Tushuntirish xati


Kun shiori:Intilganga tole yor



Yüklə 4,24 Mb.
səhifə44/46
tarix31.03.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#103867
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
11-sinf Sinf soati (6)

Sana:
33-mavzu: Men tanlagan kasb

Kun shiori:Intilganga tole yor


Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, ularga bir harf bo`lsa ham o`rgatgan tarbiyachi, o`qituvchi, o`zlari turli xil to`garaklarga borayotgan murabbiylarga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
I.Taskiliy qism: salomlashish,davomat,tozalik
Doskada: “Intilganga tole yor, o`z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo`lida hech tolmang!”
II.Asosiy qism:
O`qituvchi: Kasbning eng yaxshisi kishining , o`z qo`li bilan bajarilgan ishi va halol savodidir. Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar.
Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar. Bunday natijaga erishish uchun ta'limning ilk bosqichlaridayoq mustahkam bilim olish talab etiladi. Bu esa o'z o'rnida pedagog xodimlar zimmasiga bir qancha vazifalarni yuklaydi. Kasb-hunarga yo'naltiruvchi o'qituvchilar va psixologlar o'z vazifalarini sidqidildan ado etib, o'quvchilarga mavjud kasblar, hunarlar haqida to'liq va aniq ma'lumotlar berib borishlari zarur.
Kasbiy axborot berish o'quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblar, mehnat bozorining holati, xo'jalik majmuasining malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojlari, kasblar bozori rivojlanishining mazmuni va kelajagi, kasblarning shakllari, kasb egasiga qo'yiladigan talablardan iboratdir.
Hademay siz uchun qadrdon bo`lgan maktabingizni bitirib, har biringiz o`zingiz tanlagan akademik-litseylar va kasb-hunar kollejlariga hujjatlaringizni topshirib, o`n ikki yillik majburiy ta’limni davom ettirasiz. Va kelajakda o`zingiz sevgan kasb egasi bo`lasiz. Darhaqiqat,bu dunyoda kasblar juda xilma-xil. Kasblar orqali hamma o`zining yo`lini topib oladi va jamiyatda o`z o`rniga ega bo`ladi. Siz mustaqillik sharofati bilan, juda katta imkoniyatlar yurtida ta’lim olasiz. Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari, akademik-litseylar jahon andozalariga javob beradigan darajada ta’mirlangan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim beriladi. Siz bitiruvchilar esa yaratilgan shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib olishingiz kerak. Siz tanlagan kasb-hunar kolleji, o`zingizga qulay hududda joylashgan bo`lsa, yana ham yaxshi. kitoblarni o’qib chiqib, munosib farzand bo’lishga o’zimga so’z beraman. Chunki, men buyuk allomalarni dunyoga keltirgan zaminda yashamoqdaman. Bu zamin faqat va faqat ziyolilarni dunyoga keltiradi.

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə