Tushuntirish xati



Yüklə 207,87 Kb.
səhifə39/47
tarix28.11.2023
ölçüsü207,87 Kb.
#138368
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta-hozir.org (1)

Sana:_________________________
27-Mavzu:“Xalq amaliy san'ati – milliy boyligimiz (Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida).
Kun shiori: “Ilm yo`lida izlanishdan tolmang”.
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol ishtirok etishini, fanlarga qiziqishini rivojlantirish, mehnatsevarlikka o`rgatish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo`lur chiroylik”.
O`qituvchi:
Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o`zingiz, kelgusi hayotingiz uchun iborat bo`ladigan ko`p narsalarga guvoh bo`lasiz. Oyog`ingiz ostiga qarang – yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko`rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelayapti, birortasi chetga chiqib, “qo`l qovushtirib” turgani yo`q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o`tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa qalqtirgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo`llariga g`ayrat baxsh etgan. Holbuki bular – biz “ongsiz”, “aqlsiz” sanaganimiz qumursqalar, xolos. Holbuki, Siz bilan biz INSON degan nomni ardoqlamog`imiz lozim.
Bu o`rinda hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilmoqdalar:
Tuxum yerga kirib chechak bo`ldi,
Qurt jondin kechib ipak bo`ldi.
Lola tuxmicha g`ayrating yo`qmu,
Pilla qurticha himmating yo`qmu?
Aksincha, mehnatni sevmaydigan inson borki, demak, u o`zini ham sevmaydi. Bunday kishilarning dangasaligi, ishqoymasligi oxir-oqibat beuquv va beburd bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. Ayni shunday odamlar qorin to`yg`azish, kunni bir amallab o`tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo`l uradilar. Yalqovlik inson hayotining, kelajagining zavoli, kambag`allikka eltuvchi asosiy yo`ldir. Go`zal va boy hayot kechirmoq uchun esa bor kuch-imkoniyatni ishga solmoq, hunar o`rganmoq, g`ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq zarur. Zero, baxt, boylik, obro`-e’tibor, xotirjamlik o`z-o`zidan kelmaydi. Hayotdagi jamiki ro`shnoliklarga inson faqat o`z aql-u zakovati, mehnati tufayli erishadi. Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham mehnat tufayli yuksaladi. Oila a’zolarining mavqeyi, mahalla-ko`ydagi obro`si, ularga nisbatan o`zgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosiga quriladi. Bir kun kelib inson olamdan o`tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so`zlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga o`rgatgan mehnat saboqlari, kasb-kori avlodlari uchun bebaho boylik bo`lib qoladi.

Yüklə 207,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə