress vaziyatlarni yengish komponentlaridan biri, ya’ni stressli vaziyatlarda o‘zlikni anglash va o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatishning asosiy vazifalaridan biri o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy ongi va axloqini shakllantirishning maxsus psixotreninglaridan unumli foydalanish va ularni faollashtirishdan iboratdir;
- o’smirlarda stressni yengish qobiliyatlari bir tekisda rivojlanmagan bo‘lib, barcha bosqichlarda o‘ziga xosdir: birinchi bosqichlarda emotsionallik bilan identifikatsiyalashuv; ikkinchi bosqichlarda esa emotsionallik bilan sidqidillik; uchinchi bosqichlarda ratsionallik, intuitivlik va identifikatsiyalashuv; to‘rtinchi bosqichlarda esa ratsionallik, emotsiyaga muvofiqlashuv va identifikatsiya kanallari shakllangan;
- o’smirlarning stress vaziyatlarida shaxslararo munosabatlari bilan siress holatlar birligida ijtimoiy muhitni, suhbatdoshlarni xatti-harakatlari, shaxsiy fazilatlarini, kechinmalarini baholash imkoniyatlari qonuniyat jihatidan bog‘liqligi tasdiqlandi.


XULOSALAR
“Oʼsmirlarda stressli vaziyatlarni yengishning psixoprofilaktikasi” mavzusidagi ilmiy ish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalar taqdim etiladi:
1. Adabiyotlardagi ma’lumotlarni tizimlashtirish asosida biz stressga barqarorlikning ta’rifini yangi shaklda quyidagicha izohlashni lozim deb bildik: stressga barqarorlik – bu shaxsning stressogen vaziyatda nafaqat irodaviy, balki emotsional, intellektual, motivatsion-xulq-atvor va ijtimoiy jihatdan ham barqarorligi bo‘lib, bu barqarorlik shaxsga stressogen vaziyatlarda o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli uddalashga yordam beradi. Demak, stressga barqarorlikni o‘rganishda albatta kompleks tarzda yondashish maqsadga muvofiq.
2. O‘smirlarda maktab davrida stressga barqarorlik va o‘z-o‘ziga baho o‘rtasida ahamiyatli aloqadorlik kuzatilgan. O‘z-o‘ziga adekvat baho beradigan o‘smirlar stressli vaziyatlardan chiqib keta olish yo‘llarini to‘g‘ri tanlaydilar va buning uddasidan chiqadilar; aksincha o‘z-o‘ziga noadekvat baho beruvchi o‘smirlar stressli vaziyatlardan chiqib keta olmaydilar, sababi ular bu vaziyatni hal etishda o‘z imkoniyatlarini o‘ta ortiqcha baholab xatolarga yo‘l qo‘yadilar (o‘ziga yuqori baho beruvchilar) yoki aksincha o‘zlariga ishonmaydilar va hatto ayrim o‘smirlar yuzaga kelgan stressogen voqeani hal etishga harakat ham qilmasligi aniqlandi. Bu esa oʼsmirlarda stressli vaziyatlarni yengishning psixoprofilaktikasining takomillashtirishni taqazo etadi
3. Frustratsion tolerantligi past bo‘lgan o‘smirlar tomonidan stressogen va frustratsion holatlarda o‘zini tez yo‘qotib qo‘yish va bu holatdan chiqib ketish yo‘llarini izlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yish holatlari qayd etildi. Frustratsiyaga nisbatan tolerantligi past bo‘lgan talabalarda stressga barqarorlik ham past bo‘lishi aniqlandi.
4. Shakllantiruvchi tajriba jarayonida stressga barqarorlikni oshirish uchun o‘smirlarning kognitiv, affektiv, konativ va fiziologik sohalariga birvarakayiga ta’sir o‘tkazish muhim ahamiyatga ega ekanligi tahlil qilindi. Sinaluvchilarning aniqlovchi va nazorat tajriba natijalari orasida ahamiyatli statistik farqlarning aniqlanganligi trening dasturining samaradorlik imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə