Tushuntirish xati


Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zi orzu qilgan kasb haqida ma’lumot beradilar



Yüklə 4,24 Mb.
səhifə45/46
tarix31.03.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#103867
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
11-sinf Sinf soati (6)

Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zi orzu qilgan kasb haqida ma’lumot beradilar.
Sana:
34- Mavzu:―Men kecha ,bugun va ertaga‖ psixologik trening mashg’uloti
Kun shiori:«lola tuxmicha g‘ayrat, pilla qurticha himmat»
Maqsad:O’quvchilar o’z oldiga qanaqa maqsadlar qo’yganliklari, mehnat qilish, kasb tanlash, buning uchun ular nimalar qilayotganligi hamda, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, ularga bir harf bo`lsa ham o`rgatgan tarbiyachi, o`qituvchi, o`zlari turli xil to`garaklarga borayotgan murabbiylarga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:

Aziz o‘quvchi, agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o‘zingiz, kelgusi hayotingiz uchun ibrat bo‘ladigan ko‘p narsalarga guvoh bo‘lasiz. Oyog‘ingiz ostiga qarang: yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko‘rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelyapti, birortasi chetga chiqib, «qo‘l qovushtirib» turgani yo‘q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o‘tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa turg‘izgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo‘llariga g‘ayrat baxsh etgan. Holbuki, bular – biz «ongsiz», «aqlsiz» sanaganimiz qumursqalar, xolos. Siz bilan biz esa INSON degan nomni ardoqlamog‘imiz lozim.


Bu o‘rinda ham ulug‘ bobomiz hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilib aytadiki:
Tuxum yerga kirib chechak bo‘ldi,
Qurt jondin kechib ipak bo‘ldi.
Lola tuxmicha g‘ayrating yo‘qmu,
Pilla qurticha himmating yo‘qmu?
Lolaqizg‘aldoqning tuxumi – urug‘ini siz yo ko‘rgansiz yoki yo‘q: u nihoyatda mayda narsa. Qishloq joyda yashaydigan o‘quvchilar esa bahorda olib kelib, tut bargi bilan boqiladigan ipak qurtining qo‘lga yuq bo‘lmaydigan darajada nozik, ojiz bo‘lishini yaxshi bilishadi. Qarangki, lolaqizg‘aldoqning urug‘i qora yerga kirib, bir kun qarasangiz, tabiatni, inson ko‘zi va ko‘nglini behad yayratadigan chechakka – gulga aylanadi. Pilla qurti bo‘lsa, o‘z jonidan kechish evaziga atrofiga nafis ipak o‘raydi, undan dunyo ahli o‘ziga libos tikib, insoniy qiyofasini bezaydi...

Polaponlarini boqish, parvarishlash, turfa hujumlardan asrash yo‘lida jon chekayotgan qushni, naslini saqlab qolish uchun jonini garovga qo‘yib harakat qilayotgan boshqa parranda-yu darrandalarni aytmay qo‘ya qolaylik. Buyuk mutafakkirimiz inson bolasini bu narsalardan ibrat olmoqqa da’vat etadi. Ayrim tekinxo‘r, «bersang – yeyman, ursang – o‘laman» qabilida kun o‘tkazadigan kimsalarga esa hech bo‘lmaganda «lola tuxmicha g‘ayrat, pilla qurticha himmat» tilaydi!
Darhaqiqat, ongli, oqilona uyushtirilgan mehnatgina kishilik jamiyatining gullab-yashnashiga, fuqarolarning insondek hayot kechirishiga asos bo‘la oladi. Zero, mehnat tufayli inson o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Mehnat orqali odamning iste’dodi, uquvi, layoqati yuzaga chiqadi, ko‘rinadi. Mehnat bilan mashg‘ul bo‘lish jarayonida insonning dunyoqarashi kengayadi, bilimi ortadi, jismoniy hamda ma’naviy jihatdan shakllanishi va yuksalishi tezlashadi.
Inson mehnati aqliy va jismoniy mehnat turlariga bo‘lim Ular orasiga sun’iy to‘siq tiklab, bir-biriga zid qo‘yish esa mutlaqo yaramaydi. Aksincha, o‘z hayotida har ikki mehnat turining uyg‘unligiga erisha olgan shaxs har tomonlama yetuklikka ko‘tariladi. Aqliy mehnat inson aqlini charxlab, tafakkurini rivojlantirsa, jis­moniy mehnat uning jism-u joni barkamol, sog‘lom o‘sishi uchun zamindir. Bunday kamolotga erishganlar mehnatda toblangan, el-yurt va oilasida hurmat ila obro‘ topgan, o‘z mehnati bilan bir qatorda o‘zgalar mehnatidan rohatlanadigan, uni qadrlaydigan insonlar hisoblanadi.

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə