10
amaliyotda istiqbolli qadamlar tashlash uchun va katta muvaffaqiyatlarga erishish
uchun ham zarurdir.
Soliq ma‘murchiligi fani soliq nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liqdir,
uning maxsus bo‘limi, ya‘ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan bo‘limidir.
Chunki soliq nazariyasi qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan
chetga chiqib keta olmaydi, ularga asoslanadi va rivojlantiriladi.
Soliq munosabatlari moliya munosabatlarining tarkibiy qismi bo‘lganligi
bois, soliqlar va soliqqa tortish fani ham moliya nazariyasi fani bilan chambarchas
bog‘liq. Soliqlar va soliqqa tortish fanining o‘ziga
xos xususiyatlari soliq
to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi majburiy xarakterga ega bo‘lgan pul
munosabatlarini o‘rgatadi.
Soliq ma‘murchiligi fani
o‘z navbatida ―Iqtisodiy nazariya‖, Soliq
nazariyasi‖, ―Yuridik shaxslarni soliqqa tortish‖, ―Jismoniy shaxslarni soliqqa
tortish‖, ―Soliq statistikasi va prognozi‖, kabi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liq.
―Soliq ma‘murchiligi fani
―Yuridik shaxslarni soliqqa tortish‖, ―Chet
mamlakatlar soliq tizimi‖ va boshqa fanlarni o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Soliq ma‘murchiligi fanini o‘qitishdan maqsad - soliqlar va soliqqa tortish
tizimida rejalashtirish, soliq to‘lovchilar va soliqqa tortiladigan ob‘ektlar xisobini
yuritish, soliq to‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat
qilish, soliqlar va soliqqa tortishni tartibga solish
kabi muammoli masalalarni
o‘rgatishdan iborat. Bundan tashqari soliqlarni rejalashtirishning strategiyasi va
taktikasini, soliq rejalashtiruvining maqsadlarini o‘rganish va regional darajada
soliqlarni rejalashtirish masalalarini taxlil qila olish,
rejalashtirishda soliq
potensialini baholay olish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim va qo‘niqma va
malaka shakllantirishdir.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etishda
soliqlarning rag‘batlantiruvchi funkstiyalardan soliq ma‘murchiligida samarali
foydalanish.
11
Soliq ma‘murchiligi tizimida yuqorida ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlarning
eng dolzarblarini qo‘llagan holda soliqqa tortishni tartibga solish bo‘yicha taklif
muloxazalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘llarini bilishi kerak.
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
va
diversifikatsiyalash
sharoitida
Respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan
islohotlar - agrar, mulkiy
munosabatlar, tashqi iqtisodiy, moliya-kredit tizimi va ijtimoiy sohalarda tub
o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu islohatlar orasida moliya-kredit
tizimini isloh
qilish alohida rol o‘ynaydi. Chunki, jamiyatni barcha sohalari faoliyati pulli
munosabatlar bilan bevosita bog‘liqdir, vaholanki, pulli munosabatlarni samarali
ishlash mexanizmi o‘z navbatida boshqa sohalarga bevosita ta‘sir etadiki, bu
moliya-kredit tizimini jamiyat iqtisodiy tizimidagi o‘rni naqadar yuqori ekanligini
ko‘rsatadi. «Qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish, barqaror pul muomalasini
ta‘minlash, soliq tizimini
takomillashtirish, umumiy qilib aytganda izchil moliya-
kredit siyosatini amalga oshirish iqtisodiy islohatlarimizni muvaffaqiyatli
ta‘minlashga xizmat qilmog‘i lozim‖ - degan edi, - prezidentimiz I.A.Karimov.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida soliqlar
davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy manbai
hisoblanadi. Demak, davlat budjeti daromadlarini tashkil
qiluvchi soliqlarning
to‘liq va o‘z vaqtida undirilishini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning
uchun barcha davlatlar qatori mavlakatimizda ham soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarni to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida budjetga undirilishini nazorat qilish tizimi
yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: