Tushuntirish xati


Sana: 20-mavzu: Kitob ma’rifat chirog’i



Yüklə 207,87 Kb.
səhifə30/47
tarix28.11.2023
ölçüsü207,87 Kb.
#138368
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta-hozir.org (1)

Sana:
20-mavzu: Kitob ma’rifat chirog’i
Kun shiori:Kitob o’qish-ma’naviy yuksalish omilidir
Mashg’ulotning maqsadi:Asarlar va asarlarni tanlash haqida keng ko’lamli ma’lumotlar berish.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, va media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirdi.
I. Tashkiliyqism. a) salomlashish. b) davomatni aniqlash.
Qisqa savollar;
  1. Inson bu - …


  2. Fazilat bu …


  3. Adolat bu …




II. Asosiy qism. O’quvchilar biz sizlar bilan o’tga yillarda o'qigan bir asarni yodimizga olaylik. Bu — fransuz adibi Ekzyuperining «Kichik shahzoda» qissasi. Agar hayotga solishtirsak, bu qissadagi aksariyat voqealaming bolishi umuman mumkin emas. Axir har bir odamning bittadan alohida planetada yashashini yoki ilonning odam bilan donishmandlardek suhbatlashishini tasavvur qilib bo'ladimi? Agar san'at asariga yuzaki yondoshilsa, bu singari savollami ko'plab keltirish, yozuvchi — san'atkorni airmachilikda ayblash ham mumkin. Aksincha, agar asar mohiyatiga chuqurroq nazar tashlansa, qahramonlar mulohazalariga e'tibor berilsa. har bir personaj, tasvirlangan voqea ramziy xarakterda ekani hisobga olinsa, qissaning sir-u sinoati ko'z oldingizda ochila boshlaydi. Mo'jazgina bir qissada olam va odam to'g'risidagi haqiqatlar naqadar chuqur ifoda etilgani ma'lum bo'ladi.. . Xuddi shunday gapni eramizdan avval bitilgan Sofoklning «Shoh Edip» fojiasi-yu zamondosh shoirimiz Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostoni to'g'risida ham aytish mumkin. Demak, inson o’qiyotgan asarini tushunishni. his qilishni istasa, avvalo, o'z didi, ong-u shuurini tarbiyalamog'i talab etilar ekan. San'atni tushunish, his etish esa odamning har tomonlama yuksalishi, ma'naviy boyishiga sabab bo'ladi. Agar sakson-to'qson yoshli buvi-buvalaringizga quloq tutsangiz, ular tirikchilik juda qiyin bo'lgan paytlari ham, hatto urush yillarida ham kechqurunlari qo'ni-qo'shnilar bir xonadonga yig'ilishib, qora chiroq yorug'ida xalq dostonlarini, qadimgi qissalarni, Mashrab va Navoiy kitoblarini o'qiganlarini eslab berishadi. O'ylab ko'ring: san'atga, adabiyotga bu qadar tashnalikning siri nimada? Nega odamlar qorni ochligi, usti yupunligini unutib, san'at dunyosiga sayohatga,kitob o’qishga chiqishgan?Gap shundaki, chinakam insonlar hayotni faqat yeb-ichish. o'yin- kulgi bilan o'tkazishni o'zlari uchun or deb biladilar. Chunki inson, birinchi navbatda, ma'naviy boy bo'lishga harakat qilmog'i, jisminigina emas, ruhini ham doimiy oziqlantirmog'i talab qilinadi. O'tmishda ibratli iz qoldirgan jamiki tarixiy shaxslar avvalo ruhiy-ma'naviy jihatdan qudratli bo'lgani bilan boshqalardan ajralib turganlar. Sen ham jisman balog'at yoshiga qadam qo'ygan ekansan, endi ruhan ham balog'atga yetishmoqni jiddiy o'ylashing kerak bo'ladi. Buning uchun esa oltindan qimmat vaqtn' bekorga sovurmaslik, navqiron umringning har bir daqiqasini mazmun va mohiyat bilan to'ldirishga harakat qilishing lozim. Agar inson ma'naviy kamolotini qurilishl: lozim bo'lgan binoga qiyoslasak, har kuni unga kamida bir «g'isht qo'yish» talab qilinadi. U esa turli shaklda mutolaa qilingan qiziqarli kitob, tomosha qilingan spektakl yoki film, borib ko'rilgan muzey, ko'rgazma shaklida bo'lishi mumkin. Agar o'zingda qaysidir san'at yo'nalishiga ichki rag'bat sezib, biror asar yaratish bilan mashg'ul bo'lsang, undan-da quvonarli. Bu jarayonda eng qalbingdan atrofga ko'z ilg'amas nur taraladi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Zero, tafakkur dunyodagi jamiki nur manbaidan qudratliroqdir. Badiiy tafakkur quvvat esa undan-da kuchlidir". Asarlar- uni yaratgan xalq ma'naviy-ruhiy qiyofasining ko'zgusi hisoblanadi. Yodingda bo'lsa, sohibqiron bobomiz Amir Temur o'zi tavallud topgan yurt — Kesh (Shahrisabz)ga qurdirgan Oqsaroy devorlariga: «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo'lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» — deb yozdirib qo'ygandi. O'ylab ko'raylik: nima uchun buyuk sarkarda o'zining kuch-u qudratini lak-lak qo'shin, behisob qurol-yarog' bilan emas, xalq qurgan binolar bilan o'lchashga da'vat qilyapti? Gap shundaki, mamlakat va millat salohiyati aslo uning harbiy qudrati, millionlab askarga ega bo'lishi bilan belgilanmaydi. Yuzaki qaraganda. Cliingizxon yoki Gitler armiyasi chakana kuchga qudratga ega edimi? Xo'sh, ulardan nima qoldi? Vayron qilingan, kultepaga aylantirilgan shahar va qishloqlar, millionlab begunoh insonlarning murdalarimi? Ular barpo qilgan saltanatlar insoniyat taraqqiyotini bir joyda to'xtatish, hatto ortga tortishdan boshqa nimaga yaradi? Bu «janongir»lar minglab qatlgoh, yuzlab kontslagerlar qurgani, millionlab inson bolasini tiriklayin o'tga otganini jahon ahli biladi. Lekin ular odamzodning baxt-u saodati, ertangi kuni, ma'naviyati va ma'rifati uchun xizmat qiladigan biror narsa qoldirdilarmi?..
III.Mashg’ulotni yakunlash
Topshiriq: Har kim o’zi o’qigan asarlar ro’yxatini tuzsin. Shu asarlardan eng yaxshisini tanlasin,shuning mazmuni haqida qisqa aytib, shu kitobdan qandau ma’naviy ozuqa olganligini so’zlab bersin



Yüklə 207,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə