Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning


Milliy va umummadaniy kompetensiyasi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə39/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiena talablariga doimo rioya qilish.
Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi : Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish , suhbat , ko‘rsatish , “ Rebusni to‘g‘ri yeching ” topshirig‘i .
Dars jihozi : Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar .
Darsning borishi.

T/R

Bo‘limlar

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O‘quvchilarni rag‘batlantirish

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa



I.Tashkiliy qism.
Yozuv” she‘ri bilan darsni boshlash
O‘quvchilarni darsga tayyorlash .
O‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish , yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini eslatish.
O‘quvchilar bilan kun tartiblari haqida suhbat o‘tkazish.
II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftaridagi bosh “ M” tovush harfini , “Mm” tovush harfi qatnashgan bo‘g‘in , so‘z , gap imlosini tekshirish va rag‘batlantirish .
Doskada “ Mm” harfining o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harf bilan to‘g‘ri yozilishini tekshirish . O‘qituvchi talaffuz qilgan so‘zlar ichidan o‘tilgan “Mm” tovushining o‘rnini topish topshirig‘i beriladi .
Harf , bo‘g‘in va so‘zlardan aytib o‘quvchilarni diktant yozishga o‘rgatish .
O ,i, a, m ,mo, na, non, min, mana , Naim .
O‘quvchilarning vazifalarini ko‘rib chiqib , daftarlarni almashtirish .
III . Yangi mavzu bayoni .
Tuya, Tulki ,turna , taroq rasmlarini ko‘rsatib so‘zlarni talaffuz qildirish. Bu so‘zlar qaysi tovushdan boshlanayotganini so‘rash .
O‘qituvchi :

  • Taqillatib eshikni ,

Kirib keldi “T” harfi .
T” harfi:

  • Tanishtiray o‘zimni ,

Tinglang mening so‘zimni .
Turkiston, Toshkent-u Turon,
Tohir , Tolib, dasturxon.
“T” harfi darsga mehmonlikka taklif etiladi.
Kichik “t” tovushining talaffuzi va yozilishi ko‘rsatiladi , tushuntiriladi . Doskada kichik “t” harfining yozmacha shakli yozib ko‘rsatiladi . Harf yozilishi ko‘rsatilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi . Oldin kichik “t” harfining elementlari yozdiriladi. Undan keyin kichik “t” yozdiriladi .
“Tt” harfiga boshqa harfni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish , yozma shakli ko‘rsatib tushuntiriladi . “Tt” harfiga “a , i , o” harflarini qo‘shib bo‘g‘in hosil qilish yozma shakli ko‘rsatiladi . O‘quvchilarga unli tovushlar bo‘g‘in hosil qilishi tushun-tiriladi . “Tom , tomon , it , mitti “ so‘zlari yoziladi va shu so‘zlar o’qiladi . So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish mashqi bajariladi . Yozilgan har bir so‘z tarkibi tahlil qilinadi.


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə