Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


 Soliq tizimida soliq ma‟murchiligini takomillashtirish tamoyillarining



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

2. Soliq tizimida soliq ma‟murchiligini takomillashtirish tamoyillarining
ustuvorligi. 
Bugungi kunda Respublikamizda soliq siyosatini erkinlashtirish, soliq 
tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu uning 
tashkiliy 
tuzilishini 
ya‘ni 
soliq 
ma‘murchiligini 
soddalashtirish 
va 
takomillashtirishdan iborat.
Soliq ma‘murchiligining mohiyati, vazifalari, qoidalari, soliq solish stavkalari 
va soliqqa tortiladigan ob‘ektlarning hozirgi talqini soliq tizimi shakllanishining 
O‘zbekiston xususiyatlariga xos bo‘lgan hamda erkin bozor munosabatlariga o‘tish 
davrida bajariladigan o‘ziga xos vazifalar bilan bog‘liq dolzarb masalalar echimiga 
yo‘naltirilgan. Sababi soliq ma‘murchiligida mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy 
va ijtimoiy manfaatlari mujassamlashadi.
Xorij andozalariga ko‘ra soliq organlari tizimi ikki elementdan tarkib topgan: 
- soliq ma‘murchiligi tizimi; 
- soliq organlarini tashkil qilish tizimi. 
Soliq ma‘murchiligi atamasi soliq xizmati tizimida keng tarqalmaganligi 
uchun unga shu o‘rinda ta‘rif berib o‘tishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Soliq ma‟murchiligi
‖ - soliq organlari umumiy faoliyatini tashkil etish va 
boshqaruv tizimi bo‘lib, u soliq organlarida qonun tomonidan ko‘zda tutilgan 
funksiyalarni bajarilishini ta‘minlaydi. 
Soliq ma‘murchiligi tushunchasi tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-
davlat byudjetiga soliq to‘lovlarini tushishini ta‘minlash buyicha 
rejalashtirish; 
-
soliq munosabatlarining tashkiliy shakl va metodlari asosida boshqaruv 
tizimi; 
-
soliq nazorati tadbirlari. 


20
Soliq 
munosabatlarining 
zamonaviy 
samarali 
boshqaruv 
tizimini 
ta‘minlashimiz uchun soliq ma‘murchiligining quyidagi funksiyaviy xususiyatlari 
takomillashtirilishi zarur bo‘ladi. 
Birinchidan, - soliq ma‘murchiligi davlat byudjetining daromad qismini 
shakllantirishda soliq tushumlarini rejalashtirish funksiyasini bajaradi va 
soliqlarning mezon kriteriy ko‘rsatgichlari buyicha rejalashtiriladi. Bunda asosan:
-
mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sish sur‘atlarini inobatga olingan holda 
soliq tushumlari, ularning tarkibiy turlari buyicha bashoratlashtiriladi; 
-
davlat byudjetining soliqli daromadlari aniqlanadi; 
-
byudjet daromadlariga nisbatan xarajatlar farqi (defistiti) aniqlanadi; 
-
davlat byudjetidagi respublika va mahalliy byudjetlar mablag‘lari ulushi 
aniqlanadi. 
Soliq tushumlarining rejalashtirilishi quyidagicha muddatlarda mo‘ljallanib 
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, ya‘ni qisqa muddatli reja – odatta 
joriy bir yillik soliq tushumlarini rejalashtirish; va uzoq muddatli maqsadli reja – 
bir yildan uzoq muddatga rejalashtirish. 
Ikkinchidan, - soliq hisobini yuritish funksiyasi ya‘ni soliq organlari 
tomonidan soliqlarning umumiy buxgalteriya hisobini olib borish. 
Soliq ma‘murchiligining bu funksiyasida soliq to‘lovchilar sonining 
o‘zgarishi dinamikasi, belgilangan soliq va yig‘imlarning o‘z vaqtida byudjetga 
tushishi, soliq organlarining moliyaviy ahvoli. Bu borada quyidagi vazifalarni 
bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
-
soliq to‘lovchilarni ruyxatdan o‘tkazib hisobini olib borish; 
-
soliq to‘lovchilarni hisobotlari va deklarastiyalari buyicha ish yuritish; 
-
soliq tushumlari buyicha ortiqcha to‘lov va boqimandalar hisobini yuritish; 
-
ma‘lumotlar natijasini tahlil qilish. 
Uchinchidan, - soliq nazorati funksiyasi. Bu funksiyaning xususiyati samarali 
soliq ma‘murchiligining muhim sharti hisoblanadi. Soliq nazoratining asosiy 
maqsadi soliq to‘lovchilarning soliq to‘lovlaridan qochishini, buyin tovlashni 
oldini olishga qaratilgan. 


21
Soliq nazoratining amaliyotdagi foydalaniladigan shakllari quyidagicha:
-
soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida davlat byudjetiga tushushining nazorati; 
-
soliq huquqbuzarliklarini oldini olish buyicha monitoring; 
-
mavjud ma‘lumotlarga asoslangan holda qisqa muddatli, rejali tekshirish va 
hujjatli reviziya o‘tkazish; 
-
tekshiruv materiallari buyicha ma‘muriy amaliyot yuritish ya‘ni qo‘llanilgan 
ma‘muriy va moliyaviy jarimalarning to‘lanishini nazorat qilish. 
To‘rtinchidan, - soliq munosabatlarini tartibga solish. Soliqqa tortish 
jarayonini boshqarishning murakkabligi shundan dalolat beradiki, soliqlar bir 
vaqtning o‘zida ham ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va xo‘jalik xususiyatiga egadir.
Soliq ma‘murchiligining ob‘ekti, soliqqa tortish sub‘ektlaridan turli 
darajadagi byudjetlarga tushadigan mablag‘lar oqimini tashkil qiladi va amalga 
oshirish bilan yuzaga keladigan munosabatlar tizimini muvozanatlashtiradi. 
Soliqlar 
vositasida 
iqtisodiy 
jarayonlarni 
tartibga 
solish 
soliq 
ma‘murchiligining muhim qismi hisoblanib davlatning soliqlar orqali iqtisodiyotni 
boshqaruvi va soliqlar vositasida soliq munosabatlarini rag‘batlantirish tizimini 
tartibga solinishi quyidagi omillarni nazarda tutgan holda amalga oshirilishi kerak: 
-
soliqqa tortish tizimini va tuzilmasining iqtisodiyoti uchun samarali shaklini 
ishlab chiqish; 
-
soliq va yig‘imlar muddati, miqdorini o‘zgartirish; 
-
soliq krediti ya‘ni imtiyozlar berish; 
-
soliqqa tortishning umumiy darajasini o‘rnitish.
Hozirgi paytda islohotlar sari iqtisodiyotni modernizastiyalash jarayonida 
O‘zbekiston iqtisodiyoti, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar o‘rtasidagi huquqiy va 
moliyaviy munosabatlar sohasida yuz berayotgan islohiy o‘zgarishlar va shunga 
monand 
ravishda 
soliq 
siyosatini 
erkinlashtirilishida 
barqaror 
soliq 
ma‘murchiligini takomillashtirishimiz jahon talablariga javob beradigan soliq 
ma‘murchiligi, davlatning moliyaviy ehtiyojlari va soliq to‘lovchilarning 
moliyaviy salohiyatlari asosida optimallashtirilgan rejalarni tuzish, me‘yoriy 


22
tartibga solish va soliq organlari bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi hamkorona 
soliq nazoratini tashkil qilish metodlariga asoslangan bo‘lishi lozim. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə