Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Tarqalishi. 
Rossiyaning
 
Dnepr, Volga, Don, Desna, Dnestr 
daryolarining o‘ng qirg‘og‘i va bu daryolarining tarmoqlari oqadigan 
maydonlar O‘rta Rus, Volino - Podolsk, Donetsk, Volga bo‘yi, Klinsko, 
Dimitrov, Stavropol baland tekisliklari, Zavoljyening yuqori qismlari, Sibir 
daryolari - Ob, Irtish mintaqalari, Qrim, Karpat, Kavkaz, Ural, O‘rta Osiyo 
tog‘liklari va tog‘oldi qirlaridagi tuproqlar suv eroziyasiga uchrab turadi. 
Sug‘oriladigan maydonlar va ularning atrofidagi tuproqlar jarlik eroziyasi 
shaklida, suv eroziyasiga uchragan. 
Rossiyaning Yevropa qismining o‘zidagina eroziya ta’siridan 500 
mln. gektar yer, jumladan, 5 mln. gektar yer jarliklar tufayli zararlangan. 
Qurg‘oqchil o‘lkalardagi, ayniqsa, cho‘l va chala cho‘l tuproqlari 
shamol eroziyasiga uchraydi. Shamol eroziyasiga uchragan tuproqlar 
Kremenchuk, Poltava, Xarkov. Balashov, Kuybishev, Ufa, Novotroitsk, 
Magnitogorsk va Omskda keng tarqalgan. Shimoliy Qozog‘iston, 
Boshqirdiston, Stavropol va Krasnoyarsk o‘lkalarida, Sharqiy - janubiy 
Ukraina, Zavoljye. G‘arbiy va Sharqiy Sibir, O‘rta Osiyoning cho‘l 
mintaqasi va qumli sahrolarining tuproqlari shamoldan eroziyalanib, 
qishloq xo‘jaligiga katta zarar keltirgan. Bahzan shamol eroziyasi 
Qozog‘iston va Ukraina yerlarining 40-50 % maydoniga zarar yetkazgan. 
Suv eroziyasi turlari. 
Tuproqning suv ta’sirida yemirilishi ikki xil - 
yoppasiga va uzunasiga bo‘ladi. Tuproqning yoppasiga yemirilishi eng 
ko‘p tarqalgan bo‘lib, nishab yerlarda yomg‘ir, qor suvlari tuproqning 
unumdor qatlamidan, har bir qatlamlikdagi tuproq zarrachalari bilan birga 
oziqaviy moddalarni ham past va tekis joylarga keltirib yotqizadi. 
Tuproqning ana shunday yemirilgan qismida oziqaviy moddalar 
yetishmasligi sababli, o‘simliklar nimjon bo‘lib, notekis o‘sadi va 
hosildorlik keskin kamayadi. Kuchli eroziyalangan maydonlarda esa
bahzan o‘simlik mutlaqo o‘smaydi. Nishabi past yerlarda va yemirilish 
natijasida, oziqaviy moddalarning nihoyatda ko‘p to‘planishi sababli, 
o‘simlik g‘ovlab o‘sadi va hosili kam bo‘ladi yoki hosili bo‘lsa ham pishib 
yetilishiga ulgurmaydi. 
Uzunasiga yemirilishda esa suv ta’sirida tuproq bo‘ylamasiga chuqur 
o‘yilib, tuproqning unumdor qatlami bilan birga, hatto tuproqning ona jinsi 
ham yemirilib ketadi. Natijada, har xil chuqurlik va jarliklar paydo bo‘ladi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə