Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1.
Orol dengizi suvining qurishiga olib kelgan sabablarni tushuntiring? 
2.
Orol dengizining qurishi oqibatida kelib chiqayotgan muammolarni 
aniqlang? 
3.
Orol dengizi atrofidagi tuproq qoplamining sho‘rlanishi, ifloslanishi va 
qurg‘oqlanishini tushuntiring? 
4.
Orol dengizi suvini qayta tiklash imkoniyatlari mavjudligi va ularni 
qanday amalga oshirish mumkinligini tushuntiring? 
 
44-bob. Tuproq bonitirovkasi, baholash va kadastri 
Tuproq bonitirovkasi deganimizda, biz uning sifati, unumdorlik 
darajasi, ishlab chiqarish bahosi, tabiiy va madaniy fitotsenozlar, ya’ni 
ularning qishloq xo‘jaligi ekinlariga bo‘lgan nisbatini baholashni tushunamiz. 
Bonitirovka aslida, tuproq unumdoriligining tasnifi, uning fizik xossalari va 
kimyoviy tarkibi hamda yerdan olingan hosilning tahlilidan iboratdir. 
Tuproq boniteti eng unumdor yerlarga solishtirilgan 100 ball bilan 
belgilanadi. Tuproq bonitirovkasi, asosan, tuproq tiplarini hududiy sharoitiga 
binoan taqqoslashdan iborat. Masalan, qora tuproqlarni kashtan va bo‘z 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
161 
tuproqlar bilan qiyosiy solishtirishdir. Tuproqni baholaganda unumdorlik, 
xossa va xususiyati bilan bir qatorda, geografik o‘rni, iqtisodiy
 
ko‘rsatkichlari, ya’ni maydoni, masofasi, inshootlar bilan ta’minlanishi, 
mehnat resurslari, yerdan foydalanuvchi raqobati qo‘shnilar e’tiborga olinadi. 
Tuproqni baholash, bonitirovka, yer kadastrining tarkibiy qismi bo‘lib, 
asosan, yerni o‘rganish, baholash, yer osti va usti resurslarini hisobga olish, 
reyestri, ahvoli, maydoni, bahosi
 
va daromadini o‘z ichiga oladi. 
Insoniyat tarixida yerni baholashdan maqsad – asosan, sifatiga qarab 
soliq solish tizimini ishlab chiqishdan iborat edi. Sobiq Ittifoq davrida yer, 
asosan, xalq

jamoa mulki hisoblanib, vazifa yerdan faol foydalanish hamda 
unumdorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va muhofaza 
qilishdan iborat edi. Yer zahirasi foydalanishga binoan, besh turkum, tarkibiy 
qismlarga bo‘lingan: 

qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar;
 

xalq yashayotgan qishloqlar va shaharlarga ajratilgan yerlar; 

sanoat, transport, oromgoh-sanatoriyalar, qo‘riqxonalar uchun 
belgilangan yerlar; 

davlat o‘rmonchilik fondi; 

davlat tasarrufidagi yerlar. 
Yuqorida keltirilgan yerlar, ulardan foydalanuvchilar hisobiga, davlat 
hujjatlari va qaroriga asosan ajratilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Oliy Majlis 
tomonidan Yer kadastri qonunlarining loyihasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi

Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Yer qo‘mitasi tuzilib, 
barcha tuproqlarga taalluqli bo‘lgan loyiha va ilmiy tekshirish institutlari 
uning tasarrufiga o‘tkazildi. 
Yer davlat ixtiyorida bo‘lib, uning shartnoma asosida dehqonlarga, 
fermerlarga va boshqa jamoa va shirkat xo‘jaliklariga, chorvachilik 
korxonalariga, fuqorolarga uzoq muddatga foydalanish uchun ijara sifatida 
berishga qaror qilindi. 
Shuning uchun, asosiy dolzarb masalalardan biri, jamoa, shirkat, fermer 
xo‘jaligi tuproq xaritalari, agrokimyoviy xaritanomalarni qaytadan tuzib, 
tuproq boniteti, narxini, yer kadastrini yangi sharoitga moslab ishlab 
chiqishdir. Dastavval tuproqlarning agronomik xususiyatlari, hududiy 
sharoiti, meliorativ holatini hisobga olgan holda, agroishlab chiqarish tizimini 
tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Tuproqni agroishlabchiqarish guruhlashda 
ikki xil usul mavjud bo‘lib, birinchisida tuproqlarning suv fizik, issiqlik 
xususiyatlari, kimyoviy tarkibining bir -biriga yaqinligi, o‘xshashlik 
qobiliyati, meliorativ va yuvilishga qarshi chora-tadbirlarning umumiyligi 
bilan ajratish. Bu tadbir barcha qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun umumiydir. 
Ikkinchisida esa, o‘simlik turlarining tuproq sharoitiga bog‘liqligi bilan 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
162 
belgilanadi. Masalan, paxta, bog‘dorchilik, sabzavot-poliz va g‘alla 
ekinlarining talabiga mos keladigan tuproqlar guruhi. 
Bonitirovka usuli yerning ishlab chiqarish holati, uning iqtisodiy 
bahosini, narxini ishlab chiqishga asos bo‘ladi. 
Yerni 
baholash 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar 
qadimgi 
Misr, 
Messopatamiya, Nil, Tigr va Yefrat daryolari vodiysidagi dehqonchilik tarixi 
bilan bog‘liq. Xitoyda yer sharoitiga qarab, soliq solish ikkinchi asrda, 
Yaponiyada esa uchinchi asrdan boshlab joriy etilgan edi. Rossiyada esa yer 
solig‘ini joriy etishda dastlabki asos K.S.Veselovskiy va V.I.Chaslavskiy 
(1851, 1879) tomonidan tuzilgan tuproq xaritalari edi. V.V.Dokuchayev 
tomonidan yerning sifat baholanishida esa, birinchidan, tuproqning 
unumdorligi, asosiy xossalari va ikkinchidan, iqtisodiy

qishloq xo‘jaligi 
ko‘rsatkichlari hisobga olingan edi. 
Hozirgi 
kunda 
respublikamiz 
tuproqlarining 
bonitirovkasi
“Yergeodez-kadastr” Davlat Qo‘mitasiga qarashli Tuproqshunoslik va 
agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan 
va muntazam tekshirib boriladi. Bonitirovka darajasiga tuproqning asosiy 
xossalari (gumus, oziqa elementlar miqdori, muhit, suv-fizik xususiyatlari) 
olinib, eng unumdor qora tuproqlar 100 ga teng qilib belgilangan. Bu 
ko‘rsatkichga, yillar davomida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan 
o‘rtacha hosil qo‘shilar edi. Ikkinchi usulga binoan, tuproq turining xossa va 
xususiyatlari, kimyoviy tarkibi hisobga olinib, yetishtirilgan hosil e’tiborga 
olinmaydi. 
Shuning uchun N.F.Tyumensev (1975) tomonidan tuproq bonitetida 
ekologik va ichki sharoitlarni ham hisobga olish taklif etilgan. Birinchisiga 
tabiiy va antropogen omillar, ikkinchisiga esa morfologik tuzilish, ona jinsi, 
mexanik va mineralogik tarkibi, gumus miqdori, kimyoviy va fizik 
xususiyatlari, sho‘rlanish darajasi, botqoqlanish darajasi, yerning toshligi, 
gips va karbonatlar miqdori kiritilgan. 
Bonitet bali qo‘yidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi: 
B=3f/3m*100 
3f - baholanayotgan tuproqdagi oziqa moddalarning (gumus, azot, 
fosfor va kaliyning) o‘rtacha miqdori; 
3m - tuproqning 100 ballga tenglashtirilgan asosiy ko‘rsatkichi. 
O‘zbekistonda tuproq boniteti "UzYERLOYIHA" instituti 
mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə