Tuxumlarni inkubatsiya qilishdan oldingi ishlov


-jadval    Tovuq tuxumlarini inkubatsiya qilish



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix26.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#132096
1   2   3   4   5   6
2022-1

2-jadval 
 
Tovuq tuxumlarini inkubatsiya qilish 
 
Davr 
(hafta) 
Muddat 
(kun) 
Harorat 
Namlik 
Aylantirish 
Tuxumni sovutish 

1 – 7 kun 
37,8 °С 
50-55% 
Kuniga 4 
marotaba 
Yo‘q 

8 – 14 kun 
37,8 °С 
45% 
Kuniga 4-6 
marotaba 
Yo‘q 

15 – 18 kun 
37,8 °С 
50% 
Kuniga 4-6 
marotaba 
15-20 daqiqa 
davomida kuniga
2 marta 

19 – 21 kun 
37,5 °С 
65% 
Yo‘q 
Yo‘q 
Agar yuqorida ko‘rsatilgan talablarga to‘liq amal qiladigan bo‘lsak, shundagina 
inkubatorlardan ochib chiqadigan tuxumlar sonining foizi, ochib chiqgan jo‘jalarning 
yashovchanligi yuqori bo‘lib, ko‘zlagan maqsadga erishishimiz mumkin bo‘ladi [5,9]. 
Inkubatsiya amaliyotida inkubatoriya tuxumlarini inkubatorlarga qo‘yishdan 
avval inkubatoriya tuxumlarini saqlash xonalarida uzoq muddat saqlash (7-10 kundan 
ortiq) salbiy oqibatlarga olib keladi, inkubatsion tuxumlarda ikkinchi kundan boshlab 
salbiy ta’sirlar namoyon bo‘la boshlaydi. Norvegiya davlati tadqiqotlarida (2001),
112 ta Ross 208 podasidan olingan inkubatsiya natijalariga asoslanib, tuxumni 
inkubatsiyadan oldin saqlash inkubatsiyaga salbiy ta’sir qiluvchi eng muhim omil 
ekanligini ko‘rsatdi. Inkubatsion tuxumlarni saqlash natijasida jo‘jalarning ochib 
chiqish sifati ham pasayishi ko‘pchilikka ma’lum. Ikkinchi kundan keyin tuxumdan 
ochib chiqish foizlari kuniga 0,7% ga pasayib boradi. Misol uchun, yaqinda 
Belgiyadagi Katholieke Universiteit van Leuven tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda 
Kobb jo‘jalarida 7 kun saqlangandan so‘ng o‘sish sur’ati so‘yish yoshiga qadar 
kamayganligini ko‘rsatdi. Bu tuxumlardan chiqqan jo‘jalar 42 kunligida bir kun 
saqlangan tuxumdan chiqqan jo‘jalarga nisbatan 200 gramm yengil bo‘lgan [2,6]. 
Agar inkubatsiyaning optimal harorat va namlik ko‘rsatkichlariga amal qilinsa, 
jo‘jalar o‘z vaqtida, 21-kuni, 70% dan ortig‘i tuxumdan chiqadi.
Inkubatsiya uchun qo‘yiladigan tuxumlar quyidagi talablarga javob berishi 
kerak: 
1. 7-10 kundan ortiq muddat saqlanmagan bo‘lishi, o‘rtacha 2-kun 
2. O‘rta o‘lchamli, oval, bir tomondan biroz toraygan (barcha nostandart 
tuxumlardan voz kechiladi) 
3. Qobiq holati silliq, sinmagan, yorilmagan, toza 


286 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə