Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Davlat soliq xizmati organlarining asossiy vazifalari, majburiyatlari



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

2.Davlat soliq xizmati organlarining asossiy vazifalari, majburiyatlari 
va huquqlari. 
Qonun hujjatlariga asosan Davlat soliq xizmati organlari asosiy vazifalari 
quyidagiar: 

davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq to`g`risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarning to`g`ri hisoblab 
chiqarilishi, to`liq va o`z vaqtida to`lanishi yuzasidan ta‘sirchan nazoratni 
ta‘minlash; 

soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarning soliq to`g`risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat 
maqsadli jamg`armalariga to`liq va o`z vaqtida tushishini ta‘minlash; 

soliq to`lovchilar va soliq solish ob‘ektlarining o`z vaqtida hamda 
ishonchli hisobga olinishini ta‘minlash, ularni soliq ma‘muriyatchiligi jarayoniga 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
va 
ilg`or 
avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etgan holda to`liq qamrab olish 
mexanizmlarini takomillashtirish; 

soliq solinadigan bazani tahlil qilish va kengaytirish bo`yicha 
ta‘sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy 
ko`rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish 
orqali soliqlarning yig`iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, 
soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy usullarni joriy etish, soliqqa oid 
huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va bartaraf etish bo`yicha 
kompleks tadbirlarni amalga oshirish; 


32

pul mablag`larining g`ayrinoqonuniy aylanishi manbalariga barham 
berish, aholi bilan naqd pulli hisob-kitoblarni amalga oshiradigan yuridik va 
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining o`z vaqtida va to`liq 
topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta‘minlash; 

soliq to`lovchilarga to`g`ridan-to`g`ri muloqotsiz elektron xizmat 
ko`rsatishga to`liq o`tish yo`li orqali soliq to`lovchilar bilan ishlashni 
takomillashtirish, ularga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama 
ko`maklashish, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy madaniyatini oshirish; 

xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatini tekshirish masalalari 
bo`yicha respublika nazorat qiluvchi organlari faoliyatining muvofiqlashtirilishini 
ta‘minlash, ushbu ishlarni amalga oshirishda bir-birini takrorlash va 
suiiste‘molliklarga yo`l qo`ymaslik; 

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import 
operatsiyalari amalga oshirilganda qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o`z 
vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish; 
Davlat soliq xizmati organlari o`z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga 
ega: 
1) 
soliq 
to`lovchilarning 
moliyaviy 
hujjatlarini, 
shartnomalarini 
(kontraktlarini), rejalarini, smetalarini, daromadlari to`g`risidagi deklaratsiyalarini 
hamda soliqlarni, boshqa majburiy to`lovlarni hisoblab chiqish va to`lash, 
fuqarolarning yakka tartibdagi jamg`arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga 
jamg`arib boriladigan majburiy pensiya badallarini to`lash bilan bog`liq boshqa 
hujjatlarini, shu jumladan, elektron hujjatlarini, shuningdek eksport-import 
operatsiyalari bilan bog`liq hujjatlarini tekshirish; 
2) soliq tekshiruvlarini o`tkazayotganda: 

hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa 
binolarni (shuningdek, alohida rejimda ishlaydigan korxonalarni), shu jumladan, 
soliq to`lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq 
solish ob‘ektlarini saqlash bilan bog`liq joylarni, ularning joylashgan joyidan qat‘i 
nazar, tekshirish; 


33

mol-mulklarni xatlash va bajarilgan ishlarni, ko`rsatilgan xizmatlarni 
nazorat tartibida o`lchash; 

kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlar (shu jumladan, 
elektron tarzidagi hujjatlarni) saqlash joylarini muhrlab qo`yish; 

soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni hisoblab chiqish va to`lash 
bilan bog`liq hujjatlarni talab qilish; 

hujjatlarni (nusxalarini, shuningdek asl nusxalarini), shu jumladan 
elektron hujjatlarni, predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xom ashyolar, materiallar va 
yarim tayyor mahsulotlar namunalarini), shuningdek huquqbuzarlik predmetlarini 
olib qo`yish, olib qo`yilishi soliq to`lovchi faoliyatining to`xtab qolishiga olib 
keladigan hujjatlar bundan mustasno. Soliq to`lovchi faoliyatining to`xtab 
qolishiga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo`yish faqat sud qarori 
asosida amalga oshiriladi; 

soliq to`lovchidan, shuningdek rahbarlik funktsiyalarini yoki 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funktsiyalarini amalga oshiradigan 
shaxslardan, soliq to`lovchining boshqa moddiy javobgar xodimlaridan 
tushuntirish xatlari, axborotlar, ma‘lumotlar, hujjatlar va ularning nusxalarini olish; 

tekshirilayotgan soliq to`lovchilarning rahbarlaridan asosiy vositalar, 
tovar-moddiy boyliklar, pul mablag`lari va hisob-kitoblarni xatlovdan o`tkazishni 
talab qilish; 

tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertizani tayinlash; 

soliq to`g`risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf 
etilishini talab qilish; 

O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish; 
3) savdo, tovarlar sotish va pulli xizmatlar ko`rsatish qoidalariga rioya 
etilishi, shuningdek naqd pul tushumining bankka o`z vaqtida topshirilishini, shu 
bilan birga naqd pul mablag`lari yoki plastik kartochkalar bo`yicha to`lov shakliga 
qarab narxlarni sun‘iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa 
mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanish, belgilangan tartibda 


34
talonlar va cheklarni berish, naqd tushumni o`z vaqtida va to`la hajmda 
inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlarni belgilangan tartibga 
muvofiq amalga oshirish; 
4) soliq tekshiruvlarini o`tkazayotganda fiskal xotirali nazorat-kassa 
mashinasida saqlanayotgan ma‘lumotlardan foydalanish; 
5) belgilangan tartibda quyidagilarni olish: 

banklardan va boshqa kredit-moliya tashkilotlaridan soliq to`lovchilarning 
hisob-kitob hisobvaraqlarida yoki boshqa hisobvaraqlarida amalga 
oshirilgan operatsiyalar haqidagi, shuningdek ushbu hisobvaraqlarda mavjud 
pul mablag`lari to`g`risidagi ma‘lumotlarni;

bojxona organlaridan va boshqa vakolatli organlardan import-eksport 
operatsiyalari amalga oshirilganligi va soliq to`lovchilar to`g`risidagi boshqa 
zarur ma‘lumotlarni; 

vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan davlat soliq xizmati organlari 
mansabdor 
shaxslarining 
xizmat 
vazifalari 
masalalari 
bo`yicha 
ma‘lumotlarni; 
6) belgilangan tartibda: 

qurilish, montaj, ta‘mirlash va boshqa ishlarni nazorat o`lchovidan 
o`tkazish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish; 

iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashishda ilmiy-texnik vositalardan va 
usullardan foydalanish; 

o`tkaziladigan tekshirishlarda boshqa nazorat qiluvchi organlar, vazirliklar 
va idoralar bilan hamkorlik qilish; 

mansabdor shaxslarni, fuqarolarni aniqlangan huquqbuzarlik faktlari 
bo`yicha tushuntirishlar berish uchun soliq xizmati organlariga taklif etish; 
7) soliq to`lovchi tomonidan hisobga olish hujjatlari yo`qotib qo`yilgan yoki 
yo`q qilingan hollarda O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat 
maqsadli jamg`armalariga to`lanishi kerak bo`lgan soliqlar hamda boshqa majburiy 
to`lovlar summasini soliq to`lovchi to`g`risida o`zida mavjud bo`lgan axborotlar, 


35
shuningdek boshqa ana shunday soliq to`lovchilar to`g`risidagi ma‘lumotlar 
asosida hisob-kitob qilish yo`li bilan mustaqil ravishda belgilash; 
8) soliq majburiyati bo`yicha da‘vo qilish muddati mobaynida soliqlar va 
boshqa majburiy to`lovlarning hisoblab chiqilgan summasini hisoblab chiqarish 
yoki qayta ko`rib chiqish; 
9) soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni undirish funktsiyalarini amalga 
oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarni soliqlar va boshqa majburiy 
to`lovlarning to`g`ri hisoblab chiqilganligi, to`liq undirilganligi va O`zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjetiga hamda davlat maqsadli jamg`armalariga o`z 
vaqtida o`tkazilganligi yuzasidan nazorat qilish; 
10) soliq tekshiruvini o`tkazishga soliq to`lovchi tomonidan to`sqinlik 
qilinganda yoki hududlarni, binolarni, shu jumladan, soliq to`lovchi tomonidan 
daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish ob‘ektini saqlash 
bilan bog`liq joylarni tekshirish uchun davlat soliq xizmati organi mansabdor 
shaxslarini kiritish rad etilganda, soliq to`lovchi ma‘lum qilingan manzilda 
bo`lmaganda, shuningdek soliq to`lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) 
moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo`yicha tafovutlarning asoslari 
yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan 
holatlarda bank hisobvaraqlari bo`yicha operatsiyalarni to`xtatib turish bo`yicha 
sud tartibida chora-tadbirlar ko`rish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirish hamda terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan holatlari bundan 
mustasno) 
11) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda: 
soliqqa oid huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishni ko`rib chiqish va yuridik 
hamda jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanktsiyalarni qo`llash. Xo`jalik 
yurituvchi sub‘ektlarga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar sud tartibda qo`llanadi, 
ular sodir etilgan huquqbuzarliklardagi aybini e‘tirof etgan va moliyaviy 
sanktsiyalar summasini ixtiyoriy ravishda to`lagan holatlar bundan mustasno; 
ma‘muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish va ma‘muriy 
jazolar qo`llash; 


36
12) aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo`yicha tovar-moddiy 
boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda davlat daromadiga 
o`tkazish. Soliq to`lovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning 
tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o`tkazish sud tartibida amalga 
oshiriladi; 
13) soliq to`lovchilar tomonidan noqonuniy olingan mablag`larni davlat 
daromadiga undirish to`g`risida ularga nisbatan sudga da‘volar taqdim etish; 
14) soliq to`lovchi majburiyatlarining bajarilishi zarurligi to`g`risida va soliq 
qarzini majburiy tartibda undirish bo`ycha ko`riladigan chora-tadbirlar to`g`risida 
soliq to`lovchiga talabnoma yuborish; 
15) soliq to`lovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e‘tiboran o`n kun 
mobaynida yozma ariza bermagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy 
to`lovlarning ortiqcha to`langan summalarini soliq qarzini, shu jumladan ular 
bo`yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olishni amalga oshirish 
to`g`risida tegishli moliya organlariga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish; 
16) O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan holatlarda 
hujjatlarni, agar ular chet tilda tuzilgan bo`lsa, notarial tasdiqlagan holda davlat 
tiliga tarjima qilishni talab qilish; 
17) yuridik shaxslarning foyda solig`i, obodonlashtirish va ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish solig`i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, 
mol-mulk solig`i bo`yicha joriy to`lovlar summasi hisob-kitob bo`yicha byudjetga 
to`lanadigan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ko`proq kamaytirilgan taqdirda, 
joriy to`lovlarni soliqlarning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan 
holda qayta hisoblash; 
18) bozorlarda, savdo komplekslarida va ularga tutash bo`lgan avtotransport 
vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida bir martalik yig`imning to`liq 
tushganligini va uni topshirish hisobini, ijara to`lovini, nazorat-kassa 
mashinalaridan foydalanilishini, hisob-kitob terminallarini, savdo va xizmatlar 
ko`rsatish qoidalariga rioya etilishini belgilangan tartibda qisqa muddatli 
tekshirishlarni amalga oshirish, shu jumladan, naqd pul mablag`lari yoki plastik 


37
kartochkalar bo`yicha to`lov shakliga qarab narxlarni sun‘iy ravishda oshirish yoki 
pasaytirish, shuningdek belgilangan tartibda talonlar va cheklarni berish, naqd 
tushumni o`z vaqtida va to`la hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan 
tekshiruvlarni o`tkazish. 
19) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo`lgan 
avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida aniqlangan moliya- 
iqtisodiy va soliq soxalaridagi buzilishlar sodir etilganligi faktlari bo`yicha 
tergovga qadar tekshiruvlar o`tkazish, ular bo`yicha jinoiy ishlar qo`zg`ash, 
keyinchalik ishlarni tergovga tegishliligiga qarab qonun hujjatlariga muvofiq 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish. 
Davlat soliq xizmati organlari davlat statistika, axborot, arxiv, ma‘lumot va 
boshqa tashkilotlarining soliq to`lovchilar haqidagi ma‘lumotlarni berish yuzasidan 
ko`rsatadigan xizmatlari (bajaradigan ishlari) uchun haq to`lashdan ozod qilinadi. 
Davlat soliq qo`mitasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va 
javobgarligi «Davlat soliq xizmati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi 
Qonuni, ―Davlat soliq qo`mitasi to`g`risida‖gi Nizom, shuningdek ―Davlat soliq 
xizmati organlarida xizmatni o`tash to`g`risida‖gi Nizom bilan tartibga solinadi. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə