Tuxumlarni inkubatsiya qilishdan oldingi ishlov


Key words:  incubation, chicken embryo, disinfection, hatching eggs, infection,  invasion, temperature



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix26.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#132096
1   2   3   4   5   6
2022-1

Key words:
 incubation, chicken embryo, disinfection, hatching eggs, infection, 
invasion, temperature.
 
Kirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14-iyundagi
PQ–5146-son qaroriga asosan respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, 
shuningdek, parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yanada 
mustahkamlash hamda parrandachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlarini 
qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu sohani rivojlantirish maqsadida imtiyozli 
kreditlar hamda subsidiyalar ajratish, parrandachilik xo‘jaliklari va ozuqa-yem 
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda mavjud quvvatlarni to‘liq ishga 
tushirish, parrandachilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga soliq 
stavkalarini 50%ga qisqartirish, “Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar 
tomonidan xorijiy mamlakatlardan parrandachilik sohasi ekspert va mutaxassislarini 
jalb qilish, naslli tuxum inkubatsiyasini yo‘lga qo‘yish hamda parranda zotlarini 
sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklariga mos, ixcham 


282 
parvarishlash texnologiyalari va organik ozuqalar turlarini yaratish, aholida parranda 
boqish va organik mahsulot yetishtirish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi bir qator 
vazifalar amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan. 
Mavzuning dolzarbligi.
Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida, ayniqsa bahor fasli 
boshlanishi 
bilan 
aholi 
xo‘jaliklarida 
parrandachilik 
yo‘nalishi 
bilan 
shug‘ullanuvchilar tobora ko‘payib bormoqda. Aholi xo‘jaliklari tomonidan ushbu 
sohani yanada rivojlantirish hamda oila byudjetini oshirish maqsadida har xil turdagi 
inkubatorlardan foydalanib kelishmoqda. Shularni inobatga olgan holda ota-ona bruder 
tovuqlarini, yosh jo‘jalarni yashovchanligini saqlab qolish hamda oshirish, ularni 
sog‘lom parvarish qilish, inkubatorlarni va inkubatsion tuxumlarni esa har xil turdagi 
patogen mikroorganizmlar bilan ifloslanishini oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə