Turlari va tuzilishi



Yüklə 35,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü35,61 Kb.
#135610
  1   2   3   4


 
 
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences 
Hosted online from Toronto, Canada. 
Date: 
5
th
August, 2023 
ISSN: 2835-5326
Website:
econferenceseries.com
19 | 
P a g e
TARIX O’QITISHNING TASHKILIY SHAKLLARI. DARS, UNING 
TURLARI VA TUZILISHI 
Muhammadiev Kamolxon Mahmudxonovich 
Kosonsoy tuman 1 son kasb-hunar maktabi 
"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi mudiri 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Tarix o’qitishning tashkiliy shakllari. Dars, uning turlari va 
tuzilishi haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so’zlar:
Tarix, ta'lim – tarbiya, vazifa, maqsad va vazifalar, tarkibiy 
qismi,keying qism, bosh g’oya. 
Tarix dars jarayoni oldiga qo’yilgan ta'lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirishning 
eng muhim shartlaridan biri har bir sinfda o’qitiladigan tarix kursining tutgan o’rni, 
uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari, har bir bo’lim va bo’limdagi mavzular, hatto har 
bir darsda o’tiladigan mavzuning ham juz'iy vazifalari oldindan aniq belgilab 
olingandan keyingina tarix o’qitishga kirishish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning maqsad va vazifalarini 
muvaffaqiyatli amalga oshirish birinchi navbatda o’qituvchining har bir darsning 
ta'lim-tarbiya vazifalarini oldindan aniq va to’g’ri belgilab ola bilishiga bog’liqdir. 
Bu ham, o’z navbatida, o’qituvchining darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri 
belgilash metodi va usullari haqidagi nazariy bilim va malakalarining darajasiga 
bog’liqdir.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim-tarbiya 
vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir darsning ta'lim-
tarbiya vazifalarini, shuningdek, uning boshqa darslar sistemasida to’tgan o’rnini 
aniq belgilash va shu vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Lekin har qanday 
tarbiyaviy vazifani ham, bir yoki bir necha darsda yoki sinfdan tashqari 
mashg’ulotlarda o’tkaziladigan ayrim tadbirlar vositasida batamom mukammal hal 
qilib bo’lmaydi. Har bir tarix darsida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarix 
o’qitish oldiga qo’yilgan g’oyaviy va tarbiyaviy vazifalarning qandaydir bir 
elementi amalga oshiriladi.



Yüklə 35,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə