Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


-MAVZU: SOLIQ MA‟MOURCHILIGINI AMALGA OSHIRISHDA



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

3-MAVZU: SOLIQ MA‟MOURCHILIGINI AMALGA OSHIRISHDA 
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARINING O‟RNI VA SOLIQ 
QONUNCHILIGI TARG‟IBOTI 
1.
 
Davlat soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi.
2.
 
Davlat soliq xizmati organlarining asossiy vazifalari, majburiyatlari 
va huquqlari. 
3.
 
Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organ va tashkilotlar bilan 
o`zaro hamkorligi. 
 
1.Davlat soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlari tizimi soliqqa 
tortiladigan sub‘ektlar va ob‘ektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq 
to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan 
iborat. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat soliq xizmati organlari 
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida" 2018 yil 26 
iyundagi PQ-3802-son qarori ijrosini ta`minlash hamda vazifalarni bajarish 
yuzasidan, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada 
takomillashtirish maqsadida Vazirlar Markamasi
 
17 aprel 2019 yilda 320-sonli
 

Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to`g`risida‖gi
 
qarorini qabul qildi. 
Ushbu qarorga qilingan 1-ilova ―O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo`mitasi to`g`risida‖gi Nizom bilan O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
xizmati organlari maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatining 
tashkiliy asoslari belgilab qo`yildi. 
Davlat soliq xizmati organlari soliq to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya qilinishini 


26
ta‘minlash soxasidagi nazorat bo`yicha respublika davlat boshqaruvi organi 
hisoblanadi. 
Davlat soliq qo`mitasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga bo`ysunadi. 
Davlat soliq qo`mitasi tizimiga Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq 
inspektsiyalari, shuningdek tasarrufidagi tashkilotlar va ta‘lim muassasalari kiradi. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə