Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


-BO`LIM.“SOLIQ MAMURCHILIGINING RIVOJLANISH



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

 
2-BO`LIM.“SOLIQ MAMURCHILIGINING RIVOJLANISH 
BOSQICHLARI MEXANIZMI” 
5-MAVZU: SOLIQ TO‟LOVCHILAR VA SOLIQ OB‟YEKTLARTINI 
HISOBGA OLISH TIZIMI 
1.Soliq to‟lovchilarni hisobga olish.
2.Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‟liq obyektlarni hisobga 
olish. 
 3.Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog„liq obyektlarning hisobini 
yuritish. 
 
1.Soliq to‟lovchilarni hisobga olish.
Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilarning hisobini yuritadi. Soliq 
to‘lovchilarning hisobini yuritish ularni hisobga qo‘yish va ular to‘g‘risidagi hisob 
ma‘lumotlarini yuritish orqali amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi hisobga 
qo‘yilayotganda unga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami beriladi hamda 
soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisobga qo‘yish ma‘lumotlari O‘zbekiston 
Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestriga kiritiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestri O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan yuritiladi. Davlat soliq xizmati organi tomonidan 
soliq to‘lovchiga berilgan identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi 
guvohnoma yoki soliq to‘lovchi bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati 
organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo‘yilgan holda davlat 


56
ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi 
guvohnoma soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. 
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami muayyan soliq to‘lovchi hisobga 
qo‘yilganda unga beriladigan raqamdir. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami 
o‘zgarmaydi va bekor qilinganidan keyin boshqa soliq to‘lovchiga berilmaydi. 
Identifikatsiya raqami bir marta beriladi va faqat yuridik shaxsning tugatilishi, 
jismoniy shaxsning vafoti yoki boshqa mamlakatga ko‘chib ketishi munosabati 
bilan, ushbu voqealar ro‘y bergandan keyin uch yil o‘tgach, bekor qilinishi 
mumkin. Soliq to‘lovchilarga identifikatsiya raqamlarini berish Vazirlar 
Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan 
«O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini 
berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risida»gi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi 
soliq to‘lovchilarining identifikatsiya raqamlari yagona reestrini shakllantirish; 
soliq to‘lovchilarni hisobga olishni tartibga solish; soliqlarning byudjetga 
tushishini hisobga olish va soliq organlarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha 
ma‘lumotlarni komp`yuterda ishlashni joriy etish; soliq qonunchiligiga rioya 
etilishi bo‘yicha axborotlarning yaxlitligi va ishonchliligi ko‘p tomonlama 
tekshirilishi, nazorat qilinishini tashkil etish; soliq organlari bilan davlat xokimiyati 
va boshqaruvining boshqa organlari, bank muassasalari va moliyaviy tusdagi, 
shuningdek, ko‘char va ko‘chmas mulk bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi 
boshqa tashkilotlar o‘rtasida axborot ayirboshlashni birxillashtirish; daromadlarni, 
to‘langan soliqlarni va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, jismoniy 
shaxslar tomonidan ijtimoiy va boshqa sug‘urta bo‘yicha davlat jamg‘armalariga 
to‘lovlarni 
hisobga 
olishni 
birxillashtirishrni 
ta‘minlashga 
qaratilgan. 
Identifikatsiya raqami soliq to‘lovchining barcha soliq majburiyatlari va barcha 
ijtimoiy huquqlari bo‘yicha yagona hisoblanadi, uning davlat hokimiyati va 
nazorat organlari bilan davlat ijtimoiy sug‘urtasi hamda boshqa sug‘urta 
jamg‘armalaridan to‘lovlar (mablag‘lar) olish bo‘yicha barcha o‘zaro 
munosabatlarida qo‘llanadi va o‘zgartirilmaydi. Soliq to‘lovchining identifikatsiya 
raqami quyidagilarda albatta yozib qo‘yilishi kerak: yuridik va jismoniy 


57
shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada, 
ro‘yxatdan o‘tkazish davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi 
organlarida ularni hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi; faoliyatning 
ayrim turlari bilan shug‘ullanishga doir litsenziyasida; cheklardan tashqari, pul 
bilan hisob-kitob qilinadigan to‘lov hujjatlarida, shuningdek ularning elektron 
shaklida; davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan moliyaviy va soliq 
hisoboti hujjatlarida; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo‘jalik, 
fuqarolik-huquqiy hamda mehnat shartnomalarida; yuridik shaxslar va yakka 
tartibdagi tadbirkorlar bitimlar tuzganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi 
hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalar hamda transport hujjatlarida; 
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda qiymat ifodasiga ega bo‘lgan 
moliyaviy, mulkiy hamda boshqa majburiyatlar yuzaga kelganligini, shuningdek 
ularning bajarilishini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda. Soliq to'lovchining 
identifikatsiya raqami to'qqizta raqamli belgidan iboratdir, dastlabki 8 raqam soliq 
to'lovchining o'z raqami, oxirgi raqam esa nazorat sonini tashkil etadi. Shunday 
qilib, soliq to'lovchining identifikatsiya raqami tuzilishi quyidagicha ko'rinishga 
ega bo'ladi: Soliq to'lovchining identifikatsiya raqamini kodlashtirish uchun 
seriyali tartib usulidan foydalanadi. Bunda soliq to'lovchilarning identifikatsiya 
raqamlari barcha to'plami soliq to'lovchilarning tiplarini aniqlashtiruvchi ikki 
turkumlash guruhiga: jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan. Ushbu 
maqsadlarda 
quyidagi 
kodlardan 
foydalanilishi 
kerak: 
20000000Xdan 
29999999Xgacha — yuridik shaxslar uchun; 40000000Xdan 79999999Xgacha — 
jismoniy shaxslar uchun; bunda X-soliq to'lovchining identifikatsiya raqami 
sonlari izchilligi to'g'riligini nazorat qiluvchi son, ushbu son O'zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo'mitasida komp`yuter tomonidan soliq to'lovchiga 
identifikatsiya 
raqami 
berish 
jarayonida 
muayyan 
algoritm 
bo'yicha 
shakllantiriladi. 
Zarurat 
bo'lganda, 
kodlashtirish 
tizimi 
imkoniyatlarini 
kengaytirish maqsadida quyidagi kodlar zaxira qilingan: 00000000Xdan 
19999999Xgacha; 
30000000Xdan 
39999999Xgacha; 
80000000Xdan 
99999999Xgacha. Soliq to‘lovchi sifatida quyidagilar hisobga qo‘yiladi: yuridik 


58
shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari o‘zlari joylashgan yerdagi 
(pochta manzilidagi) davlat soliq xizmati organida; yuridik shaxsning soliq 
majburiyatini mustaqil ravishda bajaradigan alohida bo‘linmalari — alohida 
bo‘linmaning joylashgan yeridagi yoki faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi 
davlat soliq xizmati organida; jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining 
rezidentlari jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organida; 
yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali 
amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari — doimiy 
muassasaning joylashgan yeridagi va (yoki) faoliyatni amalga oshirayotgan 
joyidagi davlat soliq xizmati organida; mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchilar 
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining 
norezidentlari — soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati 
organida. Soliq to‘lovchida u hisobga qo‘yilganidan keyin yer solig‘i, molmulk 
solig‘i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash bo‘yicha 
majburiyati hisobga qo‘yilgan joydan tashqarida yuzaga kelgan taqdirda, soliq 
to‘lovchi soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida 
obyekt bo‘yicha hisobga qo‘yilishi kerak. Bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati 
organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo‘yilgan holda davlat 
ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan joyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilishi kerak. 
Yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan kundan e‘tiboran o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga 
qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga yuridik shaxs davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova 
qilinadi. Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari soliq 
solish obyekti vujudga kelgan kundan e‘tiboran o‘n kun ichida ushbu Kodeksga 
muvofiq davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim 
etishi shart. Masalan, fuqaro A.Axmedov Olmazor tumanidan uy-joy sotib oldi. U 
o‘n kunlik myddat ichida Olmazor tuman soliq inspeksiyasiga hisobga qo‘yish 
to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Yuridik shaxslar — O‘zbekiston 


59
Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan 
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari mazkur faoliyatni amalga oshirish 
boshlangan kundan e‘tiboran bir yuz sakson uch kundan kechiktirmasdan davlat 
soliq xizmati organiga doimiy muassasa sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi 
arizani taqdim etishi shart. Doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan 
yuridik shaxsning — O‘zbekiston Respublikasi norezidentining hisobga qo‘yish 
to‘g‘risidagi arizasiga shartnoma yoki yuridik shaxs — O‘zbekiston 
Respublikasining norezidenti nomidan O‘zbekiston Respublikasida ish yuritish 
uchun berilgan ishonchnoma, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy 
muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud bo‘lsa, shu shartnoma 
ilova qilinadi. Yer solig‘i, shuningdek ko‘chmas mulkka taalluqli qismida 
molmulk solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston 
Respublikasi norezidentlari yer uchastkasiga, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e‘tiboran o‘n kun ichida davlat soliq xizmati 
organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga unda 
ko‘rsatilgan ma‘lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Davlat soliq 
xizmati organi hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar 
asosida soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini beradi, soliq 
to‘lovchi haqidagi hisobga qo‘yish ma‘lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi soliq 
to‘lovchilarining yagona reestriga kiritadi va tegishli ariza berilgan kundan 
e‘tiboran uch kundan kechiktirmay kundan kechiktirmay soliq to‘lovchi hisobga 
qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə