Tuxumlarni inkubatsiya qilishdan oldingi ishlov



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix26.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#132096
1   2   3   4   5   6
2022-1

 
Adabiyot ma’lumotlari. 
Barchamizga ma’lumki inkubator parrandalar (tovuq, 
oʻrdak, kurka, gʻoz, bedana va boshqalar) tuxumidan joʻja ochirib chiqarish uskunasi 
hisoblanadi. Inkubatorlarning tuzilishi murakkab boʻlib, issiklik va namlikni 
boshqaradigan asboblar va tuxumlarni aylantirib turadigan moslamalar bilan 
jihozlangan bo‘ladi. Inkubatorlarga qoʻyilgan sifatli tuxumdan o‘rtacha 80–85% joʻja 
ochib chiqarish mumkin bo‘ladi. Inkubatorlarni ishlatish uchun ham alohida xona talab 
etiladi va talab etilgan xonaning harorati +18
0
C dan past bo‘lmasligi, aniqrog‘i +18-
25
0
C bo‘lishi talab etiladi. Bundan tashqari xona havosining namligi ham inkubatorlar 
tuxumlarining ochib chiqishiga qisman ta’siri bo‘lib, havo namligi 50-70% bo‘lishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Inkubatoriya uchun barcha qulayliklarni yaratib 
bo‘lganimizdan so‘ng tuxumlarni inkubatorning latoklariga tuxumning uchki qismini 
pastga qaratib, ya’ni havo kamerasi tepaga qaragan holatda latoklariga joylashtirib 
chiqiladi. Inkubatorlarning hozirgi kunda turlari ko‘p bo‘lib, avtomatlashtirilgan va 
avtomatlashtirilmagan turlari, bundan tashqari sig‘imi jihatidan har xil turdagilari 
ishlab chiqarilmoqda. Shulardan misol tariqasida tovuq tuxumlari uchun xona 
sharoitida 24, 48, 88 talikdan tortib, parrandachilik fabrikalarida 55 ming gacha va 
undan ortiq tuxumga moʻljallangan "Universal-55", IKP-90, "Kavkaz" inkubatorlardan 
foydalanib kelinmoqda. Tadbirkorlikni uy sharoitida boshlash maqsadida esa hozirgi 
kunda 500-1000 ta tovuq tuxumi sig‘adigan inkubatorlardan foydalanish tavsiya
etiladi [9]. 
 
1-jadval. 
 
Tuxumlarni inkubatsiya qilish uchun optimal saqlash sharoitlari. 
 
Saqlash vaqti (kun) Harorat (°С) Namlik (%) Aylanish 
Holat 
1-3 
18-21 
70-80 
Yo‘q 
Pastga qaragan 
4-7 
15-18 
70-80 
Yo‘q 
Pastga qaragan 
>7 
10-12 
80-88 
Mavjud Yuqoriga qaragan 
Odatda inkubatorlarga tovuq tuxumlariga optimal harorat +37,5
0
C hisoblanadi, 
lekin hozirgi kundagi zamonaviy inkubatorlarda barcha turdagi parranda tuxumlari 
uchun o‘rtacha harorat +37,5
0
C etib belgilanadi va tuxumni ochib chiqish jarayonida 


283 
ham har xil turdagi parrandalarning tuxumlari har xil vaqtda latoklarga 
joylashtiriladigan qilib ishlab chiqilmoqda. Agarda parranda tuxumlari uchun 
inkubatorlarga haroratni universal qilib har qanday tuxumga mo‘ljallab harorat +38
0

etib belgilansa, bunda tuxumlardan ko‘proq foizini xo‘rozlar tashkil etishi kuzatilgan. 
Tovuq tuxumlari inkubatorga joylashtirilgandan so‘ng 18 kun o‘tgach latoklardagi 
tuxumlar inkubatorlarning maxsus yashiklariga latoklari bilan yoki latoklarsiz terib 
chiqiladiki, bu jo‘jalarni tuxumdan osonlik bilan ochib chiqishini ta’minlaydi. Shuni 
ham ta’kidlash kerakki, tuxumlarni inkubatorlarga qo‘yishdan avval va qo‘yilgandan 
so‘ng 4-9 kunlari ovoskopdan o‘tkazish orqali ularni otalangan va otalanmaganlari 
ajratiladi va otalangan tuxumlar inkubatorning latoklariga terib chiqiladi. Bundan 
tashqari tuxumlarning normal holati (katta-kichikligi, tekisligi, po‘stlog‘ining toza va 
butunligi va hakozolar) va ularni og‘irligini ham o‘lchab ko‘rish, og‘irligi esa o‘rtacha 
52-65 grammni tashkil etishi inobatga olinadi [4, 8]. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə