Tushuntirish xati


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 207,87 Kb.
səhifə35/47
tarix28.11.2023
ölçüsü207,87 Kb.
#138368
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta-hozir.org (1)

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Inson salomatligida, oq xalatli shifokorlarning ahamiyati katta ”
O`qituvchi:
Abu Ali ibn Sino jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga buyuk hissa qo`shgan olimlardan biridir. Yirik qomusiy olim sifatida u o`z davri ilm-fanining deyarli barcha sohalari bilan shug`ullangan. Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha esa uning 240 ta asari yetib kelgan.
Ibn Sino asarlari orasida uning mashhur “Tib qonunlari” nomli shoh asari tibbiyot ilmining qomusi hisoblanadi. Olimning juda ko`p qimmatli fikrlari, jumladan, uning inson sog`lig`ini saqlash haqidagi, parhez, gigiyena to`g`risidagi xulosa va maslahatlari hanuzgacha o`z ahamiyatini yo`qotmagan. U barcha yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanishni tavsiya etgan. Ayniqsa, asab kasalligiga mubtalo bo`lganlarga jismoniy usullar bilan davolanishni maslahat beradi.
Ibn Sino tibbiyot tarixida fizioterapiya asoschilaridan biri hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta’sirining muhimligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan, ya’ni u kasallikning kelib chiqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan edi: “Kasalliklarning ba’zilari yuqumli bo`ladi. Bular moxov, qo`tir, chechak, vabo isitmasi, yiringli yara kabi kasalliklardir. Xususan, bular odamlarning turar joylari tor va iflos bo`lganda paydo bo`ladi va kasal kishining qo`shnilari shamolning tagida bo`lganda yuz beradi”, deb xulosa chiqaradi olim.
Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari “Kitob ash-shifo”, ya’ni “Davolash kitobi” da bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, zoologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Ibn Sino o`z davridagi barcha ilm sohalarining rivojlanishida turli masalalarni o`z ichiga oluvchi tabiat falsafasiga katta e’tibor beradi. Ayniqsa, tabobat va u bilan bog`liq holda anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, jarrohlik, diagnostika, gigiyena kabi ilmlar Ibn Sino ijodida bir qancha yangi kashfiyotlar bilan boyidi va yuqori bosqichga ko`tarildi.
Ibn Sinoning tog`larning vujudga kelishi, Yer yuzining davrlar o`tishi bilan o`zgarib borishi, zilzila bo`lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta’sir qildi.

Yüklə 207,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə