Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

E-Bt-Bt, f-BC-C. 
Sariq rangda, profilning o‘rta va pastki qatlamlari loy 
zarrachalari yig‘indisidan iborat bo‘lib, singdirish sig‘imi 10-20-30 
mg.ekv/100 g, yuqori aktual va potensial kislotalik, 

qatlamda gumus 
miqdori 5-6 %, 
VT 
qatlamda mayda dispers zarrachalar miqdori ko‘p, 
mineral mahsulot siallitli xarakterda, temir oksidlari profilning pastki 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
144 
qatlamlarida to‘planadi. Bu toifadagi tuproqlardan sitrus ekinlari 
yetishtirishda foydalaniladi. 
Temirli tropik tuproqlar
asosan, Afrikada (50 %) va kamroq 
miqdorda Ovrupa va Osiyo mamlakatlarida tarqalgan. Asosan, tog‘oldi 
tekisliklarida tropik va quruq savannalar tarqalgan bo‘lib, atmosfera yogini 
1000-1300 mm, quruqlik davri 3-4 oyga cho‘ziladigan yerlarda keng 
tarqalgan. Tuproq profili qizil rangda, 

va 
Bt, Vt 
qatlamlari bo‘lib, temir 
oksidi yig‘ilmalaridan hosil bo‘ladi. Mineral tarkibi kaolinit-illit 
mahsulotidan tashkil toptan. Siallit, ferralit xarakteriga ega, singdirish 
sig‘imi 10-20 mg.ekv/100 g, asoslar 50-80-100 % bo‘lib, kalsiy va magniy 
asosiy qismini tashkil qiladi. Temir moddalari ko‘p bo‘lib, profilning yuza 
qismi zarang holatga kelgan. Gumus 2-3%, kuchsiz kislotali muhit
chirindi qatlami 20-30 sm, qishloq xo‘jaligida kofe, kakao, banan va 
mevali mahsulotlar yetishtiriladi. 
Qizil-qo‘ng‘ir savanna tuproqlari 
Afrika, Avstraliya, Janubi-
Sharqiy Osiyoda baland tekisliklar va tog‘ hududlarida tarqalgan, 
atmosfera yog‘ini 800-1000 mm, quruqlik davri 6-7 oy bo‘lib, quruq 
savannalar, o‘t-o‘simliklari, akatsiya, kserofit butalar ostida rivojlangan. 
Issiqlik harorati o‘rtacha 24-28 °S, namlik koeffitsiyenti 0,6-0,8 savannalar 

qatlamida gumus 1,5-2-3% ni tashkil qiladi. Profilning yuqori qatlami 
yengil mexanik tarkibli bo‘lib, uning tagida esa loyga boy, illyuvial-
strukturasiz, temirga boy, so‘ng esa temir konkretsiyali, uning ostida temir-
ohak mahsulotidan iborat kankar qatlamlari uchraydi. Temirga boy 
bo‘lganligi uchun bu tuproqlar qizil rangli, Avstraliya, Hindiston, Birma, 
Janubiy Amerikada tarqalgan, asosan, araxis, makkajo‘xori va paxta 
yetishtiriladi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə