Transportida ishchilariga


Xodimlarning o‘rtacha sonini aniqlash



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/7
tarix22.03.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#180539
1   2   3   4   5   6   7
1а мавзу ТЙТда иш ҳақи ҳис таш этиш m

Xodimlarning o‘rtacha sonini aniqlash. Xodimlarning hisoblanayotgan oy uchun ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni (o‘rtacha bir oylik soni) ro‘yxat tarkibidagi xodimlarning hisoblanayotgan oyning har bir taqvimiy kunini qo‘shish orqali aniqlanadi, ya’ni 1 dan 30 yoki 31- sanagacha (fevral uchun 28-yoki 29-sana), bayram va dam olish kunlari bilan qo‘shib hisoblaganda va olingan yig‘indini hisoblanayotgan oydagi taqvimiy kunlari soniga bo‘linadi.
Korxonalardagi to‘liqsiz oyda ishlagan ro‘yxatdagi xodimlarning bir oy uchun o‘rtacha soni ro‘yxatdagi xodimlarning soni yig‘indisini hisoblanayotgan oydagi barcha ish kunlariga bo‘lish orqali aniqlanadi, ish davridagi dam olish va bayram kunlari ham taqvimiy kunlarining umumiy soniga kiradi.
Misol. Korxona ishga tushirildi va 2022-yil 25-iyuldan ish boshladi. Mazkur korxonada ro‘yxatga kiritilgan xodimlar soni quyidagicha edi: 25 iyulda 570 kishi, 26-iyulda (shanba) 570, 27-iyul (yakshanba)da
570, 28 iyulda 570, 29-iyulda 576, 30-iyulda 575, 31-iyulda
580.
Ro‘yxatga kiritilgan xodimlar sonining miqdori iyul oyida 4011 kishini tashkil qildi, iyuldagi kunlarning taqvimiy soni 31, xodimlarning ro‘yxatdagi soni iyulda o‘rtacha 129 kishini tashkil etdi (4011:31).
O‘rtacha chorak uchun ro‘yxatdagi son korxonaning chorakdagi barcha ishlagan oylari bo‘yicha xodimlarning o‘rtacha oylik sonini qo‘shish va olingan summani 3 ga bo‘lish bilan aniqlanadi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə