Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1.
Tuproqning yuvilishi deganda nimani tushuniladi? 
2.
Tuproq eroziyasining qanday turlari mavjud? 
3.
Sug‘oriladigan tuproqlarda eroziyaning qanday turlari uchraydi? 
4.
Eroziyaga qarshi qanday kurash choralarini bilasiz? 
 
41-bob. Antropogen tuproqlar 
Tabiiy tuproqlar, asosan, o‘zlashtirilgan bo‘lib, ular faqat tog‘larda, 
cho‘llarda, sahrolarda uchrashi mumkin. Inson bo‘z yerlarni o‘zlashtirib, 
madaniy ekinlar ekib, sug‘orib, ishlov berib, organik va mineral o‘g‘itlarni 
tuproqqa solib, uning morfologik tuzilishini, fizik xossalari va kimyoviy 
tarkibini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Natijada, yerning relyefi, iqlimi

o‘simlik va hayvonot dunyosi, tuproq va o‘simlik o‘rtasidagi energiya 
almashinuvi, suv rejimi tamomila o‘zgarib ketadi. Tabiiy tuproqlarning 
o‘zlashtirilish natijasida, tuproq hosil qiluvchi omillar iqlim

relyef, ona 
jinsi, vaqt, o‘simlik va hayvonot dunyosining ta’siri ham o‘zgaradi. 
Demak, qo‘riq yerlar o‘zlashtirilishi bilan tabiiy omillar ta’siri kamayib, 
madaniy tuproq hosil bo‘lishiga tomon omillarning ta’siri avj olib boradi. 
Tuproq evolyutsiyasi davom etib, gumusga boy, donador haydalma 
qatlam hosil
 
bo‘ladi. Madaniy o‘simlik rivojlanishi va o‘sishi uchun 
issiqlik

suv havo, oziqlanish sharoiti vujudga keladi. 
Madaniy tuproqlarning rivojlanishi insoniyat tarraqqiyoti tarixi, 
sug‘orish dehqonchiligi, gidrotexnik, meliorativ, agrotexnik tadbirlar bilan 
chambarchas bog‘liqdir. 
Insoniyat tarixida, dehqonchilik madaniyatining rivojlanishida, 
madaniy tuproqlar hosil bo‘lish jarayoni ibtidoiy, feodalizm, kapitalizm 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
153 
sharoitida, o‘rmon va o‘simlik qoplamini yoqib, yerlarni o‘zlashtirish, 
sug‘orish, madaniy o‘simliklar ta’siri, ishlov berish, o‘g‘itlash bilan 
bevosita bog‘liqdir. 
Dehqonchilik lalmikor va sug‘orish dehqonchiligiga bo‘linadi. 
Birinchisida agrotexnik tadbirlar, ikkinchisida esa sug‘orish bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lgan agromeliorativ va irrigatsion tadbirlar amalga oshiriladi. 
Madaniy o‘simliklar tuproqda rivojlanib, ildizlari bilan g‘ovak 
joylarda zarrachalarni jipslashtirib, donadorlikni hosil qiladi. O‘simlik 
poyasi, bargi, ildizlari chirib, tuproqdagi biologik jarayonlarning 
rivojlanishi va gumus miqdorining ko‘payishiga olib keladi. 
Tuproqdan oziqa moddalarining ma’lum bir qismi madaniy 
o‘simliklar hosili bilan olib ketiladi. Dehqonchilikda o‘t dalali almashlab 
ekishni ishlab chiqqan akademik V.R.Vilyams qishloq xo‘jalikda ekinlarni 
ikki toifaga, ya’ni bir va ko‘p yillikka bo‘lib, bir yillik o‘simliklar tuproq 
donadorligi, suv-fizik xususiyatlarini yomonlashtirib, unumdorlikni 
pasaytirib yuboradi, deb tahkidlaydi. Ko‘p yillik o‘simliklar, aksincha, 
tuproq donadorligi, unumdorligini oshiradi, suv-fizika, mexanik 
xususiyatlarini yaxshilaydi. Donli ekinlar ildizlari hajmiga nisbatan 5-10% 
moddalar chiqarib, quruq massasi olinadigan hosil bilan barobar miqdorda 
mahsulot yetishtirib, tuproqning modda almashuvini rivojlantiradi. 
O‘simliklar tomiri tuproq donadorligi, ya’ni zarrachalar (0-0,25 mm) 
miqdorini oshirib yuboradi. Kartoshka, lavlagi kabi o‘simliklar tuproqda 
ko‘p miqdorda tomirlar hosil qilib, uning 18-25% i tuproqda, qolgan 85% i 
biomassa tarzida o‘simlik bilan ketadi. Masalan, makkajo‘xori hosili
40 s/ga va yashil mahsulot 600 s/ga bo‘lganda, quruq biomassa
180-240 s/ga ni tashkil qiladi. Makkajo‘xorining tomirlari juda rivojlangan 
bo‘lib, 50-80 s/ga organik modda tuproqda qoldiradi, hosil bilan esa 55-
65% biomassa olib chiqiladi. Kungaboqar biomassasi jihatidan jo‘xoriga 
yaqinlashadi. Boshoqli don o‘simliklar ikkinchi o‘rinni egallab, kuzgi 
bug‘doy 120-160 ts/ga, bahoriysi esa 80-120 s/ga hosil bilan, birinchisi 
65%, bahorgisida esa 60%, qolgan 30-55 s/ga tuproqda chirindi sifatida 
qoladi. Ko‘p yillik o‘simliklarda bir yilliklarga nisbatan kamroq miqdorda 
xashak olib chiqiladi. Bu miqdor tuproqda qoladigan ildizlar chirindisidan 
kamroq. Ularning zahirasi 60-70%, 50-120 s/ga, hosil bilan tuproqdan 30-
40% yoki 35-65 s/ga olib ketiladi. 
Biomahsulotning kimyoviy tarkibi, asosan, azot va kaliydan iborat 
bo‘lib, dukakli o‘simliklar kalsiy (2,5%), o‘t-o‘simliklar kremniyga (1,0-
1,5) boy bo‘ladi, qolgan qismini alyuminiy, temir, marganes tashkil qiladi. 
Madaniy o‘simliklar tarkibida 5% kul elementlari bo‘ladi, 1,3% azot 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
154 
biologik doiraga jalb etiladi, 360 dan 1700 kg/ga kg kul elementlardan 60- 
310 kg/ga azot o‘simliklar tomonidan foydalaniladi. 
Cho‘l va sahro mintaqalarda biomassaning miqdori kamayib ketib, 
100- 225 s/ga ni tashkil qiladi. Sahro mintaqasining so‘r tusli qo‘ng‘ir 
tuproqlar tarqalgan Ustyurtda biomassa 43 s/ga, yiliga 14 s/ga ga oshadi. 
Shuning uchun sahro mintaqasida sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlanib, 
almashlab ekish (paxta-g‘alla va don ekinlari) natijasida tuproq 
unumdorligini oshirishadi. 
Madaniy o‘simliklar 450 kg/ga kimyoviy elementlarni iste’mol qilib, 
bu tuproqlarda agrotexnik tadbirlar o‘tkazish, organo-mineral o‘g‘itlarni 
qo‘shimcha ravishda yerga solishga to‘g‘ri keladi. 
Madaniy dehqonchilik rivojlanishi natijasida, bir necha o‘n ming 
yillar o‘tgach, haydalgan va sug‘oriladigan tuproqlar ustida loyqalar, 
organik o‘g‘itlar to‘planib, yangi agroirrigatsion genetik-akkumulyativ 
qatlam hosil bo‘ladi. Sug‘oriladigan dehqonchilikning yillar davomida 
rivojlanishi natijasida tuproq unumdorligi va fizik-mexanik xususiyatlari 
yaxshilanishi yoki yomonlashishi mumkin. Tuproqning cho‘kish, bo‘kish, 
eroziya va sho‘rlanishning rivojlanishi, pestitsidlar va og‘ir metallar bilan 
ifloslanish jarayonlari shular jumlasidandir. Tuproqning madaniylanish 
darajasi statsionar - tajriba, dehqonchilik tarixi, xossa va tarkibining 
o‘zgarishi, profil qatlamlarini o‘zaro taqqoslash usullari orqali aniqlanadi. 
Yuqoridagi ko‘rsatilgan morfologik tuzilish, fizik xossalari, 
kimyoviy tarkibining o‘zgarishi taqqoslanib, madaniy tuproqlarning tasnifi 
ishlab chiqilgan. Shu sohaga oid ishlarni N.L.Blagovidova (1964), 
Ye.M.Ivanova 
(1956), 
I.F.Garkusha 
(1956), 
G.I.Grigoryeva 
va 
V.M.Fridland (1964), M.A.Orlov kabi olimlar amalga oshirishgan. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə