Toshkent «yangiyo‘l poligraf servis»



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/68
tarix07.03.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#102055
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68
www.idum.uz oqish 4 uzb 2017

GULLIVERNING SAYOHATLARI
Jonatan Svift 
Gulliver uyg‘onganida hammayoq yop-yorug‘ edi. 
U chalqanchasiga yotgani uchun oftob uning yuziga 
tushib turardi. U ko‘zini uqalamoqchi bo‘lgan edi, 
qo‘llarini ko‘tara olmadi, turib o‘tirmoqchi bo‘lgan edi, 
qimirlay olmadi. Uning qo‘ltiqlaridan ikkala tizzasi-
gacha butun badani chilvirlar bilan chandilgan, qo‘l-
oyoqlari ustiga esa chilvirdan qilingan to‘r tarang 
tortilgan, har bir barmog‘i chilvirlar bilan mahkam 
bog‘langan edi. Gulliverning uzun va quyuq sochlari 
ham yerga qoqilgan qoziqchalarga bog‘lab qo‘yilgan va 
chilvirlar bilan chandib tashlangan edi. Gulliver xuddi 
to‘rga tushgan baliqqa o‘xshardi. «Hali ham uyquda 
ekanman», – deb o‘yladi u.
Shu choq oyog‘i ustida allanima xuddi sichqon 
singari pildirab yura boshladi. Hash-pash deguncha 
bu narsa Gulliverning qorniga chiqib olib, undan 
ko‘kragida sekin-sekin emaklab yurdi va iyagiga chiqa 
boshladi. Gulliver «Bu nima ekan?» degandek, ko‘z 


196
qirini soldi. Ajabo, bu nima o‘zi? Uning xuddi iyagi 
oldida kichkinagina odamcha, qo‘l-oyoqli chinakam 
odamcha turibdi! Boshida yaltiroq qalpog‘i, qo‘lida 
kamalagi bilan o‘qi, orqasida sadog‘i bor. Lekin bu 
odamcha bodringdan katta emasdi. Bundaylarning 
beshtasi 
Gulliverning 
kaftiga 
bemalol 
joylasha 
olardi. Birinchi odamcha ketidan yana shunaqa jimit 
merganchalardan 
qirqtachasi 
Gulliverning 
ustiga 
chiqib oldi. Gulliver hayronlikdan qichqirib yubordi. 
Odamchalar hovliqib-oshiqib, tum-taraqay qochishdi. 
Ular qochib ketayotganlarida qoqilib yiqildilar va 
o‘rinlaridan turib, o‘zlarini birin-ketin yerga otdilar.
Ikki-uch daqiqa hech kim Gulliverga yaqin kelmadi. 
Faqatgina 
uning 
qulog‘iga 
xuddi 
chigirtkalarning 
chirillashiga o‘xshash tovush eshitilib turdi. Lekin 
odamchalar tezda yana dadillanib, Gulliverning oyoqlariga 
o‘rmalab chiqa boshladilar. Ulardan eng jasuri esa 
Gulliverning betiga tirmashib chiqib, uning iyagiga nayza 
bilan bir turtdi hamda ingichka va aniq ovoz bilan:
– Gekina degul! – deb qichqirdi.
– Gekina degul! Gekina degul! – degan ingichka 
tovushlar har tomondan eshitila boshladi.
Gulliver ko‘pgina chet tillarni bilardi, lekin bu 
so‘zlarning ma’nosiga tushunolmadi.


197
Gulliver dastavval elchidan ovqat berib to‘yg‘azishini 
iltimos qilmoqchi bo‘ldi. Panjasini ko‘tarib, qayta-qayta 
lablariga tegizdi.
Oradan chorak soat ham o‘tmay, yuzlarcha hammol 
oziq-ovqat solingan savatchalarni narvonlar bilan 
Gulliver yoniga olib chiqib uyishdi.
U qovurilgan beshta ho‘kiz go‘shti, oftobda 
qoqlangan sakkizta qo‘y, to‘qqizta dudlangan cho‘chqa 
va ikki yuzdan ortiq g‘oz va jojalarni yedi. Savatchalar 
birpasda bo‘shab qoldi. Shu paytda odamchalar 
Gulliver qo‘liga ikki bochka vinoni yumalatib keltirdilar. 
Bochkalar juda katta bo‘lib, har biri stakandek edi.
Hash-pash deguncha Gulliver bir bochkaning, 
so‘ngra ikkinchisining qopqog‘ini ko‘chirib tashlab, bir-
ikki qultum yutish bilan ikkala bochkani ham bo‘shatdi. 
Odamchalar hayron bo‘lib, barmoqlarini tishladilar. 
So‘ngra ular Gulliverdan bo‘shagan bochkalarni pastga 
tashlashini imo-ishoralar bilan so‘radilar. Gulliver ikkala 
bochkani birdaniga pastga tashladi.
Vinodan so‘ng Gulliverni uyqu bosdi. U uyqu 
aralash yon-veridagi odamchalarning o‘z ustidan u 
yoq-bu yoqqa chopib yurishlarini, tog‘dan tushgandek, 
uning ustidan umbaloq oshib tushishlarini, tayoqlar va 
nayzalar bilan qitiqlashlarini va uning u barmog‘idan 
bu barmog‘iga sakrashlarini sezib yotardi.
Gulliver ularga parvo qilmay yotaverdi va o‘tkir 
vinoning kayfi bilan tezda uxlab qoldi. Odamchalar xuddi 
shu paytni kutgan edilar. Ular ulkan mehmonni uxlatish 
uchun vinoga ataylab uxlatadigan dori qo‘shgan edilar.
1. Gulliver och qolganini odamchalarga qanday tushuntirdi?
2. Odamchalar Gulliverni nimalar bilan ovqatlantirishdi?


198

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə