Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


 Soliqlar yig‟iluvchanligining tutgan o‟rni va ahamiyati



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

 
2. Soliqlar yig‟iluvchanligining tutgan o‟rni va ahamiyati. 


47
Har bir mamlakat taraqqiy etib borgani sari soliq ma‘murchiligini yanada 
takomillashtirib borishga intiladi.Bizning davlatimizda ham soliq siyosatidagi 
qator qonunchilik normalari qayta ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda va bu 
jarayon hali to‘liq o‘z nihoyasiga etganicha yo‘q.Yani soliqlarning undirilish 
mexanizmi murakkabligi, soliq solish tartibining uzilishlari, soliq munosabatlari 
ob‘ektlari, sub‘ektlari o‘rtasidagi aloqalarning to‘la qonun doirasida emasligi soliq 
siyositini yanada takomillashtirib yangicha qiyofada yuzaga chiqishiga asos 
bo‘lmoqda.Jumladan, O‘zbkiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 
iyundagi 
―O‘zbekiston 
Respublikasi 
soliq 
siyosatini 
takomillashtirish 
kontseptsiyasi to‘g‘risida‖gi PF-5468 sonli farmoni bo‘yicha soliq ma‘murchiligi 
borasida yanada yangi o‘zgarishlar boshlandi.Soliq munosabatlarida soliq 
ma‘murchiligi sub‘ektlari masalalari bo‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tilgan. Soliq 
to‘lovchilarga tushadigan soliq yukining og‘irligi, soliq to‘lovchilar tomonidan 
mehnatga haq to‘lash fondiga ajratmalar to‘lashdan qochish holatlari (ya‘ni soliq 
to‘lashdan bo‘yin tovlash) mavjudligining o‘ziyoq soliq ma‘murchiligi sohasida 
soliq munosabatlari sub‘ektlariga alohida to‘xtalishga sabab bo‘la oladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning moliyaviy asoslari shakllanishiga ijobiy 
ta‘sir etishning moliyaviy usullaridan biri soliqlar yig‘iluvchanligi darajasini 
oshirish va soliqlarni undirishda byudjetdan qarzdorlik darajasini kamaytirishdir. 
Bugungi kunda ko‘plab munozaralarga sabab bo‘layotgan soliq tizimi 
modernizatsiyasining alohida bir yo‘nalishi sifatida soliq ma‘muriyatchiligining 
ushbu yo‘nalishiga oid munosabatlarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonunida 
«Davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning 
byudjetga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta‘minlash maqsadlarida tuziladi»
14
deyilgan. Shunga ko‘ra, ular soliq nazoratini amalga oshiradilar. Bugungi kunda 
soliq organlarining funktsiyalari, vaqolatlari va tuzilmasi zamonaviy talablarga 
muvofiq takomillashtirilmogi zarur, ular fiskal-moliya organlari tuzilmasida, eng 
avvalo, soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, Davlat byudjetining 
14
Ўзбекистон Республикасининг 29.08.1997 даги ―Давлат солиқ хизмати тўғрисида‖ги Қонуни1-моддаси


48
daromad qismini barqaror shakllantirishning belgilangan topshiriqlarini bajarish 
masalalarida hali etakchi o‘rinni egallagani yo‘q. Soliq to‘lovchilarning faoliyatiga 
vaqolatli organlarning ko‘p aralashishi, tekshirishlarni amalga oshirish orqali 
ularning erkinliklarini bo‘g‘ib qo‘yib, asosiy faoliyatiga o‘zining salbiy ta‘sirini 
ko‘rsatmokda. 
Mamlakatimizda 
iqtisodiyotni 
yanada 
rivojlantirish 
va 
diversifikatsiyalashtirish bosqichida davlat moliyasini isloh etish borasida amalga 
oshirilayotgan islohotlar hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma‘lumki, soliq tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solishda fiskal va monetar siyosatning o‘rni, nodavlat 
notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini moliyalashtirishning 
zamonaviy yo‘nalishlari, moliyaviy tizim va resurslarni boshqarishning ilg‘or horij 
tajribasidan respublikamizda foydalanish masalalari hozirgi kunda dolzarb 
masalalardan biri sanaladi. 
Mamlakatimizda soliq tizimini takomillashtirish hamda soddalashtirish 
bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada soliq ma‘muriyatchiligi 
shaffofligini ta‘minlash, soliq to‘lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish borasida muayyan 
yutuqlarga erishilmoqda. 
Jumladan, bu yo‘nalishda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‘jalik 
yurituvchi subektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirish maqsadida, eng 
avvalo, ularning daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog‘ini 
kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, soliq yukini kamaytirish 
natijasida korxonalarda o‘z ixtiyorida qoladigan mablag‘lardan ishlab chiqarishni 
zamonaviylashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadida investitsiya 
faoliyatini kengaytirish hamda hodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish imkoni 
paydo bo‘lmoqda. 
Shuningdek, soliq tizimini soddalashtirish va soliqlarni bir xillashtirish 
bo‘yicha amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar, o‘z navbatida, 
korxonalarning buxgalteriya hodimlarini soliqlarni hisoblash va to‘lash ishlarini 


49
soddalashtirishga hamda soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat 
qilishga yordam beradi. 
Ta‘kidlash lozimki, bu boradagi islohotlarni izchil davom ettirish va yanada 
jadallashtirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Binobarin, 
zamonaviy talablarga javob beradigan soliq tizimi – iqtisodiyotni jadal 
rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, investitsiya 
muhitini yaxshilash hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini 
kengaytirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. 
O‘tgan davr mobaynida tadbirkorlik subektlarida tekshirishlarni va ularning 
faoliyatiga asossiz aralashishlarni qisqartirish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari 
qabul qilindi. 
Tadbirkorlik subektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar 
bekor qilindi, hisobotlarning shakli va topshirish muddatlari soddalashtirildi. 
Shu bilan birga, soliq ma‘muriyatchiligi sohasida, jumladan, soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ishda, soliq solinadigan bazani kengaytirishda va 
soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolar 
mavjudligi va bu esa o‘z navbatida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta‘minlashga salbiy ta‘sir 
ko‘rsatmoqda. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi sifatida 
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish belgilangan bo‘lib, ―Xalq bilan 
muloqot va inson manfaatlari yili‖ Davlat dasturida soliq ma‘muriyatchiligi sifati 
va samaradorligini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish 
maqsadida soliqqa tortishni takomillashtirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Mazkur 
vazifalarni to‘laqonli bajarish hamda mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va 
horijiy investittsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, soliq 
yukini kamaytirish orqali soliq solinadigan bazaning kengaytirishga erishish 
maqsadida qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 avgustdagi ―Davlat soliq xizmati organlari 


50
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi PQ-3168-sonli 
Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustdagi 
―Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada 
takomillashtirish to‘g‘risida‖gi 677-sonli qarori tasdiqlandi. 
Soliq ma‘murchiligining muhim funktsiyalaridan biri bu soliqlarning 
yig‘iluvchanlik darajasini taminlash hisoblanadi. Soliqlarning yig‘iluvchanligi esa 
byudjetga soliq tushumlarining o‘z vaqtida tushishini ta‘minlashning qay darajada 
ekanligini bildiradi. Ma‘lumki, soliq tushumlarining miqdori har yili davlat 
byudjeti daromadlari rejalashtirilayotgan vaqtda aniqlanadi. Bu jarayon moliyaviy 
rejalashtirishning aniqlilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Soliqlarning yig‘iluvchanligi deganda soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanishi 
lozim bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning byudjetga o‘z vaqtida va 
bir maromda tushishini ta‘minlash jarayoni tushuniladi.
Byudjetga rejalashtirilgan soliq tushumlari ijrosida hakikatda kelib tushgan 
to‘lovlar soliq yig‘iluvchanligi darajasini, rejaga etmagan qismi esa soliqlar 
bo‘yicha byudjetga bokimanda darajasini ifodalaydi.
Byudjetga boqimanda qarzdorliklar sabablari turlicha bo‘lib, ularga bir qator 
omillar ta‘sir qiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 

Byudjet daromadlarining to‘g‘ri rejalashtirilishi. Agar byudjet daromadlari 
to‘g‘ri rejalashtirilgan bo‘lsa soliq tushumlarining kelib tushishi bilan byudjet 
daromadlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘ladi va soliqlarning yig‘iluvchanligi 
ta‘minlanadi. 

Soliq tushumlarining byudjetga tushish jarayonining prognoz qilinishi.
Ushbu omil eng muhimlaridan biri bo‘lib, soliq tushumlarining byudjetga tushish 
jarayoni qanchalik ob‘ektiv prognoz qilingan bo‘lsa, soliqlarning yig‘iluvchanlik 
darajasi ham shuncha oshadi. Byudjet daromadlari rejalashtirilayotganda soliq 
tushumlarining prognoziga tayaniladi, agar soliq tushumlari noto‘g‘ri darajada 
prognoz qilingan bo‘lib, unga asoslangan holda byudjet daromadlari rejalashtirilsa, 
soliq tushumlarining kelib tushishi va byudjet daromadlarining miqdori o‘rtasida 
manfiy farq yuzaga keladi. 


51

Soliq to‘lovchilarning soliq potentsialining to‘g‘ri aniqlanganligi. Soliq 
to‘lovchilarning soliq potentsialini baholash, ya‘ni ularning zimmasiga yuklatilgan 
soliq to‘lovlarini to‘lay olish darajasini baholash, o‘z navbatida soliqlarni prognoz
qilish darajasiga ta‘sir qiladi, provardida esa byudjet daromadlarini rejalashtirish 
jarayoniga ta‘sir qiladi. Shu jihatdan olganda soliq to‘lovchilarning soliq 
potentsialini to‘g‘ri aniqlash soliqlarning yig‘iluvchanligiga ta‘sir etuvchi muhim 
omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. 

Soliq to‘lovchilar soliq madaniyatining rivojlanganlik darajasi. Byudjetga 
soliq tushumlarining bir maromda kelib tushishi ko‘pincha soliq to‘lovchilarning 
soliq madaniyati darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Soliq madaniyatining 
rivojlanganligi o‘z navbatida soliq boqimandaligining kamayishiga ijobiy ta‘sir 
qiladi. Soliq to‘lovchilar tomonidan o‘zlariga yuklatilgan soliq to‘lovlarini to‘g‘ri 
anglab etgan holda to‘lab borishi, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etishi, 
soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlamasligi soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirishga 
xizmat qiladi. 

Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘lovlarini to‘lash jarayonini 
rejalashtirishni to‘g‘ri tashkil etish darajasi. Soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida 
tushishi ko‘p jihatdan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarishni 
to‘g‘ri tashkil etish, ya‘ni soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni tashkil etishni 
rejalashtirish soliq tushumlarining byudjetga tushish jarayonini ta‘minlaydi, soliq 
to‘lovchilarning byudjet oldidagi qarzdorligini kamaytirishga imkon yaratadi. 
Chunki, soliq tushumlarini to‘lashni rejalashtirish soliq to‘lovchilarning soliq 
majburiyatlariga teng ravishda moliyaviy manbalarni shakllantirishni ham taqozo 
etadi. Soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq to‘lovlari uchun 
moliyaviy manbalarni rejalashtirish bir tomondan soliq boqimandalikni kamaytirsa 
boshqa tomondan soliqlarni to‘lamaganlik uchun moliyaviy va boshqa jarimalarni 
to‘lashning oldi olinadi. 

Soliq undirishga xizmat qiluvchi moliya-kredit organlarining faoliyati 
samaradorligi. Soliq tushumlarining yig‘iluvchanligi yuqorida qayd etib 
o‘tilganlardan tashqari soliq undirishga xizmat qiluvchi organlar, jumladan, bank 


52
muassasalari, bojxona organlari hamda mahallalarning soliqlarni byudjetga 
o‘tkazib berish borasidagi faoliyatiga ham bog‘liqdir. 
Soliq kodeksi, boshqa qonunosti hujjatlarda soliq yig‘iluvchanligiga ta‘rif 
berilmagan hamda soliq yig‘iluvchanligini aniqlash tartibi belgilanmagan. Shu 
bilan birga, iqtisodiy adabiyotda soliq yig‘iluvchanligini ta‘riflashda yagona
yondashuv yo‘qligini ko‘rishimiz mumkin. Tahlillar ko‘rsatishicha, iqtisodiy 
adabiyotda soliq yig‘iluvchanligini nazariy asoslashda bir necha ilmiy 
yondoshuvlar mavjud: 
Birinchi yondashuvda
15
«soliq yig‘iluvchanligi» soliqning fiskal 
funktsiyasidan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida tushuniladi. Mazkur
tushunchani 
amaldagi 
qonunchilik 
asosida 
belgilanadigan 
soliq
majburiyatlarining bajarilish to‘liqligi sifatida ishonarli ta‘riflash va ma‘lum 
davrda soliq majburiyatlari miqdoriga kelib tushadigan soliq to‘lovlari miqdori 
nisbati tarzida ifodalash mumkin.
Ikkinchi yondashuv
16
tarafdorlari soliq yig‘iluvchanligi mohiyatini soliq
organlari faoliyatining reyting ko‘rsatkichi sifatida asoslaganlar. Ushbu ko‘rsatkich 
soliq to‘lovlari haqiqatdagi tushumlari miqdorini o‘rganilayotgan davrning eng 
ko‘p miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi. «Soliqlarning yuz foiz 
yig‘iluvchanligi» tushunchasining o‘zi ma‘lum darajada shartli. Bu shartni to‘liq
amalga oshirishning imkoniyati yo‘q, chunki amaliyotda yil davomida soliqqa 
tortiladigan daromad va boshqa ob‘ektlarning umumiy miqdorini soliqqa tortish
bazalarini rejalashtirishdagi statistik xatolar, soliq to‘lovchilarning soliqni 
to‘lashdan bo‘yin tovlashi, soliq imtiyozlarining joriy etilishi tufayli to‘g‘ri 
aniqlashning iloji yo‘q. Ushbu holatlar soliq yig‘iluvchanligi darajasini faqat 
makrodarajada, ya‘ni respublika, viloyat va tuman doirasida aniqlash zarurligini 
asoslaydi, chunki mikrodarajada, korxona darajasida soliq yig‘iluvchanligini 
15
Муталимова П.М. Урегулирование налоговой задолженности: комплексное решение // Российское 
предпринимательство. 2012. №22 (220). – с. 190-194; Гираев В.К. Комплексный подход к урегулированию 
налоговой задолженности // Казанская наука. 2013. №3. - с. 44-46 .
16
1
Савинов И.Т. Налоговая задолженность: проблемы администрирования и пути регулирования // 
Региональные проблемы преобразования экономики. 2013. №3 (37). – с.210-213; Сиражудинова С.И. 
Повышение эффективности налогового администрирования на современном этапе. Автореферат дис. На 
соиск. уч. степ. к.э.н.. Владикавказ, 2017, с.7. 


53
aniqlash mantiqiy jihatdan olib qaralganda maqbul emas. Binobarin, korxona
miqyosida soliq yig‘iluvchanligi darajasini aniqlashga nisbatan to‘langan soliqlar 
miqdorini yoki unga teskari tushuncha bo‘lgan soliq qarzdorligi miqdorini
aniqlash ma‘qulroq. 
Soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlarini kengaytirish, ularga keng 
imkoniyatlar yaratib berish hamda mavjud tekshirishlarni sonini keskin qisqartirish 
maksadida, Hukumatimiz tomonidan qator qaror va farmonlar ishlab chiqildi.
Soliq ma‘muriyatchiligi sohasida, jumladan, soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni yig‘ishda, soliq solinadigan bazani kengaytirishda va soliq 
to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolar mavjudligi 
va bu esa o‘z navbatida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini 
moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta‘minlashga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. 
Soliq tizimining samaradorligi va soha hodimlarining soliq to‘lovchilarga 
sifatli xizmat ko‘rsatishi, albatta, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq 
organlarini ma‘naviy-axloqiy jihatdan yuqori malakali hodimlar bilan to‘ldirish 
bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ular o‘rtasida 
huquqbuzarliklar profilaktikasini ta‘minlash hamda ular uchun xizmatni o‘tashning 
munosib shart-sharoitlarini yaratishni talab etadi. 
Soliq ma‘muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni yig‘ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq to‘lovchilarning 
huquqiy 
madaniyatini 
oshirishda 
muayyan 
muammolarning 
mavjudligi 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning 
barqaror manbalarini ta‘minlashga salbiy ta‘sir ko‘rsatayotganligi sababli 2017
yilning 
iyul 
oyida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
―Soliq 
ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi PF-5116 
sonli Farmoni qabul qilindi
17
. Mazkur Farmonda soliq ma‘muriyatchiligini 
takomillashtirish va soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish bo‘yicha davlat soliq 
17
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 18 июльдаги ―Солиқ маъмуриятчилигини тубдан 
такомиллаштириш, солиқлар ва бошқа мажбурий тўловларнинг йиғилувчанлигини ошириш чора-
тадбирлари тўғрисида‖ги ПФ-5116 сонли Фармони


54
xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yo‘nalishlari etib quyidagi 7 ta 
vazifa belgilab berildi: 
1.
Soliq ma‘muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, 
soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub‘ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish; 
2.
Soliq solish ob‘ektlari va soliq solinadigan bazaning o‘z vaqtida hamda 
ishonchli hisobga olinishini ta‘minlash, vaqolatli organlar va tashkilotlar 
mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishonchli 
axborotni o‘z muddatida taqdim etish bo‘yicha mas‘uliyatini kuchaytirish; 
3.
Soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama 
ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta‘sirchan 
mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini 
oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish; 
4.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq 
salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish ob‘ektlarini to‘liq qamrab olishni 
ta‘minlash va soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha samarali chora-
tadbirlarni amalga oshirish; 
5.
Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har 
tomonlama ko‘maklashish, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan 
korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, o‘zaro hisob-kitoblar 
mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali soliq 
solinadigan bazani kengaytirish; 
6.
Soliq solish masalalarida, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar 
daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya 
organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati 
organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish; 
7.
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini ma‘naviy-
axloqiy jihatdan yuqori malakali hodimlar bilan to‘ldirish bo‘yicha tizimli ishlarni 


55
amalga oshirish, shuningdek hodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini 
ta‘minlash va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish. 
Shuningdek, 2018 yildan boshlab ―halol soliq to‘lovchi‖ tushunchasi 
amaliyotga joriy qilindi, ya‘ni xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt tomonidan soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda muntazam to‘lab 
kelinganda ularga belgilangan tartibda soliq ta‘tillarini joriy qilish va ularni 
rag‘batlantirish chora-tadbirlarini joriy etish belgilandi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə