Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


 Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organ va tashkilotlar bilan



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

3. Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organ va tashkilotlar bilan 
o`zaro hamkorligi. 
Davlat soliq xizmati organlari o`z vazifalari va funksiyalarini amalga 
oshirishda boshqa davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat 
xokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, huquqni 
muxofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashqilotlar bilan o`zaro hamkorlik 
qiladi. 
Hududlararo inspeksiya o`z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda 
boshqa davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat xokimiyati 
organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, huquqni muxofaza 
qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashqilotlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi. 
Davlat soliq xizmatining hududiy organlari o`z vakolatlari doirasida boshqa 
hududiy davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, maxalliy davlat xokimiyati 


38
organlari. fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, huquqni muxofaza 
qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi. 
Davlat soliq xizmatining hududiy organlari tegishli hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha ―yo`l xaritalari‖ ishlab chiqilishida va amalga 
oshirilishida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar bilan 
yaqindan hamkorlik qiladi. 
Qo`mitaning faoliyatiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini islox qilish, 
xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari bo`yicha 
Kompleks raxbari va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 
Makroiqtisodiy taxlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini islox qilish, 
xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig`ma axborot-
taxlil departamenti va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bo`linmalari 
mutasaddilik qiladi. 
Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo`linmalarining Qo`mita markaziy 
apparati tarkibiy bo`linmalari hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan 
hamkorligi Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo`linmalarining raxbarlari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Hududlararo inspeksiya bo`linmalarining Qo`mita markaziy apparati 
tarkibiy bo`linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi 
axborot ayirboshlash va qonun xujjatlarida belgilangan soliq nazoratining 
shakllarini amalga oshirishga asoslangan. 
Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo`linmalarining Qo`mita markaziy 
apparati bo`linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan xamkorligi 
jarayonida vujudga keladigan tushunmovchiliklar Qo`mita raisining topshirig`iga 
muvofiq uning tegishli o`rinbosarlari tomonidan ko`rib chiqiladi. Ushbu ko`rib 
chiqishda tushunmovchiliklar tartibga solinmagan holatlarda, ular bo`yicha qaror 
bevosita Qo`mita raisi tomonidan qabul qilinadi. 
Hududlararo inspeksiya va uning tarkibiy bo`linmalari o`zlarining vazifa va 
funkstiyalarini bajarishda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, huquqni 


39
muxofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat xokimiyati organlari, fuqarolarning 
o`zini-o`zi boshqarish organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik 
qiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi o`z vakolatlari doirasida 
soliqqa tortish sub‘ektlari va ob‘ektlari, soliq bazasini belgilash, soliq imtiyozlarini 
qo`llash, soliq haqidagi qonun hujjatlarining ayrim qoidalarini tushuntirish bilan 
bogliq masalalar yuzasidan qabul qiladigan umumiy majburiy tusdagi normativ 
hujjatlar O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda 
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazilishi lozim. 
Soliq to`lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonun hujjatlariga 
rioya etilishi ustidan nazoratni ta‘minlash maqsadida banklar va boshqa moliya-
kredit tashkilotlari: 
1) xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar davlat soliq xizmati organlarida ro`yxatga 
olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-
kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi 
haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar 
beradilar; 
2) xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar byudjet oldidagi o`z majburiyatlarini 
bajarganliklari to`grisida davlat soliq xizmati organlarining xulosasi taqdim etilgan 
taqdirdagina xo`jalik yurituvchi sub‘ektlarning hisob-kitob va boshqa 
hisobvaraqlarini yopishlari mumkin; 
3) davlat soliq xizmati organlarining soliq to`lovchi mijozlardan belgilangan 
muddatda to`lanmagan soliqlar va jarimalarni so`zsiz undirish to`grisidagi 
farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan 
kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, mualliflik shartnomalari bo`yicha 
haq to`lashga doir, shuningdek hayot va sogliqqa etkazilgan zararning o`rnini 
qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablaglari 
o`tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari bo`yicha mutanosib 
ravishda bajaradilar; 


40
4) soliq to`lovchi mijozning mablaglari bo`lsa, uning hisob-kitob yoki 
boshqa hisobvaragidan mablaglarni hisobdan chiqarish operastiyasi amalga 
oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini byudjet daromadiga o`tkazadilar; 
5) yuridik shaxslarning so`mdagi mablaglari etishmagan va valyuta 
hisobvaragida mablaglari mavjud bo`lgan taqdirda, davlat soliq xizmati 
organlarining taqdimnomasiga ko`ra mazkur valyuta mablaglarini byudjet oldidagi 
qarzni to`lash uchun zarur bo`lgan hajmda sotuv kunidagi kurs bo`yicha valyuta 
birjasida so`zsiz tartibda sotadilar; 
6) davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi bo`yicha soliq to`lovchi 
mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablaglari berish, 
o`tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir barcha operastiyalarni to`xtatib 
qo`yadilar; 
7) davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga: 

yuridik shaxslarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlari; 

jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari bo`yicha 
amalga oshirilgan operastiyalarni tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda yo`l qo`yadilar; 
8) davlat soliq xizmati organlarining so`rovnomasiga ko`ra ularga 
so`ralayotgan davr mobaynida soliq to`lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki 
boshqa hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operastiyalar va ana shu 
hisobvaraqlarda pul mablaglarining bor-yo`qligi to`grisidagi ma‘lumotlarni taqdim 
etadilar; 
9) davlat soliq xizmati organlarining so`rovnomasiga ko`ra eksport-import 
kontraktlarining ijrosiga doir ma‘lumotlarni va qonun hujjatlarida belgilangan 
boshqa axborotni taqdim etadilar; 
10) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa - uch oy 
mobaynida) bank hisobvaraqlari bo`yicha pul operastiyalari o`tkazish bilan bogliq 
moliya-xo`jalik 
faoliyatini 
amalga 
oshirmaganligi 
munosabati 
bilan 
korxonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan e‘tiboran ularning faoliyatni 
davom ettirishi maqsadga muvofiqligi to`grisidagi masalalarni belgilangan tartibda 


41
ishlab chiqish uchun axborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq xizmati 
organiga uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar. 
Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining soliq to`lovchi 
mijozlarning soliqlar, shuningdek jarima summalarini o`tkazish haqidagi 
topshiriqlarini bajarishni kechiktirishi taqiqlanadi. 
Bank va boshqa moliya-kredit tashkilotining aybi bilan soliq to`lovchi 
mijozning yoki davlat soliq xizmati organining soliqlarni o`tkazish haqidagi 
topshirigi bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda bank va boshqa moliya-
kredit tashkilotidan har bir kechiktirilgan kun uchun o`tkazilmagan soliqlar 
summasining 0,065 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi. 
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini 
bajarish chogida davlat hokimiyati vakili hisoblanadilar. Davlat soliq xizmati 
organlari mansabdor shaxslarining soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilish 
xususidagi talablari barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi 
shart. 
Hech kim davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy 
faoliyatiga aralashishga haqli emas. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor 
shaxslarining o`z xizmat vazifalarini bajarishlariga to`sqinlik qilinish, ularning o`z 
xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularning sha‘ni va qadr-qimmatini 
haqoratlash, ularga qarshilik ko`rsatish, tahdid qilish, zo`ravonlik qilish yoki 
ularning hayoti, sogligi va mol-mulkiga tajovuz qilish qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan javobgarlikka sabab bo`ladi. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə