Tushuntirish xati


O’z maqsadlarimizga yetishish uchun birinchi galda kuchli iroda kerak



Yüklə 4,24 Mb.
səhifə46/46
tarix31.03.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#103867
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
11-sinf Sinf soati (6)

O’z maqsadlarimizga yetishish uchun birinchi galda kuchli iroda kerak
Iroda — odamning ichki va tashqi intilishlari, imkoniyat va salohiyatini maqsad yo‘lida safarbar etish, qat’iyat bilan harakat qilish, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishga, har qanday sharoitda ham ruhiy muvozanatni saqlashga asos bo‘ladigan ma’naviy fazilat. Inson mustahkam iroda tufayli keraksiz hoyu havaslardan voz kechadi, turli ma’naviy va moddiy qiyinchiliklarga bardosh beradi, o‘z hayot yo‘lini belgilab oladi. Insonning ma’naviyati yuksalishi bilan uning irodasi ham kuchayib boradi. Iroda — bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o‘ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi. Har qanday sharoitda bunday insonga suyanish mumkin. U boshingizga biror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo‘lsa, hech ikkilanmasdan, yoningizda turib, qo‘lidan kelgancha yordam berishga, qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda yengishga harakat qiladi.Irodasi mustahkam, imon-e’tiqodli insonni har qanday yengil-yelpi xatti-harakatlar va buzg‘unchi g‘oyalar bilan yo‘ldan ozdirib bo‘lmaydi. Mustahkam iroda mafkuraviy immunitetning asosidir.Mafkuraviy immunitetni shakllantirish uchun insonda kuchli, mustahkam iroda bo‘lishi lozim. Mafkuraviy immunitet esa ilmga tayanadi. Ilmli inson o‘z faoliyatini ko‘r-ko‘rona emas, balki chuqur o‘ylab, mushohada bilan boshqaradi.Irodali inson muqaddas an’analarimiz, milliy qadriyatlarimiz, moddiy va ma’naviy merosni asrab-avaylashni oliy maqsadiga aylantiradi. Shuning barobarida tarixni, Vatanining tarixini bilgan yoshlarni chalg‘itib bo‘lmaydi, ular irodali yoshlardir. Mustahkam iroda orqaligina ma’naviyatni anglash mumkin. Ma’naviyatning asosiy mezonlari ham kuchli, mustahkam irodaga tayanadi.Qayerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi tayin. Milliy g‘oya, milliy mafkuraga ega bo‘lmagan inson o‘ziga va yon-atrofdagilarga nisbatan befarq bo‘ladi.Bizning zaminimizda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz, xususan, Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa allomalarimizning o‘lmas bebaho asarlari, ilmiy merosida insonlarning irodali va kengfe’llik bo‘lishi, faqat o‘qib-o‘rganish orqaligina yuksak ma’naviyat egasi bo‘lish mumkin degan fikrlar qayd etib o‘tiladi.Yuksak ma’naviyat qaror topgan jamiyatda fuqarolarning faolligi ham, vatanparvarligi ham yuksak bo‘ladi. Haqiqiy iroda shunda ko‘rinadi.
Ta’tilingiz maroqli o’tsin
Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə