Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Sinov savollari: 
1.
Fersiallitli tuproqlar deganda nimani tushunasiz? 
2.
Ular qayerlarda tarqalgan? 
3.
Bu tuproqlar qanday hosil bo‘ladi? 
4.
Ularning morfologik tuzilishi, xossalari qanday? 
5.
Ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish holatini tushuntiring? 
37-bob. Ferrallit tuproqlar 
 
Bu toifadagi tuproqlar gumid mintaqasining tropik va subtropik 
mintaqalarida keng tarqalgan. Tuproq hosil qiluvchi mahsulot juda 
yemirilgan bo‘lib, tarkibida kvars, kaolinit, gidrooksidlar yig‘ilib, kremniy 
va ishqoriy moddalar miqdorining kamligi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlar 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
145 
uchun asosiy xususiyat: 1) SiO2, Al2O3 loy qismida 2,0 yoki undan 
kichik; 2) chang zarrachalari 5 % dan kam bo‘lib, birlamchi yemirilish 
holatida; 3) loy zarrachalar tarkibida kaolinit minerali asosiy o‘rinni 
egallaydi. Tuproq profili qalin bo‘lib, loy zarrachalari serob, rangi qizil 
yoki sariq va singdirish sig‘imi 5-10 mg.ekv/100 g ni tashkil qiladi. 
Ferralit tuproqlar profili uch qismdan iborat: gumus akkumulyativ A 
qatlam, juda kam bo‘lgan loy-metamorfik V
ox 
qatlami o‘zgargan tog‘ jinsi 
bo‘lakchalaridan tashkil topgan. Bu tuproqlardan ferrallitizatsiya 
jarayonida birlamchi minerallar gidrolizga uchrashi natijasida ishqoriy 
materiallar va kremniy gidrooksidlari ajralib, loy mahsulotlari – 
montmorillonit minerallari hosil bo‘ladi. Shuning uchun bu mineral doimo 
metamorfik jarayonda ishtirok etadi. 
Ferrallitizatsiya jarayoni bir necha bosqichda amalga oshirilib, oxirgi 
hosil bo‘lgan montmorillonit mahsulotlari denudatsion kuchlar yordamida 
yoki pastqam joylarda to‘planib, vertikal qatlamlarni hosil qiladi. 
Minerallar debazatsiya va aralashma birikmalar orqali kaolinitlarga 
aylanadi. Natijada, kvars, kaolinit, gibbsit va getitga boy loyli mahsulot 
shakllanadi. Ferrallitizatsiya jarayonida tuproq qoplami yaxshi yuviladigan 
va amorf holatdagi yemirilgan mineral mahsuloti chiqib ketadigan joylarda 
rivojlanadi. Ferromagnezial minerallarning yemirilishi tufayli temirga boy 
mahsulot paydo bo‘lib, oksidlanish va qaytarilish sharoiti rivojlangan 
joylarda organik kolloidlar yordamida, ferralit tuproqlarda mahlum 
geokimyoviy muhitda temir oksidlari bilan boyib, temir qatlamlar lateritlar 
hosil bo‘ladi. 
Laterit qatlami ingliz geologi F.Byukenen (1807) tomonidan 
Hindistonning Malabar qirg‘og‘ida o‘rganilgan bo‘lib, tuproqning ichida 
gidrogen usulda temir oksidiga boy, quruq holatda zarang – pishiq g‘ishtga 
o‘xshagan mahsulot. Lateritlar ikki xil bo‘lib: 1) pizolit no‘xotsimon temir 
birikmalarining yumaloq shakli; 2) vermikulyar temirdan tashkil topgan 
g‘ovaksimon kaolinitdan iborat bo‘lgan birikmalardan tashkil topgan. 
laterit qatlamlari yer relyef iga bog‘liq bo‘lib, yuvilish jarayoni natijasida 
turli shakldagi qatlamlarni hosil qiladi. Ferrallit tuproqlar doimo nam 
subtropi yoki tropik yashil o‘rmonlar tagida hosil bo‘ladi. Biomassaning 
miqdori 500 t/ga ni tashkil qiladi. Afsuski, barcha biofil va oziq moddalari 
shu yashil biomassa tarkibida bo‘lib, tuproq tarkibiga kirmaydi va 
singdirilmaydi. Shuning uchun ham ferrallitlarni doimo unumdor deb 
bo‘lmaydi. Ferrallit tuproqlar uch toifaga bo‘linadi: 1) ferrallit 
tabaqalanmagan (ferrasollar YUNESKO/FAO bo‘yicha) yoki V
ox
qatlamli 
tipik ferrallitlar; 2) tabaqalangan ferrallitlar (FAO bo‘yicha nitosoli) aniq 
Vt, Ox, ammo noaniq oqargan ellyuvial Ye qatlamlardan tashkil topgan; 3) 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
146 
kuchli tabaqalangan kvars kaolinitli (akrisol yoki ferrakrisol) Ye qatlami 
aniq oqarib turgan ellyuvial qatlami mavjud tuproqlardir. 
Birinchi toifadagi tuproqlar G‘arbiy Gruziya, Amerikaning janubiy 
va markaziy Florida shtatida, Afrika, Janubiy Xitoy, Okeaniya orollari, 
Avstraliya va Yangi Zellandiyada tarqalgan. Gruziyada A.N.Krayanov 
(1894), V.V.Dokuchayev (1899), K.D.Glinka (1906), A.I.Romashkevich 
(1979) tomonidan chuqur tekshirilgan. 
O‘rmonlar tagida hosil bo‘lgan ferrallit tuproqlarda gumus 10%, 
uning tarkibini gumin va fulfokislotalar bilan birikkan oksidlar va 
kalsiydan iborat moddalar tashkil qiladi. Singdirish sig‘imi tarkibida 
kalsiy, magniy kam, natriy bilan kaliyning miqdori juda kam bo‘ladi. 
Bu toifadagi tuproqlar donador, g‘ovak, yumshoq bo‘lib, ulardan 
sitrus ekinlarini o‘stirishda foydalaniladi. 
Ferrallit tabaqalangan podzollashgan qizil va qizil-sariq tuproqlar 
G‘arbiy Gruziya, Efiopiya, Zair kabi mamlakatlarda keng tarqalgan. 
G‘arbiy Gruziya tuproqlari M.N.Sabashvili (1936, 1945), B.B.Polinov 
tomonidan o‘rganilgan. Bu tuproqlar boshqa tabaqalanmagan toifalaridan 
profilida aniq loy-akkumulyativ Vt, Ox o‘rta qatlam mavjudligi, loyliligi, 
unumdorliligi, zichligi bilan ajralib turadi. 
Ferrallitli kuchli tabaqalangan tuproqlar temir moddalarining 
kamligi, kislotaliligi va oqish rangi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlar Afrika 
va 
Osiyo 
qit’alarida 
S.V.Zonn 
(1964), 
V.M.Fridland 
(1964), 
V.V.Dobrovolskiy tomonidan o‘rganilgan. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə