Transportida ishchilariga



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə7/7
tarix22.03.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#180539
1   2   3   4   5   6   7
1а мавзу ТЙТда иш ҳақи ҳис таш этиш m

Misollar:

  1. Korxonada xodimlarning o‘rtacha oylik soni yanvarda 620 kishi, fevralda 640 kishi, martda 690 kishi bo‘lgan edi. Chorak uchun ro‘yxatdagilar soni 650 kishini tashkil etdi [(620 + 940 + 690) : 3].

  2. Korxona martda tashkil qilindi va shu oydan ish boshladi. Xodimlarning o‘rtacha oylik soni martda 720 kishini tashkil qildi. Demak, bu korxona uchun I chorakdagi xodimlarning o‘rtacha soni 240 kishini tashkil qildi (720:3).

Ro‘yxatdagi xodimlarning o‘rtacha soni yil boshidan hisobot oyini qo‘shib hisoblaganda barcha oylardagi xodimlar o‘rtacha oylik sonining yig‘indisini korxonaning yil boshidan beri o‘tgan oylar soniga, ya’ni 2, 3, 4, 5 va hokazoga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

  1. Korxona martdan ish boshladi. Xodimlarning o‘rtacha oylik soni martda 450 kishini, aprelda 560, mayda 690 kishini tashkil qildi. Yil boshidan beri xodimlarning o‘rtacha soni (5 oy davomida) 340 kishini tashkil qildi [(450 + 560 + 690):

O‘rtacha bir yil uchun ro‘yxatdagi xodimlar soni hisobot yili barcha oylaridagi o‘rtacha xodimlar sonini qo‘shish va yig‘indini 12 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Misol. Xodimlarning o‘rtacha oylik soni quyidagini tashkil qildi:



Oylar

Xodimlarning o‘rtacha soni

Yanvar

500

Fevral

496

Mart

500

Aprel

515

May

530

Iyun

518

Iyul

560

Avgust

570

Sentabr

565

Oktabr

570

Noyabr

580

Dekabr

600

Jami

6504

Xodimlarning o‘rtacha yillik soni 542 kishini tashkil qildi (6504:12).
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
Jamoa shartnomasi, ish haqi hisobining vazifalari, mehnat huquqlari, mehnat shartnomasi, xodimlarning turkumlanishi, xodimlarning o‘rtacha soni, ro‘yxatdagi xodimlar, vaqtincha ishlamayotgan xodimlar.
Nazorat savollari:

  1. Mehnat me’yori va unga haq to‘lashni hisobga olish hamda nazorat qilishning qanday vazifalari belgilangan?

  2. Xodimlarning qanday asosiy mehnat huquqlari belgilangan?

  3. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs qanday hujjatlarni taqdim etishi kerak?

  4. Ish haqiga oid qanday hujjatlarni bilasiz?

  5. Xizmatchilar guruhi qanday ichki me’yoriy toifalarga bo‘linadi?

  6. Asosiy xodimlarga kimlar kiradi?

  7. Asosiy bo‘lmagan xodimlarga kimlar kiradi?

  8. Xodimlarning hisoblanayotgan oy uchun ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni qanday aniqlanadi?

  9. O‘rtacha chorak uchun ro‘yxatdagi xodimlar soni qanday aniqlanadi?

  10. O‘rtacha bir yil uchun ro‘yxatdagi xodimlar soni qanday aniqlanadi?

Test savollari:

  1. Korxonalarda xodimni ishga qabul qilish haqidagi buyruqni rasmiylashtirish uchun asos bo‘luvchi hujjat yozilgan qatorni toping.

  1. Mehnat daftarchasi.

  2. Mehnat shartnomasi.

  3. Ish beruvchi nomiga ariza.

  4. Ish joyidan ma’lumotnoma.

  1. Xizmatchi guruhi qanday toifalarga bo‘linadi?

  1. Rahbarlar, mutaxassislar.

  2. Rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar.

  3. Ishchilar, xizmatchilar.

  4. Rahbarlar, ishchilar.

  1. Korxonalarda xodimga hisoblangan ish haqi va undan ushlanmalar haqidagi ma’lumotlar yoziladigan hujjat ko‘rsatilgan qatorni toping.

  1. To‘lov qaydnomasi.

  2. Bosh kitob.

  3. Shaxsiy hisobvaraq.

  4. Aylanma qaydnoma.

  1. Xodim ishga kirayotganda qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?

  1. Pasport.

  2. Diplom.

  3. Mehnat daftarchasi.

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga ko‘ra ishga qabul qilish necha yoshdan boshlab ruxsat etiladi?

  1. 16 yosh.

  2. 17 yosh.

  3. 18 yosh.

  4. 13 yosh.

  1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mehnatga haq to‘lash qaysi tashqi me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi?

  1. Mehnat kodeksi, soliq kodeksi

  2. Mehnat kodeksi, soliq kodeksi, jamoa shartnomasi

  3. Mehnatga haq to‘lash haqidagi nizom, jamoa shartnomasi

  4. Soliq kodeksi, jamoa shartnomasi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə