Trenerga qo‘yiladigan umumiy talablar



Yüklə 31,43 Kb.
səhifə1/5
tarix21.03.2023
ölçüsü31,43 Kb.
#102898
  1   2   3   4   5
Документ Microsoft Word (6)


Trenerga qo‘yiladigan umumiy talablar
Trener har doim trening mashg‘ulotni o‘tkazishga kirishishdan avval o'ziga:
• Men qanday maqsadga erishmoqchiman?
• Men nima uchun shu maqsadga erishmoqchiman?
• Men qanday vositalar bilan unga erishmoqchiman? degan savollarini berishi lozim. Buning uchun u albatta reja va dastur tuzib olishi kerak. Trening uchun reja va dasturning qay darajada ahamiyatliligi va uni tuzishda nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida yuqorida so‘z yuritganmiz.
Trening mashg‘ulotlari samarali o‘tishi uchun trenerdan katta mahorat talab etiladi. Trener har tomonlama rivojlangan, rejaiashtirish va tashkillashtirish tajribasiga hamda qobiliyatiga, eng muhimi muloqot madaniyatiga ega bo’lishi talab etiladi. Trener hech qachon trening qatnashchilaridan kam bilimga ega bo'lmasligi kerak. Trener qisqa vaqt ichida qarorlar qabul qilish va qatnashchilarning savollariga javob berish mahoratiga ega bo'lishi kerak.
Bundan tashqari malakali trener uchun quyidagilar xos bo’lishi, ya’ni u quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Har qanday vaziyatdan chiqa oladigan;
- Malakali kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan;
- Guruhda terapevtik iqlimni yarata oladigan;
- Muammoli vaziyatlarga aralasha oladigan va undan chiqa oladigan;
- Muammoning yechimini birgalikda topish taktikasiga ega bo‘lgan shaxs bo'lishi lozim.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda yana shuni ham hisobga olish kerakki, guruhni boshqarayotgan trener shaxslar bilan ishlaydi, har bir shaxs esa o'ziga xos individuallikka egadir.
Shu bilan birga har bir shaxs o‘ziga xos qadriyatlar tizimiga ham ega. Tabiiyki ular shu jihatlari bilan bir-biridan hamda trenerdan farq qiladi. Shularni hisobga olgan holda trener quyidagilarga amal qilishi lozim:
- Guruhning har bir a’zosiga individual yondashishi;
- Ishtirokchilarga “bosim” o'tkazmasligi;
- Har bir ishtirokchini qiynayotgan savolga uning qadriyatlar tizimiga mos keluvchi javobni topishga ko‘maklashishi zarur.
Trenerlik ishi bu asta-sekin kasbga aylanadigan, maxsus ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishdir. Trening jarayonini tashkil qilish va uni o’tkazishda trenerdan juda ko‘p narsa talab etiladiki, trener boTish istagida bo‘lgan yoki trenerlik qilayotgan har bir mutaxassis bularni bilishi va amal qilishi zarur. Bu borada trenerlar va bo‘lajak mutaxassislar quyidagi tavsiyalarni bilishi lozim:
ishchi guruh uchun qoidalar ishlab chiqish;
har bir mashg'ulot uchun o‘ziga xos ko‘rsatma bera olish;
guruh muhokamasini tashkil qilish; qatnashchilarning savollariga javob bensh va ularning bajarayotgan ishlarini nazorat qilish;
ssenariy mazmunini trening maqsadi asosida tahlil qilish;
qatnashuvchilarning emotsional holatini nazorat qilish va ularga psixologik yordam berish;
har bir mashg‘ulotga yakun yasash va uyga vazifa berish;
mashg‘ulot oxirida ishtirokchilarga trener haqida o‘z fikrini bayon etishga imkon berish.
Bundan tashqari ishtirokchilarni qiziqtmsh, ularning mustaqil ishlashiga imkon yaratish kerak.
Hech bir qatnashchini muhokama qilish kerak emas, ishtirokchilarga o‘zini bir-birlaridan yuqori tutmasligini tushuntirish, o‘zi esa mutaxassis ekanligini ta’kidlayvermasligi kerak.
Eng muhimi, trenerlik qilayotganda shuni unutmaslik kerakki, trener o‘qituvchi emas, uning vazifasi - sharoit, vaziyatni yaratish yoki ishtirokchilarga ko‘maklashishdan iborat.
Har qanday trener trening mashg'ulotlarini olib borish uchun katta trenerlik tajribasi va mahoratini egallashi kerak. Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilarning ijodkorligi talab etilgan holatlarda trener quyidagilarni yodda tutishi lozim:
u guruhga rahbarlik qilmasligi;
guruhga tayyor axborotlarni bermasligi;
guruh nima ish qilishi kerakligi to‘g‘risida maslahat yoki takliflar kiritmasligi kerak.
Mohir trener gumh bilan ishlash jarayonida nafaqat guruhning ahvoli, kayfiyati, muammosiga, balki har bir ishtirokchining ahvoli, kayfiyati, muammosiga ham katta e’tibor bilan qaraydi.
Trenerning asosiy vazifasi — guruhning qiziqishini oshirib, ularni yo‘naltirib va rag'batlantirib borishdan iborat. Ishtirokchilarning o‘zi ishlashi uchun trener ularga faqat sharoit yaratib berishi lozim. Shunday qilinsa ishtirokchilar muammolarni tahlil qilish va ma’lum bir xulosalarga kelish jarayonida o‘zaro ishonch va hurmat ko’nikmalarini egallab boradi.
Ishtirokchilar mustaqil ravishda biror fikrga kelsa, trener uni to‘g‘ri qaror sifatida qabul qilishi kerak. Trener har bir ishtirokchining muvoffaqiyatini rag'batlantirib, ularning yashirin iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkon yaratishi kerak. (M: ishtirokchi kechikib kelganda chiroyli qo‘shiq yoki she’r aytishi, rolli o'yinda yaxshi rol bajarishi jarayonida).

Yüklə 31,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə