Turlari va tuzilishi



Yüklə 35,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü35,61 Kb.
#135610
1   2   3   4
 
 
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences 
Hosted online from Toronto, Canada. 
Date: 
5
th
August, 2023 
ISSN: 2835-5326
Website:
econferenceseries.com
20 | 
P a g e
Shuning uchun ham o’qituvchi har bir tarix darsiga tayyorlanishda bu dars oldin 
o’tilgan darslarning davomi, bu darsda hal qilinishi kerak bo’lgan ta'lim-tarbiya 
vazifalari esa oldingi yoki kelgusi darslarda bajariladigan ta'lim va tarbiya 
vazifalarining ajralmas bir tarkibiy qismi ekanligini unutmasligi kerak. Ilmiy 
dunyoqarashniig asosini tashkil etuvchi muhim tushunchalarni o’quvchilar 
astasekinlik bilan, bir qancha darslar davomida o’zlashtirib boradi, yangi 
tushunchalar keyingi dars materiallari asosida konkretlashib, yangi mazmun bilan 
boyiydi. Keyingi dars o’quvchilarning avvalgi darslarda olgan bilimi, orttirgan 
malakalarini kengaytiradi, ularda yangi tushunchalar hosil qiladi. O’quvchilar 
tarixiy protsesslarni keng va chuqurroq tushunadigan bo’lib boradi.
O’qituvchi har bir navbatdagi darsni rejalashtirar ekan, butun tarix kursining bir 
qismi bo’lgan bu darsda ta'lim va tarbiya vazifalarining qaysi bo’lagi yoki elementi 
qay darajada, qanday materiallar asosida va qaysi tomonini hal qilishi, o’quvchilarni 
qanday umumiy xulosalarga olib kelishi, qanday tarixiy tushunchalarni aniqlashi 
yoki kengaytirishi, qanday yangi g’oyalar tushuntirilishi, ularni qay tarzda 
tanishtirishi kerakligini puxta o’ylab olishi zarur. O’qituvchi butun tarix kursining 
ta'lim-tarbiya vazifalarini ayrim temalarning ta'lim-tarbiya vazifalari bilan bog’lab 
rejalashtirmog’i kerak. 
Temalar bo’yicha rejalashtirish temalarni o’qitishning metodik sistemasini ishlab 
chiqishga yordam beradi. Temalar bo’yicha rejalashtirganda har bir temaning butun 
tarix kursida tutgan o’rni va roli aniqlab olinadi. Har bir darsning ta'lim-tarbiya 
vazifalari o’z-o’zidan emas, balki o’qituvchining ongli va planli ishi asosidagina 
muvaffaqiyatli amalga oshiriluvi mumkin. 
O’qituvchi darsga tayyorlanayotganda o’quv programmasining hajmi va 
mazmunini hisobga olib material tanlaydi, programma va darslik asosida dars 
planini to’zadi, materialni joylashtiradi va uni bayon qilishda hujjat va boshqa 
ko’rsatmali qurollardan foydalanish metodlarini belgilaydi. Ammo, bu ishlar 
o’qituvchi darsning asosiy g’oyasini, undan ko’zlanayotgan ta'lim-tarbiya 
vazifalarini, darsda nimaga erishish, o’quvchilarda qanday tasavvur va tushuncha 
xosil qilish kerakligini aniq va to’g’ri hal qilgan taqdirdagina o’qituvchi ko’zlangan 
maqsadga erishishi mumkin.
Darsning bosh g’oyasi va uning tarbiyaviy vazifalari to’g’ri va aniq belgilanmay 
o’tkazil-gan dars programmada ko’rsatilgan faktlarni tasodifan, shunchaki sanab 



Yüklə 35,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə