Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


kashtan va bo‘z  tuproqlarga nisbatan eroziyaga ancha chidamli bo‘ladi.  Shamol eroziyasi



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
kashtan va bo‘z 
tuproqlarga nisbatan eroziyaga ancha chidamli bo‘ladi. 
Shamol eroziyasi. 
Bu eroziya tufayli, ko‘pincha, tuproqning 
unumdor qatlamini shamol uchirib ketadi. Ayniqsa, o‘simliklari siyrak 
qurg‘oqchil cho‘llarda, xususan, yaylovdan noto‘g‘ri foydalanilganda 
shamol eroziyasi kuchli bo‘lib, qumlarni uchirib ketadi va ko‘pincha, 
sug‘oriladigan yerlarga, aholi yashaydigan joylarga olib ketadi. Natijada, 
sug‘orish shahobchalari va unumdor yerlar qum bilan ko‘milib qoladi. 
Shamol eroziyasi tufayli tuproqning mayda zarrachalardan iborat 
bo‘lgan qismi
 
hamda undagi gumus va oziqa moddalari yo‘qoladi, nati-
jada, tuproq unumdorligi nihoyatda pasayadi, ekinlarning hosili ham juda 
kamayib ketadi. Ana shunday tuproqlarning unumdorligini tiklash uchun 
bir necha o‘n yillar kerak bo‘ladi. Shamol eroziyasiga uchragan 
tuproqlarda yerga solingan o‘g‘itlar samarasi ham eroziyalanmagan 
yerlarga nisbatan kamroq. 
Shamol eroziyasiga uchragan yerlarga, ayniqsa, qumli cho‘llarda 
qumda o‘sadigan har xil bo‘ta o‘simliklar ekish tavsiya etiladi. Undan 
tashqari, shamol eroziyasi kuchli bo‘ladigan maydonlardagi qumlar betiga 
har xil yopishqoq organik moddalar sochib, pardali qatlam hosil qilish 
orqali qumlarni ko‘chishdan to‘xtatish ham yaxshi natija beradi. Shamol 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
152 
eroziyasiga qarshi kurashishda, shamol yo‘nalishiga ko‘ndalang qilib ihota 
daraxtzorlar barpo etish asosiy va zarur tadbirlardan biri hisoblanadi. 
Jarlik eroziyasi. 
Eroziyaning bu turi Rossiya hududida, shu 
jumladan, O‘rta Osiyoda keng tarqalgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligiga yaroqli 
yer fondining kamayib ketishiga sababchi bo‘ldi hamda katta zarar keltirdi. 
Undan tashqari, sug‘oriladigan rayonlarda jarliklarga yaqin bo‘lgan 
maydonlarda, tuproqning gidrologik holati ham yomonlashadi va 
unumdorligi pasayib, natijada, ekinlar hosili ham keskin kamayib ketadi. 
X.Maxsudov, 
T.Xoshimov, 
A.Nigmatov 
keltirib 
o‘tgan 
ma’lumotlarga ko‘ra jarliklar ta’siri kuchsiz yoki kam bo‘lgan 
maydonlarda paxta hosilining ko‘payishi, jarga yaqin yerlarda esa 
hosilning kamayishi qayd etiladi.

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə