Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Soliq munosabatlarini boshqarish tizimida soliq ma‟murchiligining



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

3.Soliq munosabatlarini boshqarish tizimida soliq ma‟murchiligining 
huquqiy asoslari. 
Har qanday tizimning (sohaning) mukammal faoliyat yuritishi, ushbu tizimni 
tartibga solib turuvchi huquqiy asoslarning mukammal, bekamu-ko‘st, puxta va 
pishiq ishlab chiqilganligiga bog‗liq bo‘ladi. 
Shunday ekan, soliq ma‘murchiligining samarali faoliyat yuritishi ham ko‘p 
jihatdan uni huquqiy bazasining mustahkamligi bilan ifodalanadi va unga soliq 
qonunchiligi orqali shakl beriladi. 
Soliq 
ma‘murchiligining 
hukuqiy asoslari deganda, soliqqa oid 
munosabatlarni huquqiy tartibga solishga xizmat qiluvchi, davlat idoralari 
tomonidai qabul qilingan, hamma uchun majburiy bajarilishi lozimligi belgilangan, 
davlatning zo‘rlik kuchi bilan ta‘minlangan qonuniylik hujjatlari tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi soliq ma‘murchiligining huquqiy asoslarini ikki 
guruhga: qonunlar va qonun ostidagi meyoriy hujjatlari
 
guruhlariga bo‘linadi.
Soliq munosabatlarini tartibga solishda qonun me‘yorlari yetakchi va belgilovchi 
ahamiyatga ega, chunki soliqlarni joriy etish, to‘lashga oid masalalar qonunlar bilan 
belgilanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi barcha huquq sohalari ushun, shu jumladan soliq huquqi fani uchun 
ham bosh yuridik manba bo‘lib hisoblanadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 51-
moddasida «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigimlarni 
to‘lashga majburdirlar» deyiladi va shu bilan soliq munosabatlari jamiyatdagi etakchi 
munosabatlardan ekanligi e‘lon qilinadi. 
2.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. O‘zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksi soliq ma‘murchiligining huquqiy asoslarining ikkinchi eng muhim 
manbai hisoblanadi va soliq munosabatlarini tartibga solib borish aynan ushbu qonun 
hujati orqali amalga oshiriladi.


23
3.O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‗risida»gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‗risida»gi Qonuni 
mamlakatimizda soliq to‘g‗risidagi vonun hujjatlarining to‘g‗ri amal qilishini 
ta‘minlovchi va nazorat qiluvchi organ hisoblangan davlat soliq xizmati organlari 
faoliyatini tartibga solib boradi. 
4.O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyat organlari 
to‘g‗risida»gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyat 
organlari to‘g‗risida»gi Qonuniga ko‘ra (6-modda) mahalliy davlat hokimiyati idoralari 
xalq deputatlari, viloyat, shahar, tuman kengashlari, viloyat, tuman, shahar hokimlari) 
o‘z vakolatlari doirasida qaror va farmoyishlar chiqarishlari mumkin va ushbu hujjatlar 
ham soliq ma‘murchiligi manbai sanaladi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining soliq va soliqqa tortishga doir qaror va farmoyishlari ham joylarda soliq 
munosabatlarini amaliyotda qo‘llashda muhim asoslar hisoblanadi. 
Soliq ma‘murchiligining huquqiy asoslari sanaluvchi qonun ostidagi meyoriy 
hujjatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1.O‘zbekiston Rsspublikasi Prezidenti va hukumatining Farmon va qarorlari. 
O‘zbekiston Rsspublikasi Prezidenti va hukumatining Farmon va qarorlari ham, soliq 
ma‘murchiligining huquqiy manbalari orasida muhim o‘rin tutadi. Farmon va qarorlar 
bilan me‘yorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida muhokama etilib, 
tasdiqlangach qonun kuchiga ega bo‘ladi. Mazkur hujjatlar vositasida soliqqa oid 
muhim qoidalar, imtiyozlar, cheklashlar muayyan huquqiy rejim joriy etiladi va bekor 
qilinadi. 
2.O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Respublika 
Markaziy bankining qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida ro‘yxatdan 
o‘tkazigan meyoriy hujjatlar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat soliq 
qo‘mitasi, Respublika Markaziy bankining qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya 
vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazigan meyoriy hujjatlari ham soliq munosabatlarini 
amaliyotda qo‘llashda, soliq ma‘murchiligining huquqiy asoslarida salmoqli o‘rin 
tutadi. 


24
3.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi plenumi qarorlari. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi tomonidan soliqqa oid ishlarni 
ko‘rish yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirish asosida soliq qonunlarini qo‘llash 
bo‘yicha qarorlari ham soliq ma‘murchiligini huquqiy asoslari bo‘ladi. 
Shuni ta‘kidlash joizki, soliq ma‘murchiligini yuqorida sanab o‘tilgan huquqiy 
hujjatlar bilan bir qatorda soliq munosabatlarida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy 
mamakatlar va norezidentlar bilan amaga oshirilganda xalqaro normalar ham 
qo‘llaniladi. 
Biz yuqorida soliq ma‘murchiligining boshqaruv tizimi xususida fikr 
yuritganimizda, boshqaruv sub‘ektlari deyilganda, tegishli huquq va majburiyatlarga 
ega bo‘lgan tashkiliy-huquqiy asosda tashkil etilgan ma‘muriy organlar tushunilishini 
ta‘kidladik. 
Soliq munosabatlarini boshqarish tizimida soliq ma‘murchiligi boshqaruv tizimi 
sub‘ektlarining huquqiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: 

O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi ―Davlat soliq xizmati 
to‘g‗risida‖gi Qonuni; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ―Davlat soliq xizmati 
organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‗risida‖gi 2000 yil 13 martdagi 87-sonli 
qarori; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ―Davlat soliq organlari 
faoliyatini hukukiy tartibga solinishini takomillashtirish to‘g‗risida‖gi 2000 yil 5 
maydagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan; 

―O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‗risida‖gi Nizom. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ― soliq mam‘muriyatchiligini tubdan 
takomillashtirish,soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish 
chora tadbirlari to‘g‘risida‖ gi 2017 yil 18 iyuldagi 5116-farmoni. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ― O‘zbekiston Respublikasining 
soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida‖gi 2018 yil 29 iyundagi 5468-
farmoni. 


25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ― Asosiy makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar va budjet parametrlari to‘g‘risida‖gi 2018 yil 28 dekabrdagi 4086-qarori. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə