Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


- karbonat, gips, tuzlarga boy ona jins qatlamidan iborat.  Bu tuproqlar sho‘rtob bo‘lganligi uchun profili tabaqalangan, A



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 -
karbonat, gips, tuzlarga boy ona jins qatlamidan iborat. 
Bu tuproqlar sho‘rtob bo‘lganligi uchun profili tabaqalangan, A
 
qatlam loydan holis bo‘lib, Fe va A1 kam, ammo Si birikmalariga boy. 
Gumus miqdori 1,0-2,5%, 30-100 t/ga singdirish sig‘imining asosiy 
qismini Sa va Mg tashkil qiladi, Na esa 1-14%. Loy zarrachalari esa, AV
 
qatlamida to‘planadi. Qo‘ng‘ir tuproqlar Yevroosiyo, Shimoliy Amerika va 
Markaziy Osiyoda tarqalgan bo‘lib, chorvachilikda yaylov va g‘alla 
ekinlarini yetishtirishda foydalaniladi. 
Yarimgidromorf tuproqlar -
o‘tloqi qo‘ng‘irlari pastdan, suv 
irmoqlarida hosil bo‘ladi. Qo‘ngir tuproqarga nisbatan gumusli, AV
 
qatlami 25 sm qalinlikni tashkil etadi. Gumus 2-3% ni tashkil qiladi. 
Bo‘z tuproqlar 
och tusli,
 
yumshoq, karbonatli sahro, yarimsahro, 
subtropik quruq bioiqlimda, tabaqalangan kesmali tuproqlardir. Bo‘z 
tuproqlar S.S.Neystruyev (1909), N.A. Dimo, L.I. Prasolov, A.I. Bessonov, 
A.N. Rozanov tomonidan har tomonlama o‘rganilgan bo‘lib, Yevroosiyo, 
Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. Umumiy maydoni 
205,9 mln ga, tog‘larda esa 52,5 mln. gektar. O‘rta Osiyo va Zakavkazyeda 
tarqalgan. Allyuvial, prollyuvial, dellyuvial soz va sozsimon yotqiziqlar 
ustida, quruq subtropik iqlimda qishi 2-5 °S , yozi esa +26 + 30 °S, yil 
davomida iliq kunlar 170-245, harorat yig‘indisi 3400-5800 °S, yog‘in 
miqdori 1000-1700 mm ni tashkil qiladi. Qattiq tog‘ jinslarining elyuviy va 
delyuviyida hamda turli rangdagi yotqiziqlar ustida ham hosil bo‘ladi. 
Biomassa 120-150 s/ga, yer ustida 15-25 s/ga, ostida esa 100 s/ga

Profilning tuzilishi A-12-17 sm, AV-15-26, Vsa-60-100 sm, VS-1,5-2,0
 
m
 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
143 
gips birikmalaridan iborat. Gumus 1,0-3,5%, singdirish sig‘imi 16 mg 
ekv/100 g, gumus zahirasi 50-160 t/ga. Balandlik, o‘simlik qoplami va 
boshqa xususiyatlariga binoan uch tipchaga: och, tipik, to‘q tusli bo‘z 
tuproqlarga ajratilgan. Bu tuproqlar paxtachilik, bog‘dorchilik, g‘allachilik, 
sabzavot - polizchilik va chorvachilikda foydalaniladi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə