Tushuntirish xati



Yüklə 4,24 Mb.
səhifə25/46
tarix31.03.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#103867
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
11-sinf Sinf soati (6)

Sana:_________________________
16-Mavzu:Yangi yil muborak
Kun shiori: “Yangi yilda orzularim olam jahon”
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilda ezgu niyatlarni orzu qilishni singdirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:”,Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yangi yil, yaxshi yil ”
O`qituvchi: Yangi yil bayrami bizda har yili 31-dekabrda nishonlanadi. Lekin ushbu bayram turli davlatlarda turlicha urf-odatlar asosida nishonlanar ekan. Bilishni istaysizmi? Qadimda... 13 yanvar kuni ko'pgina xristian diniga e'tiqod qiluvchilar davlatlarda «Eski yangi yil» bayrami nishonlanadi. Bu ham yangi yilning bir ko'rinishidir. Qadimgi Misrda yangi yil bayrami Nil toshqini bo'lgan kunda nishonlanar edi. Bu ko'pincha sentyabrning oxiriga to'g'ri keladi. Nil daryosining toshishi misrliklar hayotida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Ularning fikricha, shu kunlarda quyosh xudosi Amon o'z xotini va o'g'li Binn bilan daryodan suzib o'tishadi. So'ng yana ibodatxonaga qaytishadi. Shuning uchun ham ular bu kunni bayram sifatda nishonlashagan. Bobilda esa yangi yil bayrami bahorda nishonlangan.Bu vaqtda qirol mamlakatni tark etadi. Xalq esa o'zlari xoxlagan yumushni bajarishadi. Qirol qaytib kelishi bilan aholi o'z ishi bilan shug'ulanadi. Rimliklar uzoq vaqtlargacha yangi yilni birinchi martda nishonlab kelishgan. Eramizdan avval 46 yilda Yuliy Sezar yangi taqvim joriy etgan. Shundan keyin yangi yil 1 yanvarda nishonlana boshlandi. «Yanvar» so'zi Rim hudosi Yanus nomiga qo'yilgan. Rimliklarning fikricha, u ikki boshga ega bo'lib, biri yangi yilga, ikkinchisi bilan eski yilga qarab turgan. Rim yangi yil festivali Kalends deb nomlangan. O'damlar shu kunlari bir-birlariga sovg'alar ulashishadi, bayramni nishonlashadi. Keltlar(hozirgi Fransiya va Angliyaning bir qismida yashovchi aholi) yangi yilni oktyabrning oxirida nishonlashgan. Ularning bayrami Samheyn deb nomlanib, «yil yakuni» degan ma'noga ega. Keltlar shu kuni barcha ruhlar tirilishiga ishonishgan. Bugungi kunda... Avstraliya. Yangi yil Avstraliyada 1 yanvarda nishonlanadi. Bu erda shunchalik issiq bo'ladiki, qorbobo va qorqiz bayramda cho'milish kiyimida sovg'a ulashishadi. Indoneziya. Indrneziyada yangi yilni oktyabrda nishonlashadi. Ular shu kuni o'tgan yildagi ayblari uchun bir-birlaridan uzr so'rashadi. Eskimoslar. Kimdir yangi yilni 1 aprelda, kimdir oktyabrda, yana kimdir yanvarda nishonlashadi. Eskimoslar uchun esa birinchi qor yoqqan kun yangi yil hisoblanadi. Birma. Birmada yangi yil bayrami aprelda nishonlanadi. Buni boshqacha qilib suv bayrami deb atasa ham bo'ladi. Hatto Tinjon deb atalgan suv estivali ham o'tkaziladi. Birmaliklar bir hafta davomida bir-birlarini suvga bo'ktirishadi. Xitoy. Xitoyda yangi yilni raketalar va xlopushkalar sadosi ostida kutib olishadi. Avvallar bunday vositalar bambukdan qilinar edi. Xitoyda yangi yil bayramining birinchi kunida janjallashish ta'qiqlangan. Italiya. Yangi yilda Italiyada bo'lsangiz uylarga yaqin yurmang. Chunki ular shu kecha eski buyumlarini derazadan uloqtirishadi. Italiyaliklarning fikricha, qancha ko'p narsa otsang, yangi yilda shuncha ko'p boylik keladi. Shuning uchun boshingizga hatto shkaf ham tushishi hech gap emas.

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə