Transportida ishchilariga



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#180539
1   2   3   4   5   6   7
1а мавзу ТЙТда иш ҳақи ҳис таш этиш m

3-jadvalning davomi

9

T-9-son shakl

Xodimlarni xizmat safariga yuborishni rasmiylashtirish va




– Xodimni

hisobini olib borish uchun qo‘llaniladi. Kadrlar bilan ishlash




xizmat

xizmati tomonidan to‘ldiriladi. Xizmat safariga yuborish




safariga

to‘g‘risidagi buyruqda xizmat safariga yuborilayotganning




yuborish

familiyasi va ismi-sharifi, tarmoq, bo‘linmasi, kasbi




haqida buyruq

(lavozimi), shuningdek, xizmat safarining maqsadi, vaqti,




(farmoyish)

joyi ko‘rsatiladi

Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, bundan so‘ng ishlab chiqarish va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mehnatga haq to‘lash miqdori va ish vaqtini kasaba uyushmasi bilan kelishib belgilaydi.
2.2 Ro‘yxatdagi xodimlar tarkibi. Mehnatga haq to‘lashni to‘g‘ri tashkil qilishning asosiy qoidasi xodimlarning tavsiflanishi hisoblanadi. Ishning davomiyligiga ko‘ra mehnat shartnomasiga asosan xodimlar uch guruhga bo‘linadi:

  1. Doimiy – korxonada ishlash muddati ko‘rsatilmagan xodimlar.

  2. Vaqtinchalik – ma’lum muddatga ishga qabul qilingan xodimlar.

  3. Mavsumiy – mavsumiy xarakterdagi ishlarni bajarish uchun qabul qilinganlar.

Kasblar tasnifnomasi bo‘yicha korxona xodimlari:

  • ishchilar;

  • xizmatchilarga bo‘linadi.

Ishchilarga moddiy boyliklarni yaratish jarayonida mashina va mexanizmlar, ishlab chiqarish inshootlarining ishchi holatida ushlab turish bilan band bo‘lgan shaxslar kiradi.
Xizmatchilar guruhi quyidagi toifalarga bo‘linadi:

  • rahbarlar;

  • mutaxassislar;

  • xizmatchilarga kiradigan boshqa xodimlar. Rahbarlarga korxonalar va ularning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari lavozimini egallab turgan xodimlar kiradi.

Ularga:

  • direktorlar (bosh direktorlar);

  • boshliqlar, mudirlar, raislar, komandirlar, ustalar, korxonalar, tarkibiy tuzilmalar va bo‘linmalardagi ish yurituvchilar;

  • bosh mutaxassislar (bosh buxgalter, bosh nozim bosh muhandis, bosh mexanik, bosh metallurg, bosh payvandlovchi, bosh agronom, bosh elektrik, bosh iqtisodchi, bosh ilmiy xodim, bosh muharrir, bosh shifokor; davlat inspektorlari);

  • yuqorida aytib o‘tilgan lavozimlar bo‘yicha o‘rinbosarlar kiradi.

Mutaxassislarga muhandislik-texnika, iqtisodiy va boshqa ishlar bilan band bo‘lgan xodimlar hamda ularning assistentlari ham kiradi.
Xizmatchilar guruhiga hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, hisob va nazoratni amalga oshiruvchi xodimlar, xususan, kotiba- mashinistkalar, statistiklar, hisobchilar, chizmakashlar ham kiradi.
Xizmatchilarga oid boshqa xodimlar – hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, hisob va nazorat, xo‘jalik xizmatini bajaruvchi xodimlardir.
Asosiy xodimlarga:

  • asosiy va yordamchi sehlarning;

  • yordamchi ishlab chiqarishlarning;

  • zavod laboratoriyalari va bo‘limlarining;

  • tozalash inshootlarining;

  • aloqa tarmoqlarining;

  • axborot-hisoblash markazlarining ishchi xizmatchilari;

  • qo‘riqlashning barcha turlari;

  • zavod boshqaruvining xodimlari kiradi.

Asosiy bo‘lmagan faoliyat bilan band bo‘lgan xodimlarni:

  • uy-joy va kommunal xo‘jalik;

  • savdo-sotiq;

  • yordamchi qishloq xo‘jalik korxonalari;

  • tibbiyot muassasalari;

  • madaniyat muassasalari xodimlari tashkil qiladi.

Temir yo‘l transporti xodimlari faoliyat turi bo‘yicha ham turkumlanadi:

  • yo‘lovchi va yuklarni xalqaro yo‘nalishlarda tashish;

  • yo‘lovchi va yuklarni shaharlararo yo‘nalishlarda tashish;

  • lokomotivlarda tortish;

  • harakatdagi tarkibni ta’mirlash;

  • qurilish;

  • infrastrukturani saqlab turish;

  • ijtimoiy sferani saqlab turish.

Ro‘yxat tarkibiga haqiqatda ishlayotgan xodimlar ham, vaqtincha ishlamayotgan, lekin rasman ishga biriktirishni saqlagan xodimlar ham kiritiladi.
Korxonaning ro‘yxatdagi xodimlari tarkibiga doimiy, mavsumiy,
shuningdek bir kunlik va undan ortiq muddatga, shu jumladan shartnoma asosida ishga qabul qilingan barcha xodimlar ishga qabul qilingan kunidan boshlab kiritiladi.
Ro‘yxatdagi xodimlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • haqiqatda ishga qatnayotgan, shu jumladan ishning to‘xtab qolishi (oddiy) sababli ishlamayotganlar;

  • sinov muddati bilan ishga qabul qilinganlar. Bu xodimlar ishga chiqqan kunidan boshlab ro‘yxat tarkibiga kiritilishlari lozim;

  • xizmat safarlarida bo‘lganlar (agar mazkur korxonada ularning ish haqi saqlangan bo‘lsa) ularga chet ellarda qisqa muddatli xizmat safarida bo‘lgan xodimlar ham kiradi;

  • korxona bilan ishni uyda shaxsiy mehnati bilan bajarish (kasanachilik) to‘g‘risida mehnat shartnomasi tuzganlar;

  • vaqtincha ishlamayotgan (kasallik tufayli, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida, bolalarni parvarishlash ta’tillarida bo‘lgan) xodimlarning o‘rniga ishga qabul qilinganlar;

  • vaqtinchalik boshqa korxonalardan ishga taklif qilinganlar, agar ularning asosiy ish joyida ish haqi saqlanmasa.

Ro‘yxat tarkibiga korxonada vaqtincha ishlamayotgan quyidagi xodimlar ham kiradi:

  • kasalligi tufayli ishga kelmayotganlar (mehnatga layoqatsizlik varaqalariga binoan butun kasallik davridan to ishga tushgunga qadar yoki doimiy nogironlikka chiqquniga qadar);

  • davlat va jamoat ishlarini bajarayotganligi sabab vaqtincha qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinganlar (agar ularning asosiy ish joyida to‘liq yoki qisman ish haqi saqlansa);

  • malaka oshirish institutlari va fakultetlari, o‘quv kombinatlari, kurslar va boshqa o‘quv yurtlariga ishlab chiqarishdan ajralgan holda malaka oshirish yoki yangi kasb (mutaxassislik)ni o‘rganish uchun yuborilganlar, ularning ish haqi saqlangan holda;

  • qonunlarda, jamoa shartnomasi yoki boshqa ichki me’yoriy hujjatlarda belgilangan hollarda beriladigan har yilgi haq to‘lanadigan, yillik qo‘shimcha ta’tillarda bo‘lganlar;

  • homiladorlik va tug‘ish hamda unga tenglashtirganlar ta’tillarida;

  • shuningdek bevosita tug‘riqxonadan yangi tug‘ilgan chaqaloqni asrab olganligi tufayli ta’tilda bo‘lganlar;

  • qonunga muvofiq muayyan yoshga yetishiga qadar bolani parvarishlash bo‘yicha ta’tilda bo‘lganlar;

  • oilaviy sharoiti va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra(xodimning tashabbusi bilan) ish haqi saqlanmagan holda ma’muriyatning ruxsati bilan qisqa muddatli ta’tilda bo‘lganlar;

  • ikki yoki undan ortiq bolasi bo‘lgan va ularni parvarishlash uchun amaldagi qonunchilikka binoan ish haqi saqlanmagan ta’tildagi ishlaydigan ayollar.

Ro‘yxat tarkibiga quyidagi xodimlar kiritilmaydi:
bir marta bajariladigan ishlarga jalb qilinganlar;

  • boshqa korxonalardan o‘rindoshlik bo‘yicha ishga qabul qilinganlar va o‘rindoshlarning alohida ro‘yxatida turuvchilar;

  • davlat tashkilotlari bilan ishchi kuchi berish bo‘yicha tuzilgan maxsus shartnomalarga binoan korxonada ishlash uchun jalb qilinganlar;

  • boshqa korxonaga vaqtincha ishlash uchun yuborilganlar, agar ularning asosiy ish joyida ish haqlari saqlansa.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə