U. G‘afUrov, Q. SharIpov


BILIMINGIZNI SINaB Ko‘rING!



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/119
tarix22.05.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#112172
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119
tadbirkorlik asoslari 11 uzb

BILIMINGIZNI SINaB Ko‘rING!
1. Tadbirkorlik qanday turlarga bo‘linadi?
2. Muayyan tadbirkorlik turini tanlashda nimalar hisobga olinadi? 
3. Ishlab chiqarish tadbirkorligining o‘ziga xos belgilari qanday?
4. Qaysi holatda ishlab chiqarish tadbirkorligini tanlash mumkin?
5. Tijorat tadbirkorligining asosiy jihatlarini izohlab bering.


14
YaKKa TarTIBDaGI TaDBIrKorLIK
3-MavZU
faoLLaShTIrUvChI SavoL va TopShIrIQLar
1 Yuqoridagi rasmlarda ifodalangan qaysi faoliyat turlarini yakka tartibdagi 
tadbirkorlik shaklida tashkil etish mumkin?
2. Ushbu faoliyat turlarini yakka tartibdagi tadbirkorlik asosida olib borish 
mumkinligi nima bilan izohlanadi?
3. Kimlar yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘la oladi deb o‘ylaysiz?
YaKKa TarTIBDaGI TaDBIrKorLIKNING MaZMUNI
Siz tadbirkorlikni boshlashdan avval uni qanday shaklda amalga 
oshirishingizni aniqlab olishingiz lozim. Buning uchun dastlab eng oddiy 
shaklni tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu esa yakka tartibdagi tadbirkorlik 
hisoblanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amal
-
ga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan 
o‘tish kifoya.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tad
-
birkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan 
holda amalga oshirishdir.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli 
yangi tah 
rirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‘g‘risida»gi qonuni, 6-modda


15
JISMoNIY va YUrIDIK ShaXS
Yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan ta’rifda jismoniy shaxs va yuri
-
dik shaxs tushunchalari uchraydi. Shunday ekan, mazkur tushunchalarning 
ma’nosini bilib olish tadbirkorlik shakllari to‘g‘risida kengroq tasavvur 
hosil qilish imkonini beradi.
Yuridik shaxs
– fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari 
hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga ko‘ra, yuridik shaxs o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki 
operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majbu
-
riyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan 
mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lib, ularni amalga oshira 
oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar 
bo‘la oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga 
ega bo‘lishlari kerak.
Jismoniy shaxs
– huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lgan alo
-
hida fuqaroni ifodalovchi tushuncha. U jamoaviy tuzilma bo‘lgan yuridik 
shaxsdan farq qiladi: jismoniy shaxs bevosita o‘z nomidan ish yuritadi – 
faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma – tegishli firma yoki korxonani 
qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart emas. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə