Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‟liq obyektlarni



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

2.Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‟liq obyektlarni 
hisobga olish.
Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olish 
davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha hamda u 
to‘layotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha, soliq solish 
obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar 
bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va 
yuritish orqali amalga oshiriladi. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan 


60
bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazasi soliq to‘lovchi tomonidan 
taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarining ma‘lumotlari, Soliq 
to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida axborot taqdim 
etadigan organlar va tashkilotlartomonidan taqdim etiladigan ma‘lumotlar, 
shuningdek davlat soliq xizmati organlari boshqa manbalardan to‘plagan, shu 
jumladan soliq tekshiruvlari vaqtida to‘plagan axborotlar asosida shakllantiriladi. 
Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi 
ma‘lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu qoidalar tovarlarni 
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi munosabati 
bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga, shuningdek 
undirilishi tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan 
boshqa majburiy to‘lovlarga tatbiq etilmaydi.
3
.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog„liq obyektlarning 
hisobini yuritish. 
Soliq va boshqa majburiy to‗lovning har bir turi bo‗yicha soliq solish obyekti 
hamda soliq solish bilan bog‗liq obyektlar soliq qonunchiligiga muvofiq 
blgilanadi. Soliq to‗lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‗qotilgan yoki yo‗q 
qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari budjetga va davlat maqsadli 
jamg‗armalariga to‗lanishi kerak bo‗lgan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar 
summasini soliq to‗lovchi to‗g‗risida, shuningdek shunga o‗xshash boshqa soliq 
to‗lovchilar to‗g‗risida o‗zlarida mavjud bo‗lgan ma‘lumotlar asosida O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkinSoliq 
kodeksida soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga 
oshirayotgan soliq to‗lovchilar soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq 
obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart. Soliq solish obyektlari va 
soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq to‗lovchilar 
tomonidan buxgalteriya hisobi ma‘lumotlari asosida yuritiladi. Faoliyatning 
muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari 


61
bilan tasdiqlanishi kerak. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq 
obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin. Soliq solish obyektlari va soliq solish 
bilan bog‗liq obyektlarning alohidaalohida hisobini yuritish usuli yuridik 
shaxsning butun kalendar yilga mo‗ljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi 
hamda yil mobaynida o‗zgartirilishi mumkin emas. Hisobga olishning mutanosib 
usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq 
solish bilan bog‗liq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning 
umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo‗yicha realizatsiya qilishdan 
olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga 
kiritiladi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri hisobga olish usuli qo‗llanilganda daromadlar, 
xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‗liq 
obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog‗liq bo‗lsa, shu turga 
kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo‗lmagan daromadlar, 
xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‗liq 
obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga 
kiritiladi. Soliq hisoboti. Soliq hisoboti soliq to‗lovchining soliq va boshqa 
majburiy to‗lovning har bir turi bo‗yicha yoki to‗langan daromadlar bo‗yicha 
hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisobkitoblarga va soliq 
deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‗z ichiga oladigan hujjatidir. Hisobot 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi. Soliq hisoboti 
qog‗ozda va elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat 
tarzida tuziladi. Soliq hisoboti soliq to‗lovchi tomonidan imzolanishi kerak
shuningdek agar u kichik tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan yuridik shaxs bo‗lsa, 
uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti 
soliq to‗lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Yuridik shaxs – 
soliq to‗lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta 
tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to‗lovchiga soliq davri boshlanganidan 
e‘tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo‗lgan davr 


62
yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish 
balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish 
dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan 
e‘tiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Ushbu qismning qoidalari o‗zgartirish, 
shuningdek boshqa yuridik shaxsni qo‗shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan 
yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs 
ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida 
xabardor qilingan sanagacha bo‗lgan muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi. 
Soliq hisobotida ko‗rsatilgan ma‘lumotlarning to‗g‗riligi uchun javobgarlik soliq 
to‗lovchining zimmasiga yuklatiladi. Soliq hisoboti soliq to‗lovchi tomonidan 
Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. Soliq hisoboti soliq 
to‗lovchi hisobga qo‗yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. 
Ayrim turdagi soliqlar bo‗yicha soliq hisoboti ham Soliq kodeksida nazarda 
tutilgan hollarda obyektlar bo‗yicha hisobga qo‗yilgan joy bo‗yicha soliq to‗lovchi 
tomonidan taqdim etiladi. Tadbirkorlik sub'ekilari uchun qulaylik tug'dirish 
maqsadida tadbirkorlik sub'ekilari uchun soliq hisobotlarini faqat elektron shaklda 
taqdim etilish bo'yicha qoida joriy qilingan. Masalan, Jismoniy shaxslar daromad 
solig‗i bo‗yicha soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati 
organiga taqdim etadilar, yuridik shaxslar yer solig‗i va mol-mulk solig‗i bo‗yicha 
soliq hisobotini esa obyektlar joylashgan joyda hisobga qo‗yilgan joy bo‗yicha 
taqdim etadilar. Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to‗lovchida 
Soliq kodeksida belgilangan soliq majburiyati bo‗yicha da‘vo qilish muddati 
mobaynida saqlanadi. 
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning hisobini 
yuritish Soliq va boshqa majburiy to‗lovning har bir turi bo‗yicha soliq solish 
obyekti hamda soliq solish bilan bog‗liq obyektlar soliq qonunchiligiga muvofiq 
blgilanadi. Soliq to‗lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‗qotilgan yoki yo‗q 
qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari budjetga va davlat maqsadli 
jamg‗armalariga to‗lanishi kerak bo‗lgan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar 


63
summasini soliq to‗lovchi to‗g‗risida, shuningdek shunga o‗xshash boshqa soliq 
to‗lovchilar to‗g‗risida o‗zlarida mavjud bo‗lgan ma‘lumotlar asosida O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkin. 
Soliq kodeksida soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini 
amalga oshirayotgan soliq to‗lovchilar soliq solish obyektlari va soliq solish bilan 
bog‗liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart. Soliq solish 
obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq 
to‗lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma‘lumotlari asosida yuritiladi. 
Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli 
hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. Soliq solish obyektlari va soliq solish 
bilan bog‗liq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to‗g‗ridan-
to‗g‗ri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin. Soliq solish obyektlari va 
soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning alohidaalohida hisobini yuritish usuli 
yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo‗ljallangan hisob siyosati bilan 
belgilanadi hamda yil mobaynida o‗zgartirilishi mumkin emas. Hisobga olishning 
mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari 
yoki soliq solish bilan bog‗liq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof 
tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo‗yicha 
realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan 
faoliyat turiga kiritiladi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri hisobga olish usuli qo‗llanilganda 
daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan 
bog‗liq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog‗liq bo‗lsa, shu 
turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo‗lmagan 
daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan 
bog‗liq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan 
turiga kiritiladi. Soliq hisoboti. Soliq hisoboti soliq to‗lovchining soliq va boshqa 
majburiy to‗lovning har bir turi bo‗yicha yoki to‗langan daromadlar bo‗yicha 
hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisobkitoblarga va soliq 
deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‗z ichiga oladigan hujjatidir. Hisobot 


64
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi. Soliq hisoboti 
qog‗ozda va elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat 
tarzida tuziladi. Soliq hisoboti soliq to‗lovchi tomonidan imzolanishi kerak, 
shuningdek agar u kichik 68 tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan yuridik shaxs bo‗lsa, 
uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti 
soliq to‗lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Yuridik shaxs – 
soliq to‗lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta 
tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to‗lovchiga soliq davri boshlanganidan 
e‘tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo‗lgan davr 
yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish 
balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish 
dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan 
e‘tiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Ushbu qismning qoidalari o‗zgartirish, 
shuningdek boshqa yuridik shaxsni qo‗shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan 
yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs 
ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida 
xabardor qilingan sanagacha bo‗lgan muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi. 
Soliq hisobotida ko‗rsatilgan ma‘lumotlarning to‗g‗riligi uchun javobgarlik soliq 
to‗lovchining zimmasiga yuklatiladi. Soliq hisoboti soliq to‗lovchi tomonidan 
Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. Soliq hisoboti soliq 
to‗lovchi hisobga qo‗yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. 
Ayrim turdagi soliqlar bo‗yicha soliq hisoboti ham Soliq kodeksida nazarda 
tutilgan hollarda obyektlar bo‗yicha hisobga qo‗yilgan joy bo‗yicha soliq to‗lovchi 
tomonidan taqdim etiladi. Tadbirkorlik sub'ekilari uchun qulaylik tug'dirish 
maqsadida tadbirkorlik sub'ekilari uchun soliq hisobotlarini faqat elektron shaklda 
taqdim etilish bo'yicha qoida joriy qilingan. Masalan, Jismoniy shaxslar daromad 
solig‗i bo‗yicha soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati 
organiga taqdim etadilar, yuridik shaxslar yer solig‗i va mol-mulk solig‗i bo‗yicha 


65
soliq hisobotini esa obyektlar joylashgan joyda hisobga qo‗yilgan joy bo‗yicha 
taqdim etadilar. Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to‗lovchida 
Soliq kodeksida belgilangan soliq majburiyati bo‗yicha da‘vo qilish muddati 
mobaynida saqlanadi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə