Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1.
Vodiylarda sug‘orilib madaniylashtirilgan tuproqlar qanday paydo 
bo‘ladi? 
2.
Botqoq, morsheviy va mangreviy quritilgan tuproqlar nima? 
3.
Madaniy tuproqlar tasnifi va unumdorligi qanday bo‘ladi? 
4.
“Replantatsiya” va “rekultivatsiya” tushunchalari nimani anglatadi? 
5.
Madaniy tuproqlardan qishloq xo‘jaligida qanday foydalaniladi? 
 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
155 
42-bob. Tuproqning pestitsidlar va og‘ir metallar bilan ifloslanishi 
Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida kimyoviy preparatlarning 1000 
dan ortiq turlari ishlatiladi. Ular juda harakatchan bo‘lib, tuproq 
mikroorganizmlari, o‘simlik, oziq-ovqat va chorvachilik mahsulotlari 
orqali inson va hayvonlar organizmiga o‘tib, turli kasalliklarni vujudga 
keltiradi. Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan yerlarning 50-60% i pestitsidlar 
bilan ifloslangan. Pestitsid birikmalarining parchalanish davri birnecha o‘n, 
yuz, hatto ming yillarni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan 
pestitsidlarning me’yori 100g/ga dir, AQSHda sug‘oriladigan tuproqlarga 
solinadigan pestitsid mehyori 200 g/ga, Rossiyada 2 kg/ga, O‘zbekistonda 
esa paxtachilikda 37 kg/ga ni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan yerlarning 60-
70% maydoni og‘ir metallar, ya’ni qo‘rg‘oshin, simob, ftor, rux, mis, 
kadmiy va boshqa metallar, birikmalar bilan ifloslangan. 
O‘simlik zararkunandalari va kasalliklarga qarshi kurashda juda ko‘p 
turli kimyoviy moddalar - pestitsidlar ishlatiladi (21-rasm). 
Paxtachilikda ekologik vaziyatni buzuvchi sabablaridan biri - bu har 
gektar paxta maydoniga sepiladigan zaharli moddalar. G‘o‘zaning begona 
o‘tlariga qarshi ishlatiladigan gerbitsidlar, zararkunandalarga qarshi 
ishlatiladigan insektitsidlar, paxta terimi oldidan barglarni to‘kish uchun 
ishlatiladigan defoliantlar – bularning barchasi dalaga tushib ekologik 
vaziyatni yomonlashtirmoqda. Yuqorida keltirilgan kimyoviy moddalar 
tuproq va atrof muhitni ifloslab, oziq zanjiriga o‘tishi orqali insonlar 
sog‘ligiga hamda ekologik vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda (22-rasm). 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə