|
Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabningIjtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
|
səhifə | 7/113 | tarix | 22.12.2023 | ölçüsü | 1,36 Mb. | | #154178 |
| 1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yilBu səhifədəki naviqasiya:
- O‘tgan mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa 3
- Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa 5
- Uyga vazifa 2 daqiqa Jami
- Bir yil o‘n ikki oydir , Yana to‘rtta fasl ham. Har faslda uch oy bor, Havosi –chi xilma-xil. Qishda sovuq ob havo
- Iyun, iyul , avgustda Pishar meva sabzavot. Kuz kiradi sarg‘ayib , Sentabr , oktabr , noyabrda To‘kin bo‘lar dasturxon
- U- zum , ol-ma , shaf – to –li , ol- xo‘ –ri , be-hi . Mevalarning inson salomatligi uchun foydali tomonlari tushuntirilib o‘tiladi . III . Yangi mavzu bayoni .
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish.
Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi: Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish , suhbat , ko‘rsatish .
Dars jihozi : Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar .
Darsning borishi.
T/R
|
Bo‘limlar
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O‘quvchilarni rag‘batlantirish
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I .Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga tayyorlash . “Yozuv darsi” she’ri bilan darsni boshlash . Navbatchi axborot beradi .
Yil, fasl,oy va hafta kuni, sanani so‘rash . O‘quvchlarga yil haqida tushuncha berish .
Bir yil o‘n ikki oydir ,
Yana to‘rtta fasl ham.
Har faslda uch oy bor,
Havosi –chi xilma-xil.
Qishda sovuq ob havo ,
Dekabr , yanvar , fevral.
Bahor – havo iliydi ,
Mart , aprel hamda mayda .
Shundan so‘ng yoz keladi ,
Issiq havosi bilan .
Iyun, iyul , avgustda
Pishar meva sabzavot.
Kuz kiradi sarg‘ayib ,
Sentabr , oktabr , noyabrda
To‘kin bo‘lar dasturxon ,
Mehrjon ham shu oyda
Bir yilning to‘rt fasli ham ,
Zo‘r o‘tadi yurtimda .
II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
O‘quvchilarga doskada kichik va uzun ilmoqchalar chizdirish. O‘quvchilarga bo‘-g‘in haqida tushuncha beriladi .
O ‘quvchilarga mevalarning nomini bo‘g‘inga bo‘lib o‘rgatish.
Mevalarning rasmi birma – bir ko‘rsatiladi .
U- zum , ol-ma , shaf – to –li , ol- xo‘ –ri , be-hi .
Mevalarning inson salomatligi uchun foydali tomonlari tushuntirilib o‘tiladi .
III . Yangi mavzu bayoni .
O‘quvchilarga yozuv daftarlari tarqatiladi . Yozuv daftaridan foydalanish , partada to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani to‘g‘ri ushlash qoidari eslatiladi .
O‘quvchilarga kichik va katta teskari ilmoqlar yozib ko‘rsatiladi va bunaqa ilmoq-lar qayerlarda , nimalarda uchrashi so‘raladi .
Ko‘rsatilgandan so‘ng havoda yozish mashqi ko‘rsatiladi . Shu o‘rinda to‘g‘ri o‘tirish qoidasi , ruchkani uch barmoq orasida ushlash , ruchka bilan barmoq orali-g‘ini eslatib o‘tish .
O‘quvchilar daftardagi namunaga qarab unsurlarni yozadilar .
Ikki tomonli ilgaklarning katta va kichik unsurlarining ham yozilishini doskaga yozib ko‘rsatish . O‘quvchilar havoda yozish mashqidan so‘ng daftarlariga yozadilar.
Darslikdan bo‘g‘inlarga bo‘lib ko‘rsatilgan rasm nomlarini ayting .
Bu so‘zlar necha bo‘g‘in ekanligi tushuntiriladi .
Dostları ilə paylaş: |
|
|