|
Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотинEDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1Sinov savollari:
1.
Qo‘ng‘ir yarim sahro tuproqlar qayerlarda tarqalgan, ularning
genezisi, tasnifi va morfologiyasini tushuntining?
2.
Kashtan tuproqlar genezisi, tasnifi, xossalari qanday?
3.
Bo‘z tuproqlar genezisi, tasnifi, xossalari qanday?
4.
Karbonatli va gipsli birikmalar qanday hosil bo‘ladi?
36-bob. Fersiallitli tuproqlar
Bu tuproqlar toifasiga subtropik va tropik mintaqalarda namli o‘rmon
va savannalarda keng tarqalgan bir guruh tuproqlar kiradi. Tuproqlar
quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1) mineral qism siallit
xarakterga ega bo‘lib, loy qism kaolinit-illit guruhidagi minerallardan
tashkil toptan; 2) degidratatsiyaga uchragan temir oksidlar yig‘ilmalarining
aniq ajralib turishi; 3) profil qatlamlari sariq, jigarrang, qizil rangda.
Fersiallit tuproqlar barcha qit’alarda tarqalgan bo‘lib, quruqlikdagi
maydonning 11,3 % ini tashkil qiladi. Tuproqlar uch guruhga bo‘linadi:
- sariq va podzollashgan - sariq tuproqlar.
- temirlashgan tropik tuproqlar.
- qizil-qo‘ng‘ir savanna tuproqlari
.
Sariq rangli va podzol sarg‘ish
tuproqlar.
V.V.Akimsev tomonidan 1926-1927-yillarda Ozarbayjonning Talish
tog‘lari va G‘arbiy Gruziyada M.N.Sabashvili (1936, 1948) tomonidan
o‘rganilgan. Keyinchalik sariq tuproqlarni Lenkoranda R.V.Kovalyev
(1966), Xitoyda D.Top (1937), V.A.Kovda (1959) o‘rganib chiqdilar.
Sariq tuproqlar to‘rt tipga va bir necha tipchalarga bo‘linadi: 1) sariq
tuproqlar
asoslarga to‘yinmagan va turli darajada podzollashgan; 2) sariq
gleyli tuproqlar; 3) podzol sarg‘ish tuproqlar; 4) podzol sarg‘ish gleyli
tuproqlar
.
Sariq tuproqlar Gruziyada neogen - paleogen davri dengiz
yotqiziqlari ustida hosil bo‘lib, profilning tuzilishi
A-ABt-Bt, f-BC-C, A-
Dostları ilə paylaş: |
|
|