12
Soliqlar va soliqqa tortish ixtisosligi talabalariga soliq xizmati organlari
tomonidan soliq to‘lovchilarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini soliq
qonunchiligiga rioya etish nuqtai nazardan
nazorat qilishning huquqiy, uslubiy va
tashkiliy asoslarini o‘rganishlari lozim bo‘ladi. Buning uchun esa talabalar soliq
to‘lovchilarga nisbatan soliq majburiyatining yuzaga kelishi, soliq nazorati, uning
shakllari, turlari, nazorat qiluvchi vakolatli organlar,
ularning huquqlari va
majburiyatlari, tekshirish o‘tkazish tartiblari, tekshirish natijalarida aniqlangan
soliq qonunchiligi buzilish holatlari bo‘yicha ma‘muriy
yoki moliyaviy jazo
choralarini qo‘llash bo‘yicha etarli darajada malaka va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishlari lozim. Qolaversa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq
islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan
soliq siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlarni
amalga oshirish ushbu soha
mutaxassislaridan chuqur iqtisodiy bilimga ega bo‘lishni talab etadi.
Bu fanni to‘liq o‘zlashtirgan talaba soliq ma‘murchiligiga oid quyidagi
bilimlarga ega bo‘ladi va amaliy ko‘nikmalar o‘zlashtiradi:
-
Soliq qonunchiligiga oid tekshiruvlarning nazariy, huquqiy,
uslubiy va
tashkiliy asoslarini;
-
Xujjatli, nazorat tartibida va tezkor o‘tkaziladigan tekshiruvlarning mohiyati
va xususiyatlarini;
-
Tekshiruv natijalari haqida shakllantiriladigan tekshiruv materiallarining
tarkibi, ularni rasmiylashtirish tartiblarini;
-
Tekshiruv materiallarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish, aniqlangan huquq
buzilish xolatlari bo‘yicha ma‘muriy yoki jinoiy chora ko‘rish
va ularni
bajarilishini nazorat qilish bilan bog‘liq ishlarni yuritishni.
-
Ma‘muriy amaliyot yuritish bo‘yicha soliq organlarining tekshiruv natijalari
asosida rasmiylashtiriladigan hujjatlarni yuritish tartiblarini;
-
Nazoratchi, taftishchi tekshiruvchi, va davlat soliq xizmati organining
mansabdor shaxslari tushunchalarining amaliy tafsilotini;
-
Nazorat qilish vakolati berilgan funkstiyaviy bo‘limlar
va ularning
vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini;
13
-
Soliq nazoratiga oid dasturiy mahsullarni;
-
Davlat soliq xizmatining inspektorlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlarga
mutaxassis sifatida qo‘yiladigan talablarni.
Dostları ilə paylaş: