Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

“Soliq ma‟murchiligi”
- soliq organlari umumiy faoliyatini tashkil etish va 
boshqaruv tizimi bo‘lib, u soliq organlarida qonun tomonidan ko‘zda tutilgan 
funksiyalarni bajarilishini ta‘minlaydi. 
Soliq ma‘murchiligini mohiyatini aniqlash uchun, bizning nazarimizda, bir 
necha muhim holatlarga e‘tibor bermoq lozim. Ularning muhimlari va eng 
asosiylari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin; 
1. Soliq ma‘murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimidir. 
Soliq ma‘murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimi ekan, biz bu 
erda uning mohiyatini belgilab berishda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan 
―boshqarish‖ so‘ziga alohida e‘tibor berishimiz kerak. Boshqacha so‘zlar bilan 
aytganda, 
―boshqarish‖ning 
mohiyatiga 
xos 
bo‘lgan 
holatlar 
soliq 
ma‘murchiligining mohiyati uchun ham xosdir 


18
Shu
 
erning o‘zida soliq ma‘murchiligining mohiyatini aniqlashga ko‘mak 
beruvchi yana bir holatni aniqlashimiz mumkin. Gap shundaki, soliq 
ma‘murchiligi, birinchi navbatda, soliq munosabatlarini boshqarish tizimi sifatida 
qaralayotgan ekan, uning tizim ekanligiga ham e‘tibor qaratmoq lozim. Soliq 
ma‘murchiligi tizim sifatda qaralsa, tabiiyki, uning bir necha elementlardan 
iborat ekanligi ma‘lum bo‘ladi. 
2. Soliq ma‘murchiligi davlat soliq siyosatining amalga oshirilishini 
ta‘minlaydi va shunga xizmat qiladi. 
Shunday ekan, bu holat ham soliq ma‘murchiligining mohiyatini belgilab 
berishda o‘z ta‘sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shunga mos ravishda soliq 
ma‘murchiligi operativ holda hayotga tadbiq etilayotgan soliq siyosatining asosiy 
yo‘nalishlarini o‘zida aks ettirmog‘i lozim. 
3. 
Soliq 
ma‘murchiligi 
soliq 
organlarining 
faoliyatlarini 
muvofiqlashtirib turadi. 
Bu narsa soliq ma‘murchiligiga bevosita xos bo‘lgan xususiyat bo‘lib, 
hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq organlarining faoliyatlarini tashkil 
etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu siz soliq organlarining faoliyatini 
sog‘lom tashkil etishni tasavvur etish mumkin emas. 
4. Soliq ma‘murchiligining mohiyati, konkret holda, u tomonidan 
bajarilishi mumkin funksiyalar orqali namoyon bo‘ladi.
Soliq ma‘murchiligi, eng avvalo, soliq munosabatlarini boshqarish tizimi 
bo‘lganligi uchun, unga umumiy ko‘rinishdagi boshqarishga xos bo‘lgan barcha 
funksiyalar tegishlidir.
5. Soliq ma‘murchiligi soliq huquqining qoidalariga asoslanadi, ularni 
o‘ziga xos tarzda to‘ldiradi, uni nazariy va amaliy nuqtai-nazardan soliq 
mexanizmining o‘z i ga xos bo‘lgan sterjeni sifatida talqin etish mumkin. 
Soliq xuquqining normalari soliq ma‘murchiligi tizimini oqilona tashkil 
etishga imkon beradi va uni butun soliq mexanizmiga tarqatadi. 
6. Soliq munosabatlari soliq ma‘murchiligining predmetini tashkil etadi. 
Ma‘lumki, soliq munosabatlari davlat (soliq nazoratining sub‘ekti sifatida) bilan 


19
soliqqa tortish sub‘ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) o‘rtasida vujudga kelib, 
bu sub‘ektlar zimmasiga o‘z mablag‘lari hisobidan soliqlarni to‘lash majburiyati 
yuklangandir.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə